Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi Reja; Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi



Yüklə 22,01 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü22,01 Kb.
#137225
1   2   3
Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi

Hazm qilish sistemasi - og’iz teshigi tanasining oldingi uchida, birinchi tana bo’g’imining ostida joylashgan. Og’iz – kattagina choziq muskulli qisqa halqumga tutashgan. Halqum devoridagi bezlar (so’lak bezlari) hazm qilishga yordam beradi. Halqum uzunroq qizilo’ngach bilan tutashgan bo’lib, uning ostki qismiga uch juft ohak bezlari (organik kislotalarni neytrallashga xizmat qiladi) ning yo’li ochilgan. Qizilo’ngachning kengaygan keyingi qismi jig’ildon deb ataladi. Jig’ildon esa muskulli kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan tananing orqa tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ular chirindilarni tuproq bilan birga qo’shib ichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o’zlashtiriladi. Ichak devorida juda ko’p bir hujayrali bezlar joylashgan bo’lib, bular oziqni hazm qiladigan shira ishlab chiqaradi, (barg, chirindi va b.lar) qizilo’ngach devorining qisqarishi bilan jig’ildondan oshqozonga o’tib maydalanadi, so’ng ichakka o’tadi va bu yerda hazm bo’ladi. Oziq tarkibidagi moddalar qonga so’riladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi tuproq bilan birga anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.
Qon aylanish sistemasi - dastlab halqali chuvalchanglarda kuzatilgan. Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi bir biri bilan tutashib turadigan qon tomirlaridan iborat. Chuvalchang tanasida ikkita yirik qon tomir, biri – orqa qorin tomiri, ichak ostida joylashgan. Bu ikkala yirik qon tomirlar halqa tomirlar orqali o’zaro tutashgan. Qizilo’ngach atrofida joylashgan 5–6 ta yo’g’on halqa tomirlarning devori muskullar bilan taminlangan. Bu tomirlar qisqarish xususiyatiga ega bo’lganligi tufayli “yurak” deb ataladi. Bu esa qonni tomirlar bo’ylab harakatini ta’minlaydi. Halqa tomirlar va yirik qon tomirlardan tanadagi turli organlarga mayda qon tomirlar tarqaladi. Qon tomirlarda qizil rangli qon oqadi. Qonda tanachalar (hujayralar) yo’q. Bu tomirlar ham o’z navbatida juda mayda tomirlarga ajraladi. Organlarda joylashgan eng mayda qon tomirlar kapillyarlar deb ataladi. Kopillayar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko’p bo’ladi.
Halqumdagi halqa qon tomirlari qisqarishi natijasida qon orqa tomir bo’ylab tananing oldingi tomoniga, qorin tomir bo’ylab orqa tomoniga oqadi. Chuvalchangning qon tomirlari tana bo’shlig’i bilan tutashganligi sababli ularning qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketmaydi; qon esa faqat qon tomirlarda oqadi. Shu sababdan yomg’ir chuvalchangi va boshqa halqali chuvalchanglarning qon tomirlari yopiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi. Qon orqali kislorod va oziq moddalari tashiladi. Ichakda hazm bo’ladigan oziq moddalar ichak devori orqali qonga shimiladi va hamma organlarga tarqaladi.
Maxsus nafas olish organlari yo'q. Terisi orqali nafas oladi. Kislorod tuproq havosidan teri orqali kapillyarlardagi qonga o'tib, qon bilan hamma organlarga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid ham teri orqali organizmdan chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kislorodni yaxshi o'tkazadi.
Ayirish sistemasi - oq planariyanikidan farq qilib, har bir tana bo'g'imida bir juftdan sirtmoqqa o'xshash buralgan ingichka uzun naychalar ayirish sistemasi vazifasini bajaradi. Naychalarning bir uchi tana bo'shlig'iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo'shlig'iga ochilgan uchi voronkaga o'xshash; kengaygan va juda ko'p kiprikchalar bilan ta'minlangan. Bu xildagi nefridiya voronkalari juda ko’p (200 juft) va takrorlangani uchun bularni metonefridiya deb nomlangan. Bu naychalarning (nefridiyalar) harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o'tadi va teri yuzidagi teshikchalar ya’ni metanefridiyalar orqali organizmdan chiharib yuboriladi.
Nerv sistemasi- tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari aylanib halqumusti va halqumosti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi. Bu nerv tugunlarini halqumni ikki tomondan aylanib o'tadigan halqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Halqumosti nerv tuguni qorin bo'ylab ketadigan qorin nerv zanjiri bilan to`tashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo'g'imi to'g'risida bittadan kichikroq nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv to’gunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi. Shunday qilib, yomg'ir chuvalchangining nerv sistemasi oq planariya va askaridanikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan bo'lib, halqumusti va halqumosti nerv tugunlaridan, qorin nerv zanjiridan hamda ulardan chiqadigan nerv tolalaridan iborat. Sczgi organlari va refleksi - maxsus sezgi organlari bo'lmaydi, lekin u yorug'lik, hid, harorat, kimyoviy va ta'sirlarni yaxshi sezadigan sezuv hujayralari bo’lib, asosan tananing oldingi tomonida joylashgan. Uning teri hujayralarida sezuvchi tolalari bo'ladi. Bu nervlar nerv tugunlari bilan bog'langan. Yomg'ir chuvalchangining refleksi gidra va oq planariyaga ancha murakkab va xilma-xil bo'ladi. Gidra yoki planariya tanasining qaysi qismiga ta'sir etsak ham tanasini bir xil qisqartirish bilan javob beradi. Bunda aksicha, yomg'ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga ta'sir qilsak o'sha tomoni ta'sirlanadi va u har xil harakat qiladi. Masalan, oldingi tomoniga biror narsani tekkizganimizda bosh qismini tortib oladi va boshqa tomonga burilib, harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o'z ozig'ini qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug'lik va issiqlikdan yashirinadi.

Yüklə 22,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə