O‘g‘zaki Amerika ingliz tilining talabalar tomonidan transkripsiya qilingan korpusi



Yüklə 11,08 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü11,08 Kb.
#146877
corpora qidiruv


O‘g‘zaki Amerika ingliz tilining talabalar tomonidan transkripsiya qilingan korpusi
Bu korpusning qidiruv interfeysi quyidagi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi:

  1. To‘liq so‘zlarni yoki so‘zlar ketma-ketligini qidirish mumkin:

Dollar bitta so‘z va bu so‘zning barcha misollarini topadi. The atmosphere birikma va buning ham barcha misollarini topadi.

  1. Yulduzcha (*) belgisidan qidiruv kartasi sifatida foydlanish mumkin: wh*

kabi qidirilganda wh bilan boshlangan barcha so‘zlarni topadi. Masalan, when, what.
*ver* kabi qidirilganda tarkibida ver bo‘lgan so‘zlarni topadi. Masalan, version, never.
th* w * kabi qidirilganda birinchi so‘zi th, ikkinchi so‘zi w bilan boshlangan so‘zlar ketma-ketligini topadi. Masalan, the water, things we.

You * n’t kabi qidirilganda you va n’t orasida hech qanday so‘z bo‘lmagan misollarni topadi. Masalan, you can’t, you ‘re.

  1. Nutqning bir qismi teglarini qidirish uchun pastki chiziqdan(_)

foydalanish mumkin: _DT barcha aniqlovchilarni topadi. Masalan, the, a, all.
_DT _NN aniqlovchilardan keyin kelgan birlikdagi otlarni topadi. Masalan, a person, this curve.
Will_MD modal fe’l sifatida teglangan fe’llarni topadi. Masalan, what will they do.
*ly_rb oxiri ly bilan tugaydigan fe’llarni topadi. Masalan, actually, really.
_VV* VV bilan boshlanadigan nutq uchun teglangan barcha so‘zlarni topadi. Masalan, hozirgi zamon fe'li uchun VVP, look. O‘tgan zamon fe’li uchun esa VVP, called.

  1. Lemmalarni qidirish uchun @ belgisidan foydalaniladi: @have

lemmaning have shakllarini topadi. Masalan, have, had, has.
@be_vvg lemmaning shakllarini topadi, keyin hozirgi zamon shakllari keladi. Masalan, is going, 'm talking.
_NN@RE* (yoki @RE*_NN). re bilan boshlangan birlik otlarni topadi. Masalan, reconstructions, reorganisation.

  1. So‘zlar, post-teglar yoki lemmalar ichida muqobillarini qidirish ushun |

belgisidan foydalanish mumkin: heat|hot barcha issiqlik va issiq misollarini topadi.
_VH*|VB* be yoki have fe’llari sifatida teglangan barcha shakllarni topadi

  1. Qidiruv so‘zini ixtiyoriy qilish uchun dumaloq qavslar (…) dan foydalanish

mumkin: _MD (not|n’t) _V* modal fe’ldan keyin kelgan barcha fe’llarni topadi va ikkalasining o‘rtasida inkor bo‘lishi mumkin. Masalan, can argue, may not have
Qidiruv jarayonida:
Token identifikatoritoken raqami, vaqti
Fayl o‘zgaruvchilari – fayl raqami, fayl nomi, fayl manbai, matn sarlavhasi, audio fayl qancha vaqt davom etishi, audio fayl necha soniyadan iborat ekanligi, faylda so‘zlar soni, tokenlar soni, yozib oluvchi, nutq egasining ismi, nutq manbasi,
Hududi – joy nomi, davlat, kenglik, uzunlik, dialekt
Yoshi – tug‘ilgan yili, yozib olish yoshi, yozilgan yili
Sinfi – kasbi, daromadi, ta’lim darajasi, ijtimoiy sinfi
Jinsi – erkak, ayol
Vaziyat o‘zgaruvchilari – nutq turi, makrotopik, suhbat mavzusi, uslub(so‘zlovchining ruhiy holati) kabi belgilarni ko‘rish mumkin
Yüklə 11,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə