Yurak va qon aylanishi



Yüklə 23,12 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü23,12 Kb.
#118453
yurak qon tomir


YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI. YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI.
Kardiologiya (yunon kardiy - yurak, logos – ta’limot) yurak – qon tomir tizimi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinik ko'rinishini o'rganadigan ichki kasalliklar
bo'limi bo’lib, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadi.
Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Eng ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, shish, yurakda og’riq hissi va boshqalar.
Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va davolashni ikki yo'nalishda o'tkaziladi.
Umumiy chora-tadbirlar – boshqa turli organlar va tizimlar kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va parvarishlash ishlari: bemorning umumiy holatini kuzatish, tana
haroratini nazorat qilish, qon tomirlari va qon bosimini nazorat qilish, harorat varag'ini to'ldirish, bemorning shaxsiy gigienasini ta'minlash va boshqalar
Maxsus tadbirlar - yurak – qon tomir tizimi kasalliklariga xos bo'lgan simptomlari bo'lgan bemorlarga: yurak va ko'krak og'rig'i, o'tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi, shish, yurak
ritmining buzilishi va boshqalarga yo’naltirilgan kuzatuv va parvarish chora tadbirlaridir.

YURAK VA QON AYLANISHI


Organizmning faoliyati har bir hujayraga ozuqa moddalari, kislorod, suv yetkazib berish va hujayra ajratib chiqarayotgan mahsulotlarni chiqarib tashlash sharoitiga bog’liq. Tomirlar
tizimi va qon harakatini ta’minlovchi markaziy a’zo — yurak, ushbu masalani hal qiladi.
Yurak va qon tomirlari. Yurak muskullarining va tomir devorlarining qisqarishi natijasida qon harakat qiladigan tutashtiruvchi tizimni tashkil qiladi.
Arteriyalar — qonni yurakdan eltuvchi tomirlar.
Arteriyalar bo’ylab qon bosim bilan o’tishi natijasida mayda arteriyalar va venalar butunligi buzilgan hollarda qon tomirlarni o’rab turuvchi to’qimalarga oqib, ushbu joyda qon aylanishi izdan chiqadi.
Venalar Qonni yurakka eltadi. Vena qon tomiri devorlarida muskul tolalari kamroq rivojlangan. Ko’pgina yirik va o’rta venalarning devorlari ichki tomonida klapanlari bo’lib, ular qonni oldinga yo’naltiradi, orqaga harakat qilishga yo’l qo’ymaydi.
Kapillyarlar arteriyalar bilan venalarni tutashtiruvchi tomirlar bo’lib, yopiq tizim hosil qiladi va to’qimalar,qon va atrof-muhit bilan moddalar va gazlar almashinuvini ta’minlaydi.
Kapillyarlar, mayda arteriya va venalar butunligi buzilgan hollarda qon to’qimalarga oqadi.
Yurak katta qon tomirlari bilan bog’langan, to’rt kamerali muskulli nasos sifatida ifodalanadi. Yurak ko’krak qafasida joylashgan bo’lib, uning katta qismi o’rta chiziqdan chap tomonda joylashgan. Yurak devori bir necha qavatdan iborat.
O’ta qavat —miokard — avtomatik ravishda, bir maromda, bir vaqtda qisqaruvchi o’ziga xos muskul hujayralaridan tashkil topgan. Yurak muskulida oziqlanish va gaz lmashinuvining buzilishi yurak qisqarishi samaradorligiga ta’sir qiladi va organizmda qon aylanishini buzadi.
Yurak va qon tomirlari qon aylanish doirasini tashkil qiladi. Kichik doira tomirlari qon va havo orasidagi gaz almashinuvini ta’minlaydi, bunda o’pka va uning tomirlari
muhim o’rin tutadi.
Katta doira tomirlari kislorodga to’yingan qonni butun organizm bo’ylab taqsimlab, karbonat angidrid gazi va modda almashinuv mahsulotlari bilan boyigan qonni yurakka yig’ishni ta’minlaydi. Yurak bir maromda kameralarning ishiga qarab, qon kerakli yo’nalishda oqadi.
Gaz almashinuvida gemoglobin muhim o’rin egallaydi. U qon hujayralari eritrotsitlarda bo’ladi. Kislorod va karbonat angidrid gemoglobin bilan birlashgan holda o’tkaziladi.
Organizm me’yorda ishlab turishi uchun barcha a’zo va tizimlar qon bilan ta’minlab turilishi zarur, bu esa yurakmuskuli ishlashi va tomirlar bo’ylab qon qanchalik oson harakatlanayotganiga bog’liq.
Qon tomirlari qon uchun ochiq bo’lib, yog’ to’planishi yoki qotib qolgan qon bilan yopilib qolmagan bo’lsa, to’qimalarning qon bilan ta’minlanishi uzluksiz amalga oshiriladi. Qon aylanish sistemasidagi bosim belgilangan darajadan oshmasligi ham muhimdir. Yurakning arterial bosim (gipertenziya) qon tomirlarini shikastlashi mumkin.
Kislorod alveolalardan kapillyarlarga kelib, bu yerda eritrotsitlar gemoglobini bilan birlashadi. Tananing hujayralaridan chiqib, karbonat angidrid gazi qonga tushadi.

So’ngra u o’pka alveolalariga tushib, nafas chiqarish vaqtida chiqadi.


Yurak-tomir sistemasining funksional holatiini belgilash


Yurak ishlashi va tomirlar holatining ob’ektiv ko’rsatkichlari — puls va arterial bosimdir. Arterial puls deb, tomirlar devorining yurak haydaydigan qon harakati natijasida


Kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Salomatlik holatini belgilash uchun pulsning tezligi va tarangligini aniqlashni bilish zarur.


Tezligi. Puls normada minutiga 60 dan 80 gacha o’zgarib turadi. Puls keng chegaralarda o’zgarib turishi va uning tezligi yoshga, jinsga, tana va tashqi haroratga, shuningdek jismoniy harakatga bog’liq. Ayollar pulsi erkaklarnikiga nisbatan tezdir.


Eng tez puls bola hayotining dastlabki yillarida qayd qilinadi.


Tomir sistemasi kasalliklari bo’lmaganda, 25 yoshdan 60 yoshgacha puls barqaror bo’lib qoladi.


Ritm. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida birin-ketin kelsa, to’g’ri ritm yoki ritmik puls deyiladi. Aks xolda noto’g’ri —aritmik puls kuzatiladi. Sog’lom odamda pulsning ko’pincha nafas olishda tezlashuvi va uning nafas chiqarishda sekinlashuvi — nafas aritmiyasi qayd qilinadi; nafasni ushlab turish aritmiyaning bu turini bartaraf qiladi.


Tomir sistemasi kasalliklari bo’lmaganda, 25 yoshdan 60 yoshgacha puls barqaror bo’lib qoladi.

Ritm. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida birin-ketin kelsa, to’g’ri ritm yoki ritmik puls deyiladi. Aks xolda noto’g’ri —aritmik puls kuzatiladi. Sog’lom odamda pulsning ko’pincha nafas olishda tezlashuvi va uning nafas chiqarishda sekinlashuvi — nafas aritmiyasi qayd qilinadi; nafasni ushlab turish aritmiyaning bu turini bartaraf qiladi.


Puls tarangligi puls to’lqinining tarqalishini to’xtatish uchun zarur kuch bilan belgilanadi. Puls tarangligining darajasi bo’yicha maksimal arterial bosimning katta-kichikligi to’g’risida


Taxminiy xulosa chiqarish mumkin, u qanchalik yuqori bo’lsa, puls shu qadar tarang bo’ladi.


Puls to’liqligi puls to’lqinini hosil qiladigan qon miqdori bilan belgilanadi va yurakning hajmiga bog’liq bo’ladi. To’liqligi yaxshi bo’lganda panja ostida yuqori puls to’lqini


Seziladi, yomon bo’lganda — puls kuchsiz, puls to’lqinlari kichik, arang bilinadi. Bu yurak muskuli zaiflashganidan darak beradi. Ipsimon deyiladigan, arang bilinadigan puls, ayniqsa,


Yomon alomat hisoblanadi. Bunday hollarda tezkor yordam ko’rsatib, shifokorga murojaat qilish zarur.Puls ritmi


Ritmli Noritmik Arteriya devorlarining tebranishlari o’rtasidagi Vaqt oralig’idagi davomiylilik 


Puls tezligi Tezlashish Sekinlashish Normada sog’lom odamda puls tezligi minutiga 60 dan 80 gacha o’zgaradi


Arterial bosim


Arterial bosim bu tomirlar devoriga tushadigan qon bosimi bo’lib, arterial bosim yurakdan otilib chiqadigan qon miqdoriga, qon oqimiga, umumiy periferik tomirlarning nechog’lik


Qarshilik ko’rsatishiga, tomirlar devorining elastikligiga bog’liq.


Sistolik (maksimal), diastolik (minimal) va puls arterial bosimi farq qilinadi.


Sistolik bosim — arterial sistemada chap qorincha sistolasidan keyin paydo bo’ladigan puls to’lqini maksimal ko’tariladigan vaqtdagi bosim.


Diastolik bosim esa yurak diastolasi oxirida, puls to’lqini tushgan vaqtda yuzaga keladi.


Sistolik va diastolik bosim o’rtasidagi farq puls bosimi deyiladi.


Arterial bosimni aniqlaydigan asboblardan simobli tonometr — Riva-Rochchi apparata eng keng tarqalgan.


Shuningdek, prujinali va elektron tonometrlardan ham foydalaniladi.


Arterial bosimni tovushli aniqlash usuli arteriya manjetka bilan qisilganda tovushli fenomenlarni qayd qilishga asoslangan.


Arterial bosim ma’lum soatlarda, yaxshisi ertalab, tushki ovqatgacha, muayyan tana vaziyatida, imkon boricha bir xil havo haroratida o’lchanadi.


Muolaja. Arterial bosimni o’lchash


Maqsad: Yurak-tomir tizimining funksional xususiyatlarini aniqlash.


Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring, avval ham shunga o’xshash muolajalar o’tkazilganmi, natijalari qanday bo’lganini aniqlang, bemorga o’zini qanday tutish kerakligini tushuntiring.


Jihozlar: tonometr, fonendoskop, qog’oz, qalam.

Bemorning holati: tinch va bo’sh qo’ygan holatda yotib yoki o’tirib, bemorning kafti yuqori tomonga qaratilgan holatda.


KENG TARQALGAN YURAK KASALLIKLARI


Revmatizm — organizmning biriktiruvchi to’qimasini zararlaydigan va yurak poroklari rivojlanishiga olib keladigan yuqumli allergik kasallik. Bodomsimon bez, kariesli tishlardagi


Surunkali infeksiyalar katta ro’l o’ynaydi. Kasallik bo’g’imlarni qamrab oladi (bo’g’imlar yuzasidagi terining qizarishi, shishlar, harakatlar cheklangan va og’riqli), isitma, et uvushish, yurak o’ynashi bilan kechadi. Ushbu belgilar bilan bir vaqtda klapan porogi shakllanishi bilan yurakning shikastlanishi rivojlanadi. Bemor parvarishi yurak shikastlanishi og’irligi va yurak yetishmovchiligi darajasiga bog’liq.


Miokard infarkti — yurak arteriyalaridan birining teshigi keskin torayishi yoki yopilishi natijasida yurak muskulining kuchli shikastlanishi. Infarktdan oldin yurak shikastlanish

Belgilari – og’riq, nafas qisish, yurak o’ynashi kuzatiladi; infarkt to’liq, xotirjamlik muhitida ham rivojlanishi mumkin, ayniqsa yosh odamlarda. Asosiy belgi — nitroglitserin qabul qilinganda ham og’rig’i qolmaydigan davomli kuchli og’riq, xuruji (ba’zi vaqtlarda bir necha soatgacha). Miokard infarktiga shubha qilinganda shifokorlarning shoshilinch yordami zarur. Bunday kasallarni transportda olib ketish masalasini faqat shifokor hal qiladi.


Ortiq darajadagi og’irlik tushishi natijasida rivojlanadi. Yurak yetishmovchiligi ko’pincha yurak ritmi buzilishi bilan qo’shilgan holda namoyon bo’ladi. Jigarning kattalashuvi,

Shishlar rivojlanishi, nafas qisishi, bo’shliqlar istisqosiga olib keluvchi venoz to’xtab qolish — surunkali yetishmovchilikning oqibatida paydo bo’ladi.


Surunkali yurak yetishmovchiligida parvarish qilish tamoyillari 





  1. Yurak yetishmovchiligi yaqqol namoyon bo’lgan davrda bemor yotish rejimiga muxtoj bo’ladi, bemorning orqasiga yostiq, yoki yostiq tagligi qo’ying.

  2. Teri rangi, shishlar, nafas qisishi, puls, arterial bosimni har kuni nazorat qilib boring.

  3. Suyuqlik qabul qilish va ovqatlanish rejimini tekshirib turing (suyuqlik, osh tuzi cheklanishi, kalsiyga boy bo’lgan sutli parhez tayinlanishi). Mazkur kasallikda yurak qisqarishi va puls to’lqinlari sonini hisoblab turish zarur. Yurak qisqarishi va bilak arteriyasidagi puls to’lqinlari soni orasida farq o’zgarsa shifokorning shoshilinch maslahati zarur.

ARTERIAL BOSIM O’ZGARISHI BILAN BOG’LIK KASALLIKLAR


Simptom. Arterial bosimning oshib ketishi


Gipertoniya - oshib ketgan arterial bosim kasalligi. U tomir tonusi asab regulyatsiyasining buzilishi oqibatida mayda arteriyalarning uzoq vaqt qisilib qolishi natijasidir. Odatda, bu


Kasallik yaxshilanish va yomonlashish davrlari bilan uzoq yillar davom etadi. Gipertoniya kasalligining uzoq vaqt kechishi yurak, buyrak va bosh miya funksiyalarining buzilishiga olib keladi.


Arterial bosimi oshgan bemorni parvarish qilish bo’yicha tavsiyalar





  1. Shifokor buyurgan rejim ta’minlanadi.

  2. Arterial bosim darajasi doimiy ravishda nazorat qilinadi.

  3. Ratsional ovqatlanish va suyuqlik ichish ta’minlanadi.

  4. Shifokor tomonidan tayinlangan dori vositalari qabul qilinishi nazorat qilinadi.

  5. Arterial bosim keskin ko’tarilganda (gipertonik kriz) shoshilinch yordam ko’rsatilib, tezkor shifokor maslahati ta’minlanadi. 

Gipertonik kriz — arterial bosimning bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil aynish, qusishning kuchayishi bilan keskin oshib ketish xuruji; krizis gipertoniya kasalligi kechishini qiyinlashtirib, miyadagi qon aylanishining vaqtinchalik buzilishlari, ko’rish qobiliyatining pasayishi, harakatlarning qisqa muddatli buzilishlari, qisqa muddatli nutq buzilishi bilan kechishi mumkin. Og’ir hollarda kasallik yurak yetishmovchiligi


(yurak astmasi), yurak muskulining qisqarish xususiyati buzilishi, miokard infarktiga olib keladi.


DSST komiteti ma`lumotlariga binoan yurakning ishemik kasalligi — toj arteriyalar tizimsidagi patologik jarayonlar natijasida miokardga qon etkazilishining kamayishi yoki to`xtab kolishiga boq’liq bo`lgan yurak mushagining o`tkir yoki surunkali zararlanishidir. YuIK – taraqqiy etgan mamlakatlarda aholi o`limi sabablaridan biri hisoblanadi. Barcha yurak qon tomir kasalliklarining 53-65% ni tashkil qiladi.

Yurak qon tomir kasalliklaridan umumiy o`lim strukturasida bu davlatlarda 40-55% ni tashkil qiladi. Undan tashqari YuIK eng ko`p tarqalgan patologiya hisoblanadi. Epidemiologik ma`lumotlar YuIK katta yoshdagi aholi urtasida 11-20% da uchrashi aniqlangan. Yosh ulq’ayishi sari YuIK bilan kasallanish oshib bormoqda. Asosiy sababi — toj tomirlar aterosklerozi (90% dan ko`p hollarda), shuningdek nerv-emotsional zo`riqish va stress sharoit natijasida toj arteriyalar angiospaz-mini ko`zq’atuvchi omillardir. Bu kasallik rivojlanishiga tashqi va ichki muhitning turli-tuman omillari (xavf-xatar omillari): giperxolesterinemiya, arterial gipertenziya, chekish, kamharakat hayot tarzi, yoq’ bosishi sabab bo`ladi.


O`zbekistonda AB oshishi barcha aholining 13-15% da, 40-59 yoshdagilarda esa 26,6% hollarda qayd etilgan. 20-60 yoshdagi shahar aholisining 11,3% erkaklarida va 16,6% ayollarida QB ko`tarilishi aniqlangan. Qishloq joylarida bu ko`rsatkichlar tegishlicha 12,6% va 14,7% ni tashkil etadi.


Etiologiyasiga ko`ra AG barcha holatlari 2 guruxga bo`linadi:


Birlamchi (essentsial yoki idiopatik) AG ( gipertoniya kasalligi- GK).Ikkilamchi (simptomatik) AG.


Simptomatik (ikkilamchi) AG mustaqil kasallik xisoblanmaydi. U boshqa kasalliklar, masalan, buyrak (pielonefrit, glomerulonefrit va x.o.), endokrin tizimi (gipertireoz, fioxromatsitoma va x.o.), markaziy asab tizimi (jaroxatdan so`nggi entsefalopatiyalar va x.o.), qon-tomir tizimi (aorta koarktatsiyasi, ateroskleroz va x.o.) kasalliklarining asosiy belgilaridan biri sifatida qaraladi.


AG rivojlanishiga olib keluvchi biror a`zo yoki endokrin tizimi xastaliklari bilan qon bosim ko`tarilishi orasida bog’liqlik aniqlanmagan xollarda kasallik essentsial (birlamchi) AG (gipertoniya kasalligi) hisoblanadi. Essentsial AG (GK) yurak qon –tomir tizimini yoshga bog’liq holda tomirlarda kuzatiladigan o`zgarishlar, avj olib boruvchi asoratlar hisobiga kuzatiladigan gemodinamik siljishlarga moslashish xususiyatini buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik.


QB ko`tarilishi simptomatik AG da ko`pgina kasalliklarning asosiy simptomilaridan biri bo`lsa, GK da aksariyat hollarda kasallikning yagona klinik belgisi sifatida namoyon bo`ladi. GK tashxisi aynan shu bemorda uchrashi mumkin bo`lgan barcha simptomatik AG lar inkor etilgandan keyin qo`yiladi. QB surunkali ko`tarilishi bilan kechadigan kasalliklarning 90 – 95% ni essentsial AG tashkil etadi.


Etiologiyasi.


Aslida essentsial AG (GK) etiologiyasi noma`lum bo`lsada, ayni vaqtda uni rivojlanishiga olib keluvchi ba`zi xavfli omillar, hamda shakillanishini taminlovchi patogenetik mexanizmlar to`g’risida etarlicha ma`lumotlar mavjud. Ulardan quyidagilar GK rivojlanishida muxim ahamiyatga ega:


Nasliy moyillik.Jismoniy faollikning chegaralanishi (gipodinamiya).Semizlik.Ovqatlanish xususiyatlari (osh tuzini, xayvon yog’lariga va uglevodlarga boy maxsulotlarni ko`p miqdorda iste`mol qilinishi).Kal’tsiy va magniy etishmovchiligi.Ko`p miqdorda alkogol’ iste`mol qilish.Giperlipidemiya.Kashandalik.Shaxsiy xususiyatlar (yoshi, jinsi, xarakteri va x.o.).

Nasliy moyillik yuqorida sanab o`tilgan xavf omillari orasida eng muximlaridan biri xisoblanadi. Chunonchi, ota-onalaridan birida GK mavjud bo`lsa, ushbu xastalikning bolada paydo bo`lish ehtimoli 25%, ikkalasi ham kasal bo`lgan xolda esa, bu ko`rsatgich 50% gacha etadi. Ushbu xolatda nafaqat ota- onasida yoki yaqin qarindoshlarida GK mavjudligi, balki kasallik xususiyati, og’irlik darajasi, AB ko`tarilganligi aniqlangan vaqtdagi bemor yoshi, hamda avlodida ushbu kasallik asoratlari mavjudligi ahamiyatga ega. Ayni vaqtda ushbu gurux bemorlarda kasallik faqat ma`lum bir xavf omillar ta`sirida zamonaviy inson hayot tarzini o`zgartirganda rivojlanadi.


Jismoniy faollikning chegaralanishi (gipodinamiya) zamonaviy hayot tarzining muxim xsusiyati bo`lib, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning aksariyat aholisi yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo`lmaganligi sababli nafaqat mushak tizimi, balki qon aylanish va nafas olish tizimlarining moslashish xususiyati keskin pasayishi xos. Ushbu xolatda har kunlik hayotiy vaziyatlar (bir oz jismoniy va psixoemotsional zo`riqish, x.o.) tizim va a`zolarda xujayra darajasida kechadigan jarayonlarni, ya`ni taxikardiya, AQB ni ko`tarilishi kabi chuqur o`zgarshlarni yuzaga keltiradi. Bunday dezadaptatsiya (moslasholmaslik) GK shakillanishining boshlang’ich sababi bo`lishi mumkin.


Semizlik, AG rivojlanish xavfini sezilarli darajada (2 – 6 marta) oshiradi (JSSU, 1996). Semizlik mavjud bo`lgan aholi orasida metabolik sindrom ko`p uchrashishi tana vazni og’irligi bilan AB ko`rsatgichi orasida to`g’ridan – to`g’ri bog’liqlik mavjudligidan dalolat beradi. Ushbu sindrom asosida endotelial faoliyatni buzilishi yotgan bo`lib, tomir tonusini maxalliy muvozanat qiluvchi mexanizmi pressor stimulyatorlar (qo`zg’atuvchilar) dan ustunlik qila boshlaydi va bu AB ni keskin ko`tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari ortiqcha tana vazniga ega bo`lgan bemorlarda kuzatiladigan giperlipidemiya arteriyalarni erta aterosklerotik shikastlanishiga olib keladi va qon tomir devorlari regidligini oshirib tashqi fiziologik ta`sirlarga javoban (vazokonstriktsiya) qon tomirlarni toraytiradi.




Osh tuzi (NaCI) ko`p miqdorda iste`mol qilinishi ba`zan xal etuvchi ahamiyatga ega bo`ladi (masalan, AG “tuzli” shaklida). Katta yoshdagi sog’lom odam uchun osh tuziga bo`lgan kunlik talab 3,5-4,0 g (yoki taxminan 60-70 mekv natriy) ni tashkil qilishi ma`lum. Lekin xozirgi vaqtda AG bilan og’rish extimoli yuqori bo`lgan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda osh tuzi kuniga 6-18 g gacha qabul qilinadi. Ayni vaqtda ayrim xalqlar va qabilalar (yangi Gvineya va Polineziya orollaridagi aborigenlar, Alyakadagi eskimoslar, Vnesueladagi indeytslar va x.o.) kuniga qabul qiladigan osh tuzi miqdori 4 g dan oshmaydi va ularda juda kamdan kam xollarda AB ni ko`tarilishi kuzatiladi.
Yüklə 23,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə