Men sevgan adabiy qahramon Reja



Yüklə 18,02 Kb.
tarix03.07.2023
ölçüsü18,02 Kb.
#119163
Men sevgan adabiy qahramon. 17-maktab


Men sevgan adabiy qahramon
Reja:

  1. Qalblarimizni so’z orqali zabt etgan qahramonlar.

  2. Men sevgan adabiy qahramonning xarakteriga chizgilar.

  3. Bugunning yoshlarida kitobxonlik san’at darajasiga yetmoqda.

Qahramon. Xo’sh, ushbu tushunchani kim qanday tushunadi? Qahramon jang-u jadallarda mardlik ko’rsatgan insonmi, yoki og’ir vaziyatda kimgadir yordam bera olgan kishimi? Yana kimdir turli xil xavfli tryuklarni bajara oladiganlarni qahramon deb bilsa, boshqa birov Estrada yuldulari yoki kino aktyor va aktrisalarida qahramonlik sifatlarini ko’rishi mumkin. Ular ham qahramon albatta. Ammo yana shunday qahramonlar borki, ular qalblarimizni so’z orqali zabt etib, ko’ngillarimizga kirib boradi. Bular adabiy qahramonlardir. Darslarimizning birida ustozimiz shunday degan edi: “Badiiy asarlarning o’ziga xos jihatlaridan biri asarni o’qiyotgan kitobxon adabiy qahramonni albatta yaxshi ko’rib qoladi. “Navoiy”ni o’qisangiz Hazrat Navoiyni, “Yulduzli tunlar”ni o’qisangiz Boburni, “Shum bola”ni o’qisangiz Qoravoyni, “Sariq devni minib”ni o’qisangiz Hoshimjonni yaxshi ko’rib qolasiz”. Haqiqatdan ham adabiyot darsligimizda berilgan asarlarning to’liq variantlarini o’qib chiqishga harakat qildim va “Mening o’g’rigina bolam”da Qora buvini, “Bolalik”da Musajonni, “Fonarchi ota”da ismi ham berilmagan Fonarchi otani yaxshi ko’rib qoldim. Lekin ular orasida gruzin farzandi Nodar Dumbadzening “Hellados” aari qahramonlariga mehrim bo’lakcha bo’ldi. Chunki ular bor samimiyligi bilan ko’nglimga kirib bordi. Vatan tushunchasini o’zgacha ohangda kuylay bildi, nazarimda. Men sevgan adabiy qahramon- Yanguli. Ushbu inshomda men Yanguli haqidagi fikrlarimni aks ettirmmoqchiman.


Adabiy qahramonlar badiiy asarning g’oyalarini ochishga xizmat qiladi deyishadi. Qahramonlarning tashqi ko’rinishlari, xarakteri hatto ismi ham aynan mana shu vazifani bajaradi. Tashqi ko’rinishidan ko’cha bezorisini eslatuvchi Yanguli qalbida ulkan vatan tuyg’usi jo’sh uradi. U vatanni hamma narsada ko’radi. Asarda o’zi hayajon aralash shunday deydi: Qаndоq tushuntirsаmikin... – dеya gаp bоshlаdi u nihоyat. – onаm yo‘q, hаttо eslоlmаymаn hаm. Otаm uzzukun tоmоrqаdа yoki tirikchilik tаshvishidа... mеn ko‘chаdа, Vеnеtsiаn ko‘chаsidа kаttа bo‘ldim... mеning vаtаnim, mеning Ellаdаm bu – Suхumi, ko‘chа, Chаlbаsh; bu – kоkа, pеtya, kurlikа, Fеmа, Qоrа dеngiz, ko‘prik... – U bir yutinib оlib, dаvоm etdi: – bu – midа... Qоlаvеrsа, sеn...
Mana ko’cha bezorisi bo’lgan Yangulining Vatan haqidagi qarashlari. Yoki ko’ksidagi yozuv haqida to’xtalib, bu shunchaki yozuv, vatan ichkariroqda, naqd yurakning o’zida degan fikri ham menga o’zgacha ta’sir qildi. Shuning uchun ham Yanguli mening sevimli qahramonlarimizdan biriga aylandi. Demak ko’chada bolalar bilan urishib yurganda ham, Jamolning skripkasini sindirganda ham Vatanni begonalarga bermaydigan, o’zi har qanday xavfdan himoya qila biladigan qahramon tasvirlangan.
Bugun mustaqillik sari ildamlayotgan yangi marralarni ko’zlagan Yangi O’zbekiston farzandlari kitobxonlikka mehr qo’yishmoqda. To’g’ri, ko’pchilik kattalar biz bolalarning internet tarmoqlari-yu, telefon o’yinlaridan bosh ko’tarmayotganligimiz haqida ko’p ta’kidlashyapti. Ammo “Yosh kitobxon” tanlovining g’oliblari, yangi avtomobil, kompyuter egalari bo’layotgan yoshlar aynan kitob mutolaa qilish bilan shunday natijalarga erishmoqda. Tanlovning so’nggi bosqichiga yetib borgunga qadar qancha kuch, g’ayrat sarflab mehnat qilishmoqda. Yoki natijalari nisbatan past bo’lgan o’quvchilar ham kitob o’qiyotganligi ham ayni haqiqat. Men mana shu Yangi O’zbekistonning yana bir kitobxon bolasi sifatida men aytmoqchimanki, biz bobolarimizga munosib farzand bo’lamiz. Ular yaratgan an’anani davom ettiramiz. Kitob o’qib, yuksak marralarni zabt etamiz. Kitob o’qishni ham san’at darajasga yetkazamiz. Albatta bunda bizdan tinimsiz mehnat, tuganmas sabr, yuksak salohiyat talab qilinadi. Biz uddalaymiz, harakat qilamiz. Zero, Vatanimiz kelajagi biz yoshlar qo’lida. Biz, Xudo xohlasa albatta yuksak marralarni kitob o’qish orqali zabt etamiz.
Sharof Rashidov tuman 17-umumiy o’rta ta’lim maktabi
6-“D” sinf o’quvchisi Tirkasheva Hamidaning
Men sevgan adabiy qahramonmavzusida yozgan inshosi
Yüklə 18,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə