9 qur’oni karimning qadimiy qoʻlyozma nusxalari muslima Niyozova



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#134457
  1   2
Muslima Niyozova (1)




QUR’ONI KARIMNING QADIMIY QOʻLYOZMA NUSXALARI 
 
Muslima Niyozova 
Toshkent shahri Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik 
fakulteti “Islomshunoslik” yoʻnalishi 3-kurs talabasi
 
Annotatsiya:
Qur‟oni karim islom manbashunoslik fanining eng asosiy 
manbasidir. Uning ilk qoʻlyozma nusxalarini oʻrganish, tahqiq etish orqali yangidan-
yangi ma‟lumotlar yuzaga keladi. Manbashunoslikda har bir manbaning asl nusxasi, 
koʻchirilgan nusxalari va keyinchalik chop etilgan toshbosma nusxalarining 
ahamiyati katta. 
Ma‟lumki, manba va kitoblarning nashr orqali koʻpaytirish usuli yuzaga 
kelguniga qadar insoniyat tomonidan yaratilgan barcha yozma yodgorliklar 
qoʻlyozma holida koʻpaytirilib tarqatilgan. Qur‟oni karim ham bosma usulda chop 
etilishiga qadar islom tarqalgan katta hududlardagi yuqori saviyadagi mohir xattotlar 
tomonidan qoʻlyozma shaklida koʻchirilgan. 
Kalit soʻzlar: 
Usmon mus‟hafi, Katta Langar Qur‟oni, Oʻzbekiston Fanlar 
akademiyasi Sharqshunoslik instituti, 
O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
manbalar xazinasi. 
 
Qur‟onning Usmon mus‟hafi va Katta Langar Qur‟oni kabi koʻplab qoʻlyozmalari 
mavjud boʻlib, ular Qur‟onning eng noyob va qadimiy qoʻlyozmalari hisoblanadi. Shu 
kabi nusxalar Oʻzbekiston, Misr, Turkiya, Rossiya, Eron kabi qator dunyo 
mamlakatlari fondlarida saqlanmoqda. Jumladan, tarix fanlar doktori M. 
Hasaniyning ta‟kidlashicha, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik 
institutida Katta Langar nusxasi va undan keyinroq IХ asrda kufiy xatida koʻchirilgan 
№579 raqami ostida saqlanayotgan Qur‟onning qadimiy qoʻlyozmasi saqlanadi. 
Mazkur qoʻlyozma Baqara surasining 22-oyatidan boshlangan boʻlib, bundan 
avvalgi oyatlar matni yoʻqolgan va keyinchalik boshqa xattot tomonidan suls xati 
bilan toʻldirilgan. Nusxa Masad surasi bilan tugaydi. Qolgan suralar ham boshqa 
kotib tomonidan yozib qoʻyilgan. Qur‟oni karimning bu qoʻlyozmasining xotimasi 
yoʻqligi sababli uning koʻchirilish muddati va oʻrni koʻrsatilmagan. Biroq, 
qoʻlyozmaning matn xususiyatlari va yozuv belgilariga qarab, uni IХ asrning 
boshlarida koʻchirilgan, deb hisoblash mumkin. Qur‟on qoʻlyozmalarining tahlili 
matnlarning IХ asrdan boshlab kufiydan suls xatiga almasha boshlaganligini 
koʻrsatadi. 


10 
Mazkur qoʻlyozma kufiy xatida bitilgan boʻlsa-da, unda suls xatining belgilari 
ham yaqqol koʻrinib turadi. OʻzR FASHI fondida Qur‟oni karimning oʻz davrida 
Muhammad Porso (vaf. 1420-y.), Sadir Ziyo (1867-1932), Muhammadali xalfa Sobir 
oʻgʻli, Qoʻqon xoni Xudoyorxon, Xiva xoni Muhammad Rahimxon – Feruz (1864-
1910), qozi kalon Burhonuddin Sadr (vaf. 1315/1897-98-y.) kabi shaxslarning 
kutubxonalariga mansub boʻlgan san‟at asari darajasida koʻchirilgan noyob 
qoʻlyozmalari mavjud. 
Qur‟oni karimning qadimiy qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston mustaqilligi 
yillarida ham kitobat qilinmoqda. Jumladan, 2004-yilda mashhur xattot Habibulloh 
Solih tomonidan Toshkentdagi Usmon mus‟hafi teriga qayta koʻchirilgan va hozirda 
Toshkent islom universiteti fondida saqlanmoqda. Qur‟oni karimning qoʻlyozma 
nusxalari Markaziy Osiyo mintaqasidagi 
barcha kutubxonalarda mavjud boʻlgan. 
Jumladan, OʻzR FASHI fondida Qur‟oni karimning 380 ta nodir qoʻlyozmalari 
saqlanadi. Mazkur fond mintaqaning deyarli barcha hududlaridagi 1930-yilgacha 
mavjud boʻlgan kutubxonalar, madrasalar, xonaqohlarda saqlangan qoʻlyozmalar, 
kitoblarni jamlash natijasida vujudga kelgan. Qur‟on qoʻlyozmalari nodir 
nusxalarining yetib kelishida nafaqat mahalliy ziyolilarning, balki diyorimizga kelgan 
elchilarning ham xizmati katta boʻlgan. 
Musulmon dunyosidan kelgan har bir elchi oʻz yurtida mohir xattotlar 
tomonidan koʻchirilgan ajoyib nusxalarni olib kelib, xon yoki saroydagi zodagonlarga 
hadya ham etganlar. Shubhasiz ular orasida Qur‟on nusxalari ham bor edi. 
Bu masalani oʻrganish hozirgi kunda qur‟onshunoslik, manbashunoslik, 
kutu
bxonachilik, davlatchilik tarixi va boshqa sohalarda yangi ma‟lumotlarni yuzaga 
chiqarishga yordam beradi. 
Qur‟on bosmaxonalar tashkil etilishi bilan yana yangi bosqichni bosib oʻtdi. 
Musulmon olimlari va ommasi tomonidan dastlab bu masalaga ikkilanish va shubha 
bilan qaraldi. ХIХ asr boshlarida Istanbulda Usmonli turk sultonining sa‟y-harakatiga 
qaramasdan muftiyning rasmiy fatvosi faqat Qur‟ondan tashqari boshqa diniy 
kitoblarga chiqarildi. Natijada, Qur‟on ma‟lum muddat xattotlar tomonidan 
koʻpaytirilishi davom ettirildi. 
Shuning uchun Qur‟onning matbaalarda bosilishi dastlabki davrda faqat 
Yevropa 
davlatlarida 
amalga 
oshirilgan
1

Venetsiyada 
1537-1538-yillarda 
Qur‟onning birinchi nashri chiqarilgan boʻlsa, soʻng Gamburgda 1694-yilda nashr 
etildi. Ayrim m
a‟lumotlarga koʻra, Rimda, taxminan 1499-1538-yillar oraligʻida ham 
chop etilgan. Lekin ushbu nashr Usmon mus‟hafiga mos emasligi sababli 
1
Islom manbashunosligi. Oʻquv qoʻllanma. Tuzuvchilar: Z. Islomov, D. Maxsudov, J. Tohirov. – Toshkent: “Qaqnus 
media” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2019. – B. 41. 


11 
musulmon oʻlkalarida e‟tirozga uchradi, shu tufayli Rim Papasi tomonidan mazkur 
nashrni man etishga buyruq chiqarilgan. 1125/1694-yil nashr etilgan Gamburg 
nusxasi protestantlik oqimiga mansub Ebraxam Xinklman tomonidan nashr etilgan. 
Mazkur nashr 560 sahifadan iborat boʻlgan, unda suralarning nomi, matnda imloviy 
xatolarga yoʻl qoʻyilgan. Nashrning bir nusxasi Misrdagi “Dor al-kutub al-Misriya” 
fondida 
№176 inventar raqami ostida saqlanmoqda. Rim nashri 1698-yil amalga 
oshirilgan boʻlib, u ikki qismdan iborat: birinchi qismi Qur‟on matni va tarjimasi, 
ikkinchisida ilovalar berilgan. Ushbu nashr italiyalik ruhoniy Lyudviko Marachchi 
tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, ilgarigilardan harflarni aniq ifodalash kabi bir 
muncha sifati yaxshilanganini koʻrsatadi
2

Shuningdek Qur‟on qo„lyozmalari o„zining qadimiyligi, xatining nafisligi, chiroyi, 
mukammalligi va yaxshi saqlangani 
ham ajralib turadi. Qur‟onning yana shunday 
qo„lyozma nusxalari borki, ularda ham ma‟nolar tarjimasi, ham tafsirlari (biz 
uchratgan aksar tafsirlar mavlono Husayniyga tegishli) mavjud. Nusxalar orasida 
“Sababi nuzul” matni bilan berilganlari ham salmoqli o„rin tutadi. Qur‟on 
qo„lyozmalari orasida varaqlari tushirilgan, to„liq ko„chirilmagan, muqovasiz va 
boshqa kamchilikka ega bo„lganlari ham mavjud bo„lsa-da, lekin ular ozchilikni 
tashkil etadi. Izlanishlar jarayonida hamyonga solish uchun qulay, muqovasiga 
temirdan ishlov berilgan, hadya uchun bejirim ishlangan, sovg„a uchun katta 
hajmda yasalgan va shu kabi boshqa ko„rinishga ega Qur‟on nusxalariga ham duch 
kelindi. 
Qur‟oni karim qo„lyozmalari asosan Markaziy Osiyo hududida joylashgan qator 
shaharlarda, jumladan, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Kesh, Nasaf, Balx, Toshkent, 
Xo„qand kabi va boshqa ularga qo„shni bo„lgan Qozon, Bombay, Lohur, Afg„oniston, 
Istambul, Eron, Misr o„lkalarida ko„chirilgani ma‟lum bo„ldi
3

Bugungi kunda Qur‟oni karimning boshqa qadimiy nusxalarini O„zbekistonning 
boshqa fondlarida ham ko„plab uchratish mumkin. Jumladan, Qur‟oni karim 
qo„lyozma va toshbosma nusxalari O„zbekiston xalqaro islom akademiyasi 
manbalar xazinasida ham mavjud. Mazkur fondda Qur‟oni karimning jami 26 
qo„lyozmasi va 14 toshbosma nusxasi saqlanmoqda. Qo„lyozma nusxalar asosan 
XVII asr birinchi yarmi 
– XIX asrlarga mansub bo„lib, asosan Markaziy Osiyolik 
xattotlar tomonidan nasx xatida, Sharq qog„oziga ko„chirilgan. Xazinadagi Qur‟on 
qo„lyozma matnlari asosan yakka o„zi kitobat etilsa-da, ba‟zan oxirigacha 
2
Qur‟onshunoslik. Oʻquv qoʻllanma. A. Gʻ. Abdullayev. – Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa 
birlashmasi, 2011. – B. 46-48. 
3
Toshkentdagi hazrat Usmon Mus‟hafi tarixi. Tuzuvchilar: A. Usmonov, M. Gʻulomov. – Toshkent: “Movarounnahr” 
nashriyot-matbaa birlashmasi, 2016. – B. 208. 


12 
ko„chirilmagan, faqat ma‟lum suralargina ko„chirilgan, boshqa mantlar bilan bir jildda 
tikib yuborilgan. Masalan: 1048/1638 yilga oid inventari №128 dan 135 gacha 
bo„lgan tartib raqamlarida ro„yxatga olingan nusxalarda Qur‟on karim suralarining 
jami sakkiz (17,18,19,25,26,27,29,30) juzlari bir xil o„lchamda alohida-alohida 
kitobat etilgan
4

Shuningdek, O„zbekiston Musulmonlari Idorasi qo„lyozmalar fondida ham 
Qur‟oni karimning bir qator qo„lyozma va toshbosma nusxalari saqlanayotgani 
aniqlangan. Bu fond o„zining noyob qo„lyozma va toshbosma kitoblari bilan 
ko„pchilik mutaxassislarning e‟tiborini tortib ulgurgan. Xazina nafaqat O„zbekiston 
balki xorijlik mutaxassislarning ham e‟tiborini torta olgan. Mazkur fondda Qur‟oni 
karimning jami 350 dan ortiq qo„lyozma nusxasi saqlanib kelinmoqda. Ularning 100 
dan ortig„ida faqat Qur‟oni karimning matni bo„lsa, qolgan nusxalar ma‟lum sura, 
juz, xaftiyak hamda boshqa asarlar bilan bir jildda kitobat etilgan nusxalardir. 
Qur‟oni karimning bu qo„lyozmalari VIII asrdan to XIX asrning ikkinchi yarmigacha 
bo„lgan davriy chegarani qamrab olib, suls, nasx, rayhoniy, hijoziy, kufiy hamda 
nasta‟liq xatlarida ko„chirilgan. Ulardan tashqari Alisher Navoiy Milliy kutubxonasi 
fondi, Mirzo Ulug„bek nomidagi Milliy universitet kutubxonasi, Alisher Navoiy nomli 
muzey fondi, Imom al-
Buxoriy Xalqoro markazi fondi, Gʻafur Gʻulom nomli Farg„ona 
viloyati adabiyot muzeyi shuningdek, Buxoro viloyatidagi Ibn Sino nomli universal 
kutubxona, Buxoro Davlat muz
eyi qo„riqxonasi, Xorazmdagi Avesto bog„i, Ma‟mun 
akademiyasi, Ichon qal‟a muzeyi fondi, Samarqand Davlat universiteti fondilarida 
Qur‟oni karim nusxalari mavjud bo„lsa-da, ular katalog shaklidagi kitoblarda ham 
e‟lon qilinmagan
5

Xulosa o„rnida aytish mumkinki, Qur‟on qo„lyozmalarini atroflicha o„rganish 
orqali avvaldan uning matnini qo„lda ko„chirish bo„yicha jiddiy tadqiqotlar olib 
borilgani, alohida yirik maktablari shakllangani hamda ajib xat durdonalari san‟at 
darajasiga ko„tarilgani haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Demak, islom 
manbashunosligi sohasida Qur‟oni karim qo„lyozma nusxalarini ilmiy o„rganish 
yangidan-
yangi ma‟lumot, bilim va ko„nikmalarga ega bo„lish uchun ulkan ahamiyat 
kasb etadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə