Kiyim ort bo’lak kesimiga ishlov berish



Yüklə 15,98 Kb.
tarix19.09.2023
ölçüsü15,98 Kb.
#122577
4 amaliy yengil kiyim


Kiyim ort bo’lak kesimiga ishlov berish.
Kiyim ort bo’lak kesimiga ishlov berish.Kiyimdagi kesimlar lif qismining pastki qirqimida yoki yubkani old, ort, yon choki davomida yoki tanlangan modelga muvofiq yubka etagining turli qismida bo’lishi mumkin.Kesimlar kiyimning qaysi qismida joylashganidan qat’iy nazar ochiq, yopiq yoki tikib ulangan ko’rinishda bo’lishi mumkin.Va xar biriga turlicha ishlov beriladi.Ustki kiyimlarda yengil kiyimlardan farqli o’laroq astar qismi ham mavjud bo’lganligi sababli kesimlarga ishlov berish jarayoni murakkablashadi.
Bundan tashqari ustki kiyim yeng uchida ham kesimlar ochiq va tikib ulangan (klassik uskubdagi kostyum) ko’rinishlarda uchraydi. Ustki kiyim ort bo’lagida uchraydigan kesimlar eng ko’p uchraydigan modellardan biri bo’lib erkaklar va ayollar klassik uslubdagi palto, plash va kostyumlarida keng qo’llaniladi. Ort bo’lak chap va o’ng qismlarining teskari tomoniga andoza qo’yib, kesimning ziylari belgilab olinadi.
Ort bo’lak kesimining ziylariga qotirma va yelim uqa belgilangan chiziqlar bo’ylab sal tortibroq qo’yiladi. Bunda qotirma belgi chizig’idan 0,5 sm qochirib, uqa esa belgi chizig’idan 0,5 sm qochirib, uqani esa belgi chiziqning o’ziga to’g’rilab qo’yiladi. Qotirma va uqa etakning bukilish chizig’ida tugashi kerak. Kesimga oddiy uqa qo’yishda, uni qotirma bilan birga kesimga chiqarilgan joy ustiga qo’yib, universal mashinada uqa bilan qotirma ularning tashqi ziyidan 0,2 sm narida chok solib ulanadi.
Kiyim ort bo’lak kesimiga ishlov berish.Ort bo’lak chokining kengligi 1 sm bo’lib, uning baxyaqatori kesimiga chiqarilgan joyning yuqori qirqimidan 1 sm narigacha o’tadi. Ort bo’lak o’rta chokida bezak baxyaqator yuritiladigan bo’lsa, unda o’rta chok 1 sm emas, balki bezak chok kengligidan 0,5 sm enliroq bo’ladi. Bunda ort bo’lak choki chap tomondan 0,5 sm qoldirib qirqib tashlanadi. Kesim yuqorisida chokni kertib, uni modelda mo’ljallangandek yotqizib yoki yorib dazmollanadi.
Ayni vaqtda kesim ziylarini belgilangan chiziqlar bo’lab bukib, ko’klab dazmollanadi yoki ko’klamay dazmollanadi. Bezak baxyali modellarda ort bo’lak kesimining ziylariga gazlamaning o’ng tomonidan baxyaqator yuritiladi. Bunda baxyaqator etak uchidan 8-10 sm narida tugallanishi kerak va kesimning o’ng qismida 0,5 sm kenglikda, chap qismida esa modelda mo’ljallangan kenglikda chok hosil qilish kerak.
Kiyim ort bo’lak kesimiga ishlov berish.Ort bo’lak kesimining yuqori tomonini belgilangan qiya chiziq bo’ylab mashinada baxyaqator yuritib puxtalanadi.Bezak baxyasiz modellarda ort bo’lak chap qismida ham, o’ng qismida ham kesimga chiqarilgan joyga belgilangan chiziq bo’ylab yelim plyonka qo’yiladi yoki maxsus mashinada yashirin bezak baxyaqator yuritiladi.
Yüklə 15,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə