Mavzu: Oʻzbekiston respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish kansepsiyasi mazmuni, mohiyati va ustuvor yoʻnalishlari



Yüklə 272,1 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü272,1 Kb.
#152671
Abdikarimov valijon soliq va soliqqa tortish

Mavzu: Oʻzbekiston respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish kansepsiyasi mazmuni, mohiyati va ustuvor yoʻnalishlari

Qabul qildi: Kulimova Husnida

Bajardi: Abdikarimov Valijon

REJA;

1.Soliq tizimi, mohiyati va ahamiyati.

2.Oʻzbekiston respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish kansepsiyasi mazmuni.

3. Oʻzbekiston respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish kansepsiyasining ustuvor yo`nalishlari.

SOLIQ TIZIMI

Soliqlar har qanday davlat shakllanishining asosiy manbasi hisoblanadi. Soliqlar, bu – davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim vositasi hisoblanadi. Soliq mexanizmi soliq huquqi va soliqqa tortishni boshqarish asoslariga tayangan holda soliq munosabatlarini tartibga soladi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimi davlatning samarali soliq siyosatini yuritilishida asosiy mezoni hisoblanadi.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prinsiplariga asoslanadi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari Soliq kodeksida belgilangan prinsiplarga zid bo‘lishi mumkin emas. Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagona ekanligi belgilangan.


Soliqlar deganda – Soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
Soliqlar davlatning moliyaviy resurslari va yillik byudjetini shakllantirishning asosiy manbasi hisoblanadi. Davlatning asosiy funksiyalari (ta’lim, tibbiyot, mudofaa, jamoat tartibini ta’minlash, davlat apparatini ta’minlash va h.k.) yig‘ilgan soliqlar hisobiga bajariladi.
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini yaxshilash - soliq siyosatini takomillashtirishning ustivor yo'nalishlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o'sishga, ishbilarmonlik va investisiyaviy faollikni oshirishga, sog'lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar yig'iluvchanligining zarur darajasini ta'minlashga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko'rsatdi,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017 yil 07-fevral PF-4947-sonli2 va "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi 2022 yil 28-yanvar PF-60-sonli3 Farmonilari asosida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib quyidagilar O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish asosiy yo'nalishlari etib belgilandi;
✓ iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo'yicha soliqlarni to'laydigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;
✓ soliqlarni unifikasiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o'xshash soliq solish bazasiga ega bo'lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operasion xarajatlarni minimallashtirish;
✓ makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta'minlash;
✓ soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to'lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;
soliq solish masalalarini tartibga soladigan normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;
xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
Shular asosiy yo’nalishlari hisoblanadi.

Etiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 272,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə