Glosarry soliq nazorati



Yüklə 12,73 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü12,73 Kb.
#158528
GLOSARRY


GLOSARRY
Soliq nazorati — soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlami
hisobga olishni, soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini,
soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar davlat budjeti va boshqa maqsadli
jamg'armalariga to'g'ri hisoblab chiqarilishni, to'liq va o'z vaqtida
to'lanishini nazorat qilishdan iborat faoliyatdir.

Soliq nazoratining obyekti — soliq va boshqa majburiy to'lovlarni
undirish hamda ushbu majburiyatlami bajarmagan soliq to'lovchilami
Javobgarlikka tortish bilan bog'liq munosabatlar majmuyidir.

Soliqqa oid huquqbuzarlik — bu soliq qonun hujjatlari bilan yuridik
javobgarlik nazarda tutilgan, huquqqa xilof, aybli harakat (harakatsizlik)
bo'lib, soliq munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarining buzilishi, soliq majburiyatlarining bajarilmaganligi
bilan bevosita bog‘liqdir.

Soliq sohasidagi davlat majburlov choralari deganda, 0 ‘.zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan, vakolatli davlat organlari tomonidan soliq sohasidagi huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llaniladigan
ta’sir choralari yig‘indisi tushuniladi.

Huquqbuzarlik — bu huquq talablaridan
chetga chiqish, muayyan imperativ yuridik majburiyatni buzish yoki
huquqdan uning maqsadiga xilof ravishda foydalanish (huquqni
suiiste’mol qilish) dem akdir.

Moliyaviy javobgarlik-moliyaviy javobgarlik chorasi va
doirasini o'z ichiga olgan, moliyaviy munosabatlami tartibga soluvchi
va moliyaviy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda vakolatli organ
(sud) tomonidan qo'llaniladigan, huquqbuzarga nisbatan mulkiy va
nomulkiy ta’sir etish xususiyatiga ega bo'lgan moliyaviy javobgarlik
normasining majburiy tuzilmaviy elementi tushuniladi.

Huquqni tiklashga qaratilgan sanksiyalar-ushbu sanksiyalami amalga
oshirish davlatning moliyaviy manfaatlariga qarshi qaratilgan va huquqqa
hilof faoliyat orqali yetkazilgan zarami bartaraf etishga, moliyaviy
majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, ularni majburiy ijroga qaratishga
hamda davlatning buzilgan mulkiy huquqlarini tiklashga olib keladi.
Jazolovchi (jarima) sanksiyalar. Ularni amalga oshirish budjet
h uquqiy m u n o sab atlarid a yuz berishi m um kin b o 'lg a n
huquqbuzarliklarni oldini olish .va uni ogohlantirish, shuningdek,
budjet qonunchiligini buzuvchilami jazolashga qaratilgan bo'ladi.

Jarima — bu soliq haqidagi qonun hujjatlarida foizlarda yoki muayyan
miqdor (masalan, eng kam oylik ish haqining miqdori, soliqlar va
vigimlaming qo'shimcha hisoblab yozilgan summasi)ga nisbatan baravar
imqdorlarda belgilanadigan bir marta undiriladigan summadir.
Penya — bu soliqlar yoki yig'imlami to'lash muddati o'tkazib
yuborilgan har bir taqvim kuni uchun ortib boruvchi yakun bilan
undiriladigan pul summasidir.

M a’muriy javobgarlik - bu ma’muriy
huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni
sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari va mansabdor
shaxslar tomonidan ma’muriy-protsessual tartibda ma’muriy jazoni
qo'llashdir.

Jinoiy javobgarlik- o'zining xususiyatlari,
oqibatlari va og'irligi va boshqa belgilariga ko'ra boshqa yuridik
javobgarliklardan farqlanib, javobgarlik faqat jinoyat qonunchiligi
bilan tavsiflanadi, javobgarlik subyektlari faqatgina jismoniy shaxslar
hisoblanadi, javobgarlik sud tartibida amalga oshirilib, xavfli ijtimoiy qilmish uchun jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonun`
hujjatlari asosida qo'llaniladi.
Yüklə 12,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə