O‘zMu Jizzax filiali Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo‘nalishi 923/20-guruh talabasi



Yüklə 133 Kb.
tarix05.10.2023
ölçüsü133 Kb.
#125610
Tarmoq 1 mustaqil ish


O‘zMu Jizzax filiali Sirtqi bo’lim


Iqtisodiyot yo‘nalishi 923/20-guruh talabasi


Xabibov Boburning Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan

Mustaqil ishi


Mavzu: O’zbekiston sanoati asosiy fondlarining dinamikasi

O’zbekiston sanoati asosiy fondlarining dinamikasi

Reja:




  1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi




  1. Asosiy fondlarni baholash




  1. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi




  1. Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari




  1. Ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llari




  1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi

Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi.


Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko’p resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u ana shu resurslardan to’la-to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi.


Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor.


Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim


tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.


Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida


qatnashish roliga ko’ra asosiy va Aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.


Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, o’tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi1. Ular ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar.


Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa


1 Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.132.


tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.


Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.


Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo’lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.


Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim qismini tashkil etib, bu ko’rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib bormoqda. 1995-2015 yillar mobaynida sanoatning asosiy fondlari 576 marta o’sdi.


O’zbekiston Respublikasi sanoatining jami asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining dinamikasini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.


9- jadval Sanoat korxonalarining asosiy fondlari2 (mlrd. so’m)


2012 2013 2014 2015


32578,6 40500,3 48259,5 55206,5


Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston sanoatining asosiy fondlari juda tez sur’atlar bilan o’smoqda. Bu o’sish MDH davlatlarining o’rtacha o’sish


sur’atlaridan anchagina tez va sifatliroqdir.


Hukumatimiz tomonidan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash masalariga alohida e’tibor qaratilib


me’yoriy hujjatlar qabul qilingan3. Ushbu me’yoriy hujjatga binoan


“Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o’zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada


2 Ўзбекистон саноати. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Статистик тўплам. Тошкент 2016. Б.45.

3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 22.12.2016 й.даги “Саноат тармоқлари корхоналарининг жисмоний ишдан чиққан ва маънавий эскирган машина-ускуналарини жадал янгилаш, шунингдек, ишлаб чиқариш харажатларини камайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-2692-сон Қарори


oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining o’sishini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini


ta’minlash maqsadida: ...sanoat tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini o’tkazish ...va texnik audit natijalarini


o’rganish asosida 2017 — 2020 yillar davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o’tganlari bilan almashtir...”4ish nazarda tutilgandir.


Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo’ladi.


Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:





  1. Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.




  1. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat buyumlarini o’zgarishi bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko’priklar va h.k.).




  1. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi uskunalar.




  1. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:




  • energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo’ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);




  • ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbobuskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.

XULOSA
Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalarini o’rganib, mazkur ishni bajarishda quyidagi xulosalarga keldik.





  1. Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam yoritilganligiga guvoh bo’ldik. Shu tufayli, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirish bilan bog’liq tushunchalarni topishga harakat qildik va ishda ular ma’lum bir tizimga keltirildi.

tushunchasiga quyidagicha tasnifladik:


Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:








  • asosiy fondlar amortizasiyasi;




  • mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;




  • ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;




  • boshqa xarajatlar; korxonalarning ichki potensial resurslari deganda uning faoliyatini to’liq

ta’minlaydigan turli ichki manbalardan tarkib topgan resurslar tushuniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:



  1. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston, 2010 y.




  1. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi.-T.: Adolat, 1996.




  1. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida"gi qonuni

24.12.1998





  1. B.Yu.Xodiyev. N.Akramova. “Korporativ boshqaruv”.T.:2011




  1. Ziyonet.uz




  1. Lex.uz




  1. tfi.uz

Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə