10 amaliy mashg‘ulot mavzu: atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik



Yüklə 22,42 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü22,42 Kb.
#137723
  1   2
Mavzu matni bo\'yicha dars ishlanma


10 - AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIK


1. Ekologik hamkorlikning zaruriyati.
Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik xalokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlarning, 7,5 mlrd. dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Mavjud ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o‘z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta’siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko‘plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muam-molar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo‘li bilan hal qilinishi mumkinligi ma’lum bo‘lib qoldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratiladi:
1. Atrof muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma va konvensiyalar;
2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati.
Turli davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konvensiyalar keng qo‘llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asrning birinchi yarmida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo‘nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko‘chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e’tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi Xalqaro konvensiya 1931-yilda tuzi-lib, unda Anktarktida atrofidagi suvlardan har yili 15000dan ortiq kit ovlanmaslik ko‘rsatilgan edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963- yili Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti kosmik fazodagi yadro sinovlarini ta’qiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.
1973 yilda nodir hayvon va o‘simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to‘g‘risidagi (SITES) xalqaro konvensiya tuzildi.
1972 yili Stokgolmda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘tqazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning I-Umumjaxon konferensiyasida 5-iyun Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb e’lon qilingan. 1973-yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishining oldini olish yuzasidan yangi Xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1978-yili Ashxobodda o‘tgan Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) bosh assambleyasida Jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi.
1982-yil BMTda Tabiatni muhofaza qilishning umumjahon Xartiyasi qabul qilindi. Bu muhim hujjatlarda tabiatni muhofaza qilishning prinsiplari va ko‘p yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Atrof muhitga inson ta’sirining kuchayishi 1985-yili Venada ozon qatlamini muhofaza qilish konvensiyasi, 1992-yili-Rio-De-Janeyroda Biologik xilma-xillikni saqlash, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llashish bo‘yicha va boshqa konvensiyalarning tuzilishiga sabab bo‘ldi.
Atrof-muhitni va biosferani muhofaza qilish, asrash, avaylash borasida BMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO va boshqa birlashmalar jamg’armalar o’z dasturlarini qabul qilganlar.
Y U N E P (BMT ning atrof-muhit haqidagi dasturi) 1972 yilda Stokgolmda BMT konferentsiyasida Atrof-muhitni haqida dastur qabul qilindi. Bu konferentsiyada quydagi masalalarga e’tibor berildi:
1. Atrof-muhitni ifloslanishini va degradatsiya bo’lishga qarshi halqaro masshtabda koordinatsiya ishini kuchaytirish.
2. Atrof-muhit monitoringi haqida global sistema hosil qilish.
3. Atrof-muhit haqida spravochnik sistemalar hosil qilish.
4. Kam va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish.
5. Dengiz muhitini ifloslanishidan saqlash.
6. Rivojlangan mamlakatlarga ekologik masalalarni yechishda ilmiy-texnikaviy yordam berish.
7. Atrof-muhitni muhofaza qilishda halqaro huquq normalarini muvofialashtirish.
8. Atrof-muhitni muhofaza qilishda har bir davlatni milliy huquq normalari haqida qonunlar qabul qilish. YUNEPni shtab kvartirasi Noyrobi shahri (Keniya) da joylashgan.
Tabiatni yosh do’stlari. Bu guruh tabiatni yosh do’stlariga 16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar kiradi. Maktab va o’quv maskanlarida tabiatni muhofaza qilishni boshlang’ich tashkilotlari tuziladi.
Tabiatni yosh do’stlari qo’ydagi ishlarni amalga oshiradi:
1. tabiat haqidagi fan asoslarini o’rganib ona tabiatga, tabiatni muhofaza qilishga, o’simliklar va hayvonat dunyosiga nisbatan o’quvchida mehr uyg’otadi.
2. Tabiiy resurslarni asrash, avaylash va oqilona foydalanishga o’rgatiladi.
Yosh tabiatshunoslarni keyingi paytda “yashil patro’l” “Chumoli” “tirik kumush” va “archa” degan nazoratchilari mavjud.
Yosh naturalistlar. Bu tashkilot 1918 yil 15 iyunda Moskvada tashkil bo’lgan. Yosh maktab va bog’cha bolalari jalb etilgan tashkilot.
“EKOSAN” ekologiya va sanologiya (salomatlik) halqaro jamg’armasi 1980 yillarni oxirlarida tashkil etilgan. EKOSAN xalqaro jamg’armasi quyidagi ishlarni amalga oshirishda hamkorlashadi.
1. Markaziy Osiyo mamlakatlariga yagona ekologik siyosatni yurgizish.
2. Markaziy Osiyo respublikalarida va regionlarida Atrof-muhit va inson sog’ligi uchun moliyaviy yordamlar ko’rsatish.
3. O’zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Atrof-muhit uchun yetarli ma’lumotlar bilan fikr almashinish.
4. Antropogen ta’sirini kamaytirish uchun o’zaro bog’liq bo’lgan ekotizim, sanosfera va inson sog’ligiga ta’sir etuvchi omillarni sabab natijalarini o’rganish.
5. Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekotizimlarni degradatsiya va regeneratsiya masalalari bo’yicha kpompleks ilmiy tadqiqot ishlar olib boorish va tadbirlar ishlab chiqish.
6. Markaziy Osiyo respublikalarning tarixiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlarni hisobga olib sog’lom hayot tarzini shakllantirishni tezlashtirish.
7. Sog’lom hayot tarzini va ekologik madaniyati shakllantirish va targ’ibot qilish.
8. Maxsus bolalar uylariga, bog’chalarga milliy bog’larga, qo’riqxonalarga EKOSAN fondidan yordam berish.
9. O’zbekiston hududida ekologik havfli zona aholisiga favqulodda holatlarga halokatlarga yordam berish.
10. Dunyo miqyosida tabiatdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish kabi ilg’or dolzarb tadbirlarni O’zbekistonda tatbiq etish.
11. Ekologiya bog’larini loyhasini ishlab chiqishida va yaratishda qatnashish.
12. Markaziy Osiyoda ekologiya va salomatlik universitetini tashkil etish.
13. Ekologik huquq normativ aktlarini ishlab chiqish va Orol va Orolbo’yi muammosi bo’yicha yordam berish.
Orol va Orolbo’yi. 1993 yil 26 martda Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari Qozog’iston Respublikasining Qizil O’rda shahrida Orol va Orolbo’yi ekologik muammolarga bag’ishlangan konferentsiyaga yig’ilib Orol va Orolbo’yi ekologiysi mavzusida Orolni saqlab qolish halqaro jamg’armasi tuzildi.
Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Orol va Orolbo’yi muammosiga bag’ishlangan kengash o’tkazdi.
1995 yil 20 sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchrashuvning eng katta yutug’i jahon banki Orol muammosiga moliyaviy yordam berishini e’lon qildi.
Olma-otada 1997 yil 28-fevralda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Orol va Orolbo’yi ekologik muammosiga bag’ishlangan “Almati bayonoti” e’lon qilindi.
Bu bayonotda shunday deyilgan: «BMT va uning ixtisoslashgan agentlari Orol dengizi havzasida vujudga kelgan tang vaziyatga doimiy e’tobor berish hamda bu mintaqada Atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rishga, Orol bo’yidagi og’ir ahvolga tushib qolgan aholiga yordam ko’rsatish bo’yicha chora-tadbirlarni oshirishga alohida e’tibor berishga davat etilsin.
Xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Orol dengizi havzasini batqaror rivojlantirishga doir konferentsiya loyhasini ishlab chiqish nihoyasiga yetqazilsin deb belgilandi.
Bu konferensiyada Orol muammosi bo’yicha yaqin vaqtlarda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib borishni tezlashtirish taklif etildi.
1. Suv ombolari va havzalaridan foydalanish ularga texnik xizmat ko’rsatish hamda havfsizligini tugatish;
2. Suvdan oqilona foydalanish.
3. Suvni sho’rlanishiga qarshi ko’rashish.
Shu yig’ilishda O’zbekiston prezidenti ustivor yo’nalish bo’yicha ijtimoiy omilni, ya’ni aholini sog’ligini bergilash to’g’isida taklif kiritdi.
Ushbu yo’nalishlar uchun jahon banki jami bo’lib 380 mln AQSH dollari hisobda pul ajratdi.
Orol va Orolbo’yi muammosi bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari «Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasini tashkil etish» masalasida 8-9 aprelda 1999 yil I.A.Karimov nutq so’zladi.
Inson va biosfera 1970 yili YUNESKO ni 16-chi konferentsiyasida «inson va biosfera» haqida 14 punktdan iborat dastur qabul qilingan.
1. Tropik va subtropik ekotizimlarda insonni faoliyatini ekologik oqibatlarini kuchaytirish.
2. O’rmon landshaftida va O’rta yer dengizi havzasi bo’yidagi davlatlarga yordam xo’jalik faoliyatida foydalanishni ekologik ta’sir etmaslik.
3. Yaylov yerlarda, savannada, qurg’oqchilik va yarim qurg’oqchilik yerlarda inson faoliyati ta’sirini kamaytirish.
4. Inson faoliyat ta’sirini dinamik ekotizimlarda qurg’oqchilik yarim qurg’oqchilik vohalarda irrigaysiya sistemasiga e’tibor berish.
5. Ko’llarda, daryolarda, botqoqliklarda, deltalarda inson faoliyatini meyorlashtirish.
6. Tundra va tog’li ekologik sistemalarda inson faoliyatini meyorlashtirish.
7. Orol ekotizimidan oqilona foydalanish va ekologiyasini o’rganish.
8. Tabiiy hududlarni saqlash va undagi genetik materiallarni muhofaza qilsh.
9. Qishloq xo’jalik zararkunanda hashoratlariga qarshi ko’rashish va baholash. Yer va suv ekotizimida mineral o’g’itlardan oqilona foydalanish.
10. Atrof-muhitga va insonga injener-tehnik vositalarni tasirini o’rganish.
11. Shaharda energiyadan foydalanishda ekologik aspektlari.
12. Atrof-muhit o’zgarishi, moslashish strukturasi aholi joylanishini genetikasi va demografiyasi.
13. Atrof-muhitni tushunish.
14. Atrof-muhitni o’rganish va uni biosferaga ta’siri.
BMT atrof muhit muhofazasi masalalariga katta ahamiyat beradi. BMTning 1972-yilda tuzilgan atrof muhit bo‘yicha maxsus dasturi - YUNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim ro’l o‘ynaydi. 1948-yili tuzilgan nodavlat tashkilot-Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Itgifoqi (TMXI) 100 dan ortiq davlatlar, 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi. Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi sohasida 250 dan ortiq yirik xalqaro nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. BMTning fan, maorif, ta’lim va san’at masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti - YUNESKOning 14 loyihadan iborat «Inson va biosfera» dasturi ko‘p yillardan buyon xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik dasturlardan biridir.
TMXI 1966 yildan xalqaro "qizil kitob"ni e’lon qilib keladi. Biologik resurslarni himoya qilishda uning ahamiyati kattadir.

Yüklə 22,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə