11Equation Chapter Section 1kuchli sho'rlangan yerlarda o'rmonlar barpo etish istiqbollari



Yüklə 46,44 Kb.
səhifə1/2
tarix26.06.2023
ölçüsü46,44 Kb.
#118924
  1   2
KUCHLI SHO\'RLANGAN YERLARDA O\'RMONLAR BARPO ETISH ISTIQBOLLARI

111Equation Chapter 1 Section 1KUCHLI SHO'RLANGAN YERLARDA O'RMONLAR BARPO ETISH ISTIQBOLLARI



Annotatsiya: Ushbu tezisda kuchli sho`rlangan yerlarda o`rmonlar barpo etishda inobatga olish lozim bo`lgan jihatlar, ushbu jarayonni amalga oshirish texnologiyasi, o`ziga xosligi ko`rib chiqiladi.
Kalitso‘zlar: O`rmon, sho`rlangan yerlar, tuproq, quruqlik.


Dolzarblik.O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan mintaqasidagi yerlar asosan sho‘rlanish va botqoqlanishi tufayli noqulay holatga keladi. Bizning Respublikamizda ham, chet ellarda ham sho‘rlangan tuproqlar kattagina maydonni egallaydi. Sho‘rlagan yerlarda ekin miqdori kamayishi, sifati yomonlashishi tufayli hosil kamayib ketadi. Shuning uchun ham, tuzning kelib chiqishi, tuz hosil bo‘lishining asosiy manbalari hakidagi masalalar fan va qishloq xo‘jaligi uchun katta nazariy va amaliy masalalardan iborat bo‘lib qoldi.
Oldingi yillarda qilingan ishlar. Sho‘rlangan tuproqlarning qaerda hosil bo‘lishi va sho‘rlanish jarayoni geografiyasida quyidagi asosiy sikllar ma’lum (V. A. Kovda ma’lumotlari bo‘yicha):
Quruqlikda sho‘r to‘planish sikllari, ya’ni materiklarning ichki qismlaridagi berk (suvi okeanga qo‘shilmaydigan) o‘lkalarda tuzlarning bir joydan ikkinchi joyga borib to‘planishi Dengiz yaqinida sho‘r to‘planish sikllari, ya’ni dengiz sohillarida va sayoz suvli qo‘ltiq qirg‘oqlarida dengiz suvlarining to‘planishi.
Deltalarda sho‘r to‘planish sikllari, ya’ni daryo va vodiy-delta grunt suvlarining quruqlikdan olib keladigan tuzlari hamda turli vaqtlarda dengiz tomonidan keladigan tuzlar (Amudaryo, Nil va boshqa yirik daryolarning deltalari).
Materiklarning ichki qismlaridagi hududlarda tog‘ jinslarining nurashi va minerallarning yemirilish jarayonlari tuzlarning to‘planishida asosiy manba hisoblanadi.
Maqsad. Suv, shamol, harorat, biokimyoviy omillar ta’sirida tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi minerallar asta – sekin yemirila boradi. Oqibatda xlor va oltingugurt elementlari ajralib chiqib keyinchalik xlorid va sulfat tuzlarini hosil qiladi. Nurash jarayonida esa sulfat kislota (H2SO4) hosil bo‘ladi. Bu kislota tarkibida natriy, magniy yoki kalsiyi bo‘lgan minerallar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida osongina oddiy sulfat tuzlarini hosil qiladi. Bir qancha mineral moddalarning tarkibida xlorid yoki sulfat tuzlari (NaCL, Na2SO4) tayyor holda uchraydi. Shu tuzlar tog‘ jinslari nuraganda ajralib chiqadi.
Tog‘ jinslarining nurashida karbonat angidrid (CO2) ham faol ishtirok qiladi. Suvda yaxshi eriydigan karbonat angidrid Na, K, Ca gidrosilikatlari bilan keng ko‘lamda reaksiyaga kirishib, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning bikorbonat va karbonatlarini hosil qiladi.
Tuzlar vulqon otilishi jarayonida ham paydo bo‘ladi. Vulqon otilayotganda natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota (HCl), gazsimon xlor va turli sulfat oksidlari bevosita ajralib chiqadi. Shu birikmalarning barchasi (natriy xlorid bundan mustasno) jinslar bilan o‘zaro ta’sirida bo‘lib, ulardan asoslarni siqib chiqaradi va oddiy xlorid yoki sulfat tuzlari hosil qiladi.

Yüklə 46,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə