Mavzu; ichki yonuv dvigatellari sikllari reja



Yüklə 24,49 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü24,49 Kb.
#161014
  1   2
Mavzu; ichki yonuv dvigatellari sikllari reja-fayllar.org


Mavzu; ichki yonuv dvigatellari sikllari reja

MAVZU; ICHKI YONUV DVIGATELLARI SIKLLARI





REJA:
1.Ichki yonuv dvigatellari haqida umumiy ma‘lumotlar

2. IYoDlarining klassifikasiyasi


3. Porshenli IYoD tuzilishi
Sanoatda, xalq xo’jaligida ishlab chiqarish sohalarida bo’ladigan har qanday yangiliklar fan-texnikani yutuqlariga asoslanadi. Ma‘lumki insoniyat yaralgandan buyon yashash tarzini yaxshilash, og’ir mehnatni

aql-idrok bilan yengish, kam harajat qilib, ko’proq foyda olish, qolaversa tabiat sirlariga, qonuniyatlariga, ulardan to’g’ri, oqilona foydalanishga harakat qilib keladi.

Insoniyat tarixidagi ko’pgina kashfiyotlar, ixtirolar va ulardan samarali foydalanish turmush tarzini keskin o’zgartirib yuboradi.
«Issiqlik texnikasi asoslari» fani borasidagi ko’pgina kashf etilgan yangiliklarni ham o’z salmog’i o’rni bor. Bu yangiliklar, kashfiyotlar, ixtirolar qatoriga issiqlik, mashinalari ya‘ni issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirish, bularning asosida ichki yonuv dvigatellarining ixtiro etilishi va ulardan xalq xo’jaligida, sanoatda, ishlab chiqarishda muttasil foydalanayotganimiz buning isbotidir.
Yozilgan uslubiy ko’rsatmada ichki yonuv dvigatellari (IYoD)ning sikllari, klassifikasiyasi, termodinamik jarayonlari, IYoD larini atrof-muhitga ta‘siri borasida fikrlar yuritiladi. Talabalarning bu borada o’zlari mustaqil ishlar qilishlari uchun ma‘lum ma‘noda ma‘lumotlar olish imkoniyati tug’iladi va ular o’zlarining nazariy bilimlarini yanada mustahkamlab, mustaqil fikr yuritish, IYoD va ularning ahamiyati, ulardagi kamchilik va afzalliklar borasidagi bilimlarini biroz bo’lsada chuqurlashtiradilar degan umiddamiz.
Ichki yonuv dvigatellari haqida umumiy ma‘lumotlar

Yonilg’ini yoqish hisobiga ajratib chiqqan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi ichki yonuv dvigateli (IYoD) deyiladi.


IYoDlarida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanishi va barcha termodinamik jarayonlar sikl davomida silindr deb nomlanadigan maxsus ish organida amalga oshiriladi. Ma‘lumki, silindr ichida porshen harakatlanadi, shuning uchun IYoD ba‘zan porshenli dvigatellar deb ham nomlanadi.
«Dvigatel» degan nom ruscha «dvigat»- jildirish, ya‘ni harakatga keltirish so’zidan olingan. Dvigatelga berilgan energiya (issiqlik energiyasi, atom energiyasi, suv-shamol energiyalari) mexanikaviy energiyaga aylantiriladi va u generatorlar, nasoslar, kompressor, avtomabil g’ildiraklari, kemalarning eshkak vintlari, samolyotlarning parraklari, stanoklarning boshqa ish organlarini harakatga keltiradi.

Bizga ma’lumki, juda qadim zamonlarda odam va hayvonlar muskul kuchlari yagona dvigatel vazifasini o’tagan edi. Shuning uchun fan-texnikaning rivojlanishi natijasida dastlab suv-energiyasidan foydalaniladigan dvigatel paydo bo’ldi. Keyinchalik shu ishning rivojlanishi yanada yangi bosqichga ko’tarildi. Suv dvegateli ishlab chiqarishning boshqa barcha turlarini, daryo to’g’onlaridan yil fasllariga qarab foydalanish tufayli ma‘lum miqdorda cheklab qo’ydi. Bu cheklanishlar uzoq davom etmadi va odamlar yangi, ishlab chiqarishni o’ziga xos rivojlantiruvchi bug’ mashinalarini kashf etdilar, u esa sanoatda keskin burulish yasadi. Bug’ mashinalari XIX asrning 70-yillariga qadar ishlab chiqarishda, transportda ham issiqilikni ishga, ya‘ni mexanik ishga aylantiruvchi birdan bir dvigatel hisoblanar edi. XIX asrning oxirlarida suv bug’ining xossalarini va uning oqish qonunlarini tekshirishda katta ilmiy ishlar olib borildi. Bu ilmiy ishlar natijasida bug’ mashinasining takomillashgan turi-bug’ turbinasi paydo bo’ldi.


Bug’-turbinasidan foydalanilgan holda ishlab chiqarish yanada rivojlandi, odamlar hayotidagi ko’pgina qiyinchiliklar osonlik bilan bartaraf etila bordi.
1860 yilda issiqlik energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib, juda yuqori ko’rsatgichlarga erishish mumkinligini ifodalovchi birinchi porshenli, ikki taktli IYoD frantsiyalik olim E.Lenuar ishlab chiqdi.
Bunday IYoD zolotnikli gaz taqsimlash mexanizmiga ega bo’lib,yonilg’i sifatida elektr uchquni gaz ishlatilgan.
1876 yilda Germaniyalik N.Otto va E.Lengenlar ilmiy tadqiqotlar olib borishlari natijasida yanada mukammallashgan to’rt taktli, gaz bilan ishlaydigan IYoD ishlab chiqildi. Bu dvigatelda yonuvchi aralashma oldindan siqilar (siqish takti) va u yonilg’ini Lenuar dvigatelidan ikki barobar kam saqlar edi. Buning sababi esa ishlab chiqilgan dvigatel 1862 yilda fransuz injeneri Bo-de-Rosha tomonidan taklif etilgan sxema bo’yicha yasalgan edi, ya‘ni aralashmani o’zgarmas hajmida yondirish amalga oshirildi.

19- asrning oxiriga kelib sanoatda neftni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqildi, bu esa IYoD larida gaz yonilg’ilar qatorida suyuq yonilg’ilardan ham foydalanish imkonini berdi, chunki neftni qayta ishlashdan olingan benzin, kerosinlarni elektr uchquni yordamida yoqilishi IYoD larining sanoat va transportda keng qo’llanilishiga imkoniyat yaratdi.


Rossiyada birinchi marta benzinda ishlaydigan IYoD 1889 yili injener I.S.Kostovich uchqun bilan o’t oldiriladigan dvigatelning birinchi namunasini ishlab chiqdi.
1897 yili nemis injeneri R. Dizel tomonidan ixtiro qilingan va fanda «Dizel dvigatel» deb nom olgan, siqilish hisobiga qizigan havoga purkalgan yoqilg’ining yonishi natijasida ishlaydigan to’rt taktli IYoD ning takomillashgan konstruktsiyasi 1899 yili birinchi marta Peterburgda yasaldi. 1901 yilda rus olimlaridan G,V. Trinkler va 1910 yilda Ya.V. Maminlar kompressorsiz dizel dvigatelin yaratdi. Dizel dvigatellarining nazariyasi to’laroq o’rganilishi va takomillashib borishi natijasida IYoD lari bug’ mashinalari o’rnini tezlik bilan egallay boshladi.
Dizel dvigatelining tejamliligi tufayli, eng yaxshi dizel dvigatelining solishtirma yonilg’i sarfi taxminan 190 g/ kVt. soatni tashkil etadi.
Dizel dvigatellarida yonilg’i sarfining FIK 31-44% bo’lsa, karbyuratorli dvigatellarda odatda, 25-30% dan oshmaydi. Gaz yoqilg’isida ishlaydigan gazodizel dvigatellari ham mavjud.
IYoDlarining klassifikasiyasi

Issiqlik dvigatellari ishchi jismiga issiqlikning berilish usuliga qarab ikki xil bo’ladi:


I. Ichki yonuv dvigatellari;
II.Tashqi yonuv dvigatellari (bularga bug’ mashinalari, bug’ turbinalari kiradi).
IYoDlarining qo’yidagi turlari mavjud:

1.Vazifasi bo’yicha: stasionar dvigatellar; avtomobil, traktor va yo’l qurish mashinalariga o’rnatiladigan dvigatellar.


2.Ishlatiladigan yonilg’ining turi bo’yicha: yengil suyuq yonilg’i (benzin, benzol, kerosin, ligroin va spirt) bilan ishlaydigan dvigatellar: og’ir suyuq yonilg’i (mozut, solyar moyi, dizel yonilg’isi va gozayl) bilan ishlaydigan dvigatellar; gaz holatidagi yonilg’i (tabiiy va generator gazlari) bilan va aralash yonilg’i (gaz va benzin) bilan ishlaydigan dvigatellar.
3.Issiqlik energiyasini mexanikaviy energiyaga aylantirish usuli bo’yicha: porshenli: gaz turbinali va rotor- porshenli dvigatellar.
4.Ish aralashmasini hosil qilish usuli bo’yicha: silindrdan tashqarida: silindr ichida shu aralashmasi hosil qilinadigan dvigatellar.
5.Ish aralashmasini yondirish usuli bo’yicha: uchqun bilan o’t oldiriladigan: siqish natijasida o’t oldiriladigan: forkamirali (alanga bilan o’t oldiradigan) dvigatellar.
6.Ish siklini amalga oshirish usuli bo’yicha: to’ri va ikki taktli dvigatellar.
7. Nagruzka o’zgarganda dvigatelni rostlash ishi bo’yicha: ish aralashmasining sifati: ish aralashmasining miqdori: ish aralmasining ham sifati, ham miqdori sozlanadigan dvigatellar.
8.Silindrlarning joylashishi bo’yicha: vertikal qatorli, gorizontal qatori;
V-simon; yulduz shaklli va silindrlari qarama-qarshi yotuvchi dvigatellar.
9.Sovutish usuli bo’yicha: suyuqlik bilan sovutiladigan dvigatellar; havo bilan sovutiladigan dvigatellar.
Porshenli IYoD tuzilishi

Ma‘lumki porshenli ichki yonuv dvigatellari xalq xo’jaligida eng ko’p ishlatiladigan dvigatellardan biri hisoblanadi. Hozirgi zamon avtomobillarida, transportlar, ko’pchilik kemalar va boshqa texnologik mashinalardan asosan IYoD ishlatilib, ularning roli beqiyosdir,chunki IYoD lar qo’yidagi afzalliklarga egadirlar:


Gaborit o’lchamlari nisbatan kichik;

katta qozon qurilmalariga extiyoj yo’q;


tezda ishga tushirish mumkin;
juda kam suv talab qiladi va hokazo.
Yutuq va afzalliklar bilan birga IYoD larining kamchiligi ham bor, bulardan eng asosiy kamchiligi shuki, ularda hamma qattiq yoqilg’ini ishlatib bo’lmaydi.

IYoDlarining barcha ish jarayonlari ya‘ni yoqilg’ini yoqish, issiqlik chiqarish va uning mexanikaviy ishga aylanishi dvigatel ish silindrining ichida sodir bo’ladi. Porshenning turish mumkin bo’lgan eng chekka nuqtalari turish nuqtalari deyiladi. Yuqori turish nuqtasi (YuTN) porshenning yuqori chekka holatiga mos keladi, bunda porshen valdan maksimal uzoqlikda bo’ladi (1-rasm). Pastki turish nuqtasi (PTN) porshenning eng pastki chekka holatiga mos keladi. Bunda uning val o’qidan uzoqligi minimal bo’ladi. Porshenning bir chekka nuqtadan ikkinchi nuqtagacha bosib o’tgan yo’li porshen yo’li deyiladi va u S harfi bilan belgilanadi.


Porshenning bir chetki nuqtadan ikkinchi chetki nuqtagacha siljish takt deyiladi. Silindrning YuTN va PTN orasidagi hajmi silindrning ish hajmi deyiladi. Silindrning kallagi bilan YuTN da turgan porshen orasidagi hajm yonish kamerasining hajmi yoki siqish kamerasi deyiladi. Silindrning ish hajmi Vh, belgilanadi. Yoqish kamerasining hajmi Vc bilan ish hajmi Vh ning yig’indisi silindrning to’liq hajmi Va deyiladi va u qo’yidagicha ifodalanadi:

Va= Vh + Vc


To’liq hajmini yoqish kamerasining hajmiga nisbati siqish darajasi deyiladi va u E harfi bilan belgilanadi:
Dvigatel silindrida yoqilg’i eng to’liq yoqish uchun zarur miqdordagi havo bilan yaxshi aralashgan bo’lishi zarur. Dvigatelda yondirish uchun tayyorlangan havo bilan yonish aralashmasi ish aralashmasi deyiladi. Aralashma hosil qilishning ikki usuli bor: ichki va tashqi usullari. Aralashma tashqarida tayyorlanadigan dvigatellarda yangi aralashma aralashtirgichlarda tayyorlanadi. Tayyor aralashma silindrga beriladi. Silindrda aralashma elektr uchquni yordamida majburiy o’t oldiradi.
Aralashma tashqarida tayyorlanadigan dvigatellarda aralashmaning siqish darajasi past bo’ladi. Ularga karbyuratorli va gazli dvigatellar misol bo’ladi. Aralashma ichkarida tayyorlanadigan dvigatellarda yonilg’i va havo ish silindrga alohida-alohida boriladi. Ular silindr ichida aralashib ish aralashmasi hosil qiladi. Siklning amalga oshirish usuliga qarab IYoD 2 xil klassga bo’linadi. 1). To’rt taktli dvigatellarda ish sikli to’rt taktda bir marta amalga oshadi. Bunda val ikki marta aylanadi; 2) Ikki taktli dvigatellarda ish sikli ikki taktli, ya‘ni valning bitta aylanishida sodir bo’ladi.
Karbyuratorli dvigatellarda tirsakli valning aylanishlar chastotasi 6000-8000 ayl/min ga teng bo’lib, ularning siklda ish bajarishi uchun juda qisqa vaqt (0,15-0,02s) ajratilgan. Shu qisqa vaqt ichida silindrga yonuvchi aralashma kirishi, siqish jarayoni sodir bo’lishi, yonilg’i bug’lanishi va havo bilan aralashishi, uchqun berilishi, aralashma yonishi, ish bajarilishi va ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarib yuborilishi kerak. Siklning samaradorligini oshirishda yoqish jarayoniga katta ahamiyat berishi kerak, chunki bu jarayon qanchalik to’g’ri tashkil qilinsa, siklda shunga katta ish bajariladi.
To’rt taktli karbyuratorli IYoD ning ish sikli qo’yidagicha amalga oshiriladi.
1-takt: Ish aralashmasining silindrga kirishi (surilish), bunda kirish klapini ochiq, chiqish klapini berk bo’ladi.
2-takt: Ish aralashmasining siqilishi. Ikkala klapin ham berk, porshen PTN dan YuTN ga harakat qiladi. Ish hajmi kamayib,bosim va harorat ortadi. Elektr uchquni yordamida yonish hosil qilinadi.
3-takt: Yonish mahsulotlarining kengayishi ikkala klapin ham berk bo’ladi.
Porshen pastga siljiydi.
4-takt: Yoqish mahsulotlarini siqib chiqarish. Bu paytda chiqarish klapini ochiladi, ishlatilgan gazlar tashqariga (atmosferaga) chiqarib yuboriladi.

Ikki taktli karbyuratorli dvigatellar ham uchqun bilan o’t oldiradi va bunga misol qilib matosikllarni olishimiz mumkin. Biroq ularning tejamliligi to’rt taktli karbyuratorli dvigatellarnikidan ancha past, chunki gazlarni chiqarish vaqtida yonuvchi aralashma ham qisman tashqariga chiqib ketadi.


Ikki taktli dizelning haqiqiy siqish darajasini aniqlashda yo’qolgan ish hajmi Vy ni hisobga olish zarur, ya‘ni
bu yerda
-yuqolgan ish hajmi.
nisbat ish hajmining gaz almashinuvida yo’qolgan ulushiri bildiradi va (y bilan belgilanadi. Bu holda haqiqiy va geometrik siqish darajalari o’rtasidagi bog’lanish qo’yidagicha aniqlanadi:
Porshenli IYoDlari siklida ro'y beradigan
termodinamik jarayonlar
To’rt taktli IYoD ning sikli kiritish (yoqilg’i va havo aralashmasining yoqish kamerasiga kiritilishi), siqish (ish yoqilg’isining siqilishi), kengayish (yoqish mahsulotlarining kengayishi) va chiqarish (kengayib bo’lgan yoqish mahsulotining siqib chiqarilishi) taktlaridan iborat ekanligini yo’qorida aytib o’tdik. Shularni hisobga olgan holda hozirgi vaqtda ichki yonuv dvigatellarida kechadigan termodinamik jarayonlar Karno siklidan farq qilib, ular uchta sikl asosida ro’y beradi:
Issiqlik V= const da beriladigan sikl;

Issiqlik P= const da beriladigan sikl;


Issiqlik V= const va V = con st bo’lganda aralash (ketma-ket) beriladigan sikl.
Ish jismining siqilish va ko’payish jarayonlari adiabatik ravishda amalga oshadi.
Bu sikllarning termik f.i.k. Karno siklining f.i.k. dan kichik bo’ladi.
Ma‘lumki termodinamik jarayonlarni tekshirishda ularda sodir bo’ladigan sharoit ideal deb qabul qilinadi. IYoD ning ideal termodinamik sikllarini ko’rib chiqishda qo’yidagilarni qabul qilamiz:
siklda ish jismining miqdori va tarkibi o’zgarmaydi;
Yoqilgining yonish va gazning chiqib ketish jarayonlari issiqlik keltirilishi va issiqlikning olib ketish bilan amalga oshadi;
Porshen bilan silindir devorlari orasida ishqalanish yo’q;
Ish jismining siqilish va ko’payish jarayonlari adiabatik ravishda amalga oshadi.
sig’imi harakatga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas kattalik deb qabul qilamiz.
bu yerda
- siqish darajasi, k – adiabata kursatgichi. Vc – silindr yonish kamerasining hajmi.

I.Issiqlik V= con st da beriladigan sikl.


(u Otto sikli ham deyiladi)
Bu sikl ikkita adiabata va ikkita izoxorodan iborat. Gazning boshlangich holati 1 nuqtaga mos keladi. (2- rasm). Gaz 1-2 adabiyoti bo’yicha siqiladi, bunda gazning hajmi kichrayadi, bosimi ortadi, harorati ko’tariladi.
bu yerda
- siqish darajasi, k – adiabata kursatgichi. Vc – silindr yonish kamerasining hajmi.
II. Issiqlik P = const bo’lgandagi sikl. (Dizel sikli)

Bu sikl issiqlik P = const bo’lganda kiritiladigan sikl hisoblanadi va uni Dizel sikli deb ham nomlaydilar.


Bu sikl 2 ta adiabata, 1 ta izoxora va 1 ta izobaradan iborat. (3 - rasm)
Siklning termik foydali ish koeffisientini adiabatik siqish va kengayish jarayonlaridagi adiabata ko’rsatgichi, hamda koeffisientlar va ( orqali qo’yidagicha yozish mumkin
bu yerda
- siqish darajasi,
- izobarik kengayish darajasi. k – adiabata ko’rsatkichi
Demak, P = const bo'lgan holatda ish yoqilg’isiga tashqaridan issiqlik miqdori q1 kiritilganida termik f.i.k. V3 va k – adiabata ko’rsatkichlariga ko'proq bog’liq bo'lar ekan.
III. Siklga V = const P = const bo’lganda aralash (ketma - ket) issiqlik
kiritilishi. (Trinkler – Sabate sikli).
Bu sikl Otto va Dizel siklining birlashtirilgani bo’lib, ish yoqilg’isining ma‘lum qismi
V = const (izoxora) bo’lganda yonsa, qolg’an qismi P = const (izobara) bo’lganda yonadi. (4-rasm)
Siklning termik f.i.k. qo’yidagicha bo’ladi:
bu yerda
- bosimning ortish darajasi.
Demak, issiqlik aralash usulda beriladigan siklning termik f.i.k. ham siqish darajasi - ga ε, bosimning ko’tarilish darajasiga (o’zgarmas hajmda berilgan issiqlik miqdoriga) va birlamchi kengayish darajasiga (o’zgarmas bosim ostida berilgan issiqlik miqdoriga) bog’liq ekan.
IYoD yonish mahsulotlarini
Atrof – muhitga ta‘siri
Ma‘lumki, energetik, issiqlik mashinalari, shular qatorida IYoD lari ham atmosferaga turli xil zaharli gazlarni chiqarib tashlaydi. Bu gazlar ona tabiat va odam organizmi va uning salomatligi uchun havfli hisoblanadi.
Chiqarib tashlanadigan gazlar atrof – muhitni ifloslantirib, tabiatdagi ekologik muvozanatni ma‘lum darajada buzadi va aholi uchun noqulay sharoitni yuzaga keltiradi.
Atmosfera va atrof – muhitning zaharlanish va ifloslanish muammosi sanoati rivojlangan mamlakatlarda 1960 – yillardan e‘tiboran ancha dolzarb masalaga aylangan edi. Shu yillardan boshlab AQSH va G’arbiy Yevropada atmosferaga chiqarib tashlanadigan zaharli moddalarning chekli normativlari joriy etildi. Ularda xususan, avtomobil yoki IYoD lar chiqarib tashlaydigan zaharli moddalar miqdorini tegishli usullarda albatta tekshirish ko’zda tutilgan.
Bizning mamlakatda ham bu borada tegishli hujjatlar qabul qilingan va u davlat nazoratida hisoblanadi.
Ichki yonuv dvigatellari tsilindrida yonilg’i bilan havo aralashmasining yonish natijasida to’la yonish mahsulotlari bilan bir qatorda kam miqdorda bo’lsa ham, chala yonish mahsulotlari CO, NOx hamda yonilg’ining parchalanish mahsulotlari (SxHy, C, SO2, H 2S, aldegidlar va 3,4 - benzpiren) hosil bo’ladi. Bu gazlar kishi sog’lig’i uchun, ya‘ni tirik organizm uchun juda zararli hisoblanadi. Ishlatilgan gazlar tarkibidagi zaharli gaz komponentlarining miqdori kimyoviy usul bilan tekshirib aniqlanadi.
Yonish mahsulotlarining zaharli komponentlariga is gazi – SO; azot oksidi – NOx; yakka uglevodorodlar - SxHy (benzpiren) va boshqalar kiradi.
Is gazi yonilg’ining chala yonish natijasida hosil bo’ladi, ya‘ni dvigatel asosan kichik nagruzkalarda ishlaganda ajralib chiqadi va miqdori bo’yicha yonish mahsulotlarining 10 – 12%ini tashkil qilishi mumkin. Ayniqsa, avtomobil joyidan qo’zgalayotganda is gazi ko’p ajralib chiqadi. Dizellarda is gazining miqdori nisbatan kam (0,5%) bo’ladi. Bu jihatdan dizel karbyuratorli dvigatellarga qaraganda katta afzalliklarga ega.
Azot oksidlari kam miqdorda bo’lib, (0,8 mg/l), asosan ( ning katta qiymatlarida paydo bo’ladi.
B u holda yonish mahsulotlari tarkibida SO2 ning miqdori 250 mg/l gacha bo’lishi mumkin. H 2S esa juda oz miqdorda bo’ladi.
Kislorodli moddalar – aldegidlar 0,2 mg/l bo’ladi.

Yakka uglevodorodlarning miqdori 10-20 mg/m3 ni tashkil etadi. Ularning asosiysi 3,4 – benzpiren bo’lib, u juda aktiv moddalar. Uning juda oz kontsentratsiyasi ham kishi organizmini zaharlashi mumkin.


IYoDlarida ishlatilib atmosferaga chiqarib tashlanadigan gazlar tarkibidagi xilma-xil zaharli moddalar kishi organizmini doimo zaharlab keladi va turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Avtomobil transport sanoati rivojlangan sharoitida katta shaxarlar, yirik korxona va x.k.da qolishiga yul quyish mumkin emas. Shuning uchun butun dunyoda bu masalaga jiddiy e‘tibor berilmoqda va bunday zaharli moddalar ajralib chiqishini kamaytirish maqsadida katta ilmiy izlanishlar hamda tadqiqotlar olib borilmoqda.
Karbyuratorli dvigatellarning asosiy kamchiliklaridan biri, ular nagruzkasiz (salt) ishlaganida ayniksa ko’p miqdorda zaharli moddalar ajralib chiqishidir. Bu kamchilikni kamaytirish maqsadida maxsus siyraklikni cheklagichlar urnatilmoqda. Karbyuratorli dvigatellar kichik va urtacha nagruzka bilan ishlaganida ularning tejamliligi keskin kamayadi. Bu kamchiliklarni yuqotish uchun yonilgini alanga (mash‘al) bilan yondirish usuli qullaniladi. Dizellardagi ishlatilgan gazlar tarkibida zaharli moddalarning va tutunning ko’p yoki kam bo’lishida yonilgi o’zatuvchi asboblarning to’gri va soz ishlashi katta ahamiyatga ega.
Agar yonilgi purkash asboblari ya‘ni yuqori bosimli nasos va forsunkalar to’gri va puxta rostlangan bulsa, zaharli moddalar juda kam ajralib chiqadi, bu esa atrof – chiqadi, bu esa atrof-muhit muhofazasi uchun uta muhimdir.
Dizel dvigatellarida:

1)Aralashma hosil bulish va yonish jarayonlarini takomillashtirish. (bu usul yonilgi apparatlari elementlarining konstruksiyasini o’zgartirishni taqozo etadi)


2)Aralashma hosil qilishning eng maqbul usullarini qo’llash.
3)Tutashga qarshi qurilmalar ishlatish.
Tarkibida ishqoriy – yer metallar, ayniqsa bariy bo’lgan va yonilgiga massa bo’yicha 0,5 – 1% miqdorda qushiladigan ayrim maxsus qushilmalar ishlatilgan gazlardagi tutun miqdorini 2 – 3 marta va aldegidlar hamda benzpiren chiqishini anchagina kamaytiradi. Ular dizelning asosiy ko’rsatkichlariga ta‘sir ko’rsatmaydi va atmosferaga chiqariladigan neytral birikmalar hosil qiladi. Mazkur qurilmalarning kamchiligi shundaki, ular yonish kamerasi va to’zitqichlarda qatlamlar hosil qiladi, shu sababli ular yonilgiga faqat yuvuvchi qushilmalar bilan birga aralashtirilishi kerak. Bundan tashqari, ular nisbatan qimmat turadi.
4) Ishlatilgan gazlarni filtrlash.

(Bu usulni qo’llash IYoDning narxini bir oz qimmatlashtirib yuboradi).


RASM

Yüklə 24,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə