Reja: Neft va gaz uyumlarning ishlash rejimlari. Qattiq suv rejimi. Taranglik suv bosimi rejimi. Neft va gaz



Yüklə 160,94 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü160,94 Kb.
#150837
sardor.docx1


Reja:



  1. Neft va gaz uyumlarning ishlash rejimlari.

  2. Qattiq suv rejimi.

  3. Taranglik suv bosimi rejimi.



Neft va gaz uyumlarning ishlash rejimlari


Suyuqliklarning qatlam bo‘ylab quduq tubi tomonga harakati qatlam energiyasi hisobiga sodir bo‘ladi. Suyuqlik (neft, suv) uyumda qatlam energiyasi ta’sirida siqilgan holatda bo‘ladi. Neft konlari ishlatilganda qatlam bosim pasayadi. Qatlam bosimining pasayish darajasi qatlamdan olinadigan suyuqlikning miqdoriga va qatlam bosimidan foydalanish usullarining holatiga bog‘liq. Bu keltirilganlar barchasi sun’iy omillar hisoblanadi. Qatlam energiyasi zahirasi, boshlang‘ich qatlam bosimining kattaligi va uning pasayish darajasi bir qancha tabiiy omillarga bog‘liq. Masalan, gaz do‘ppisida gazning kengayish energiyasi, zahira taranglik energiyasi, neftdagi gazning erishidagi kengayish energiyasi, neft uyumining kontur tashqarisidagi suvdan to‘yinish manbasini mavjudligi va gravitatsion omillar kabilar neft oluvchanlikni oshiradi.
Barcha tabiiy va sun’iy omillar g‘ovakli qatlamni ishlatishda paydo bo‘lib, qatlam rejimi deb ataladi.
Uyumdan neftni quduq tubiga siljitishda harakatlantiruvchi kuch sifatida quyidagi harakatlantiruvchi energiyalar: suv bosimi (tabiiy va sun’iy), 
taranglik, gaz bosimi (gaz do‘ppisi rejimi) hamda erigan gaz rejimi va gravitatsion (sun’iy qatlam energiyasi) rejimi kabilar xizmat qiladi.
Uyumning drenaj rejimini to‘g‘ri baholash neft konlarini ishlatishning texnologik ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib, so‘nggi holatda konlarni tejamkor ishlatish ko‘rsatishlariga va yuqori ko‘rsatgichda so‘nggi neft oluvchanlik koeffitsiyentiga erishish kakbilarga ta’sir qiladi. Uyumni rejimini aniqlash murakkab bo‘lib, konlarni ishlatishda bir vaqtning o‘zida rejimni aniqlovchi ko‘p omillar yuzaga keladi. Suv bosimi rejimi qattiq suv bosimi va taranglik suv bosimi rejimi turlariga bo‘linadi.
Qattiq suv bosimi rejimida qatlamdagi neftning quduq tubiga harakati, kontur yoki kontur tashqarisidagi suvlarning bosimi ta’sirida sodir bo‘ladi. Bundan tashqari qatlam suvlari doimiy ravishda atmosferada yog‘adigan yer usti suvlari, qor suvlari yoki haydovchi quduqlar orqali haydaladigan sun’iy suvlar orqali doimiy to‘yinib turadi.

Qattiq suv rejimi qsyidagicha ifodalanadi:
Qatlamda erkin gaz bo‘lmaydi, tog‘ jinsi orqali neft yoki neft-suv bilan filtrlanadi.
O‘tkazuvchan qatlam neft oluvchi qatlam bilan gidrodinamik bog
langan bo‘lib, daryo o‘zani yoki boshqa turdagi manbada to‘yinadi.
Neft quduqlarida neft qazib olinganda qatlam bosimi pasayadi. Undan keyin tog‘ jinsidagi g‘ovakliklar va o‘tkazuvchan qatlamlar yer yuzasidagi havzalardagi suvlardan doimiy ravishda to‘yinib turadi. Shuningdek neft uyumlaridagi qatlam bosimi suv ustuni balandligining gidrostatik bosimiga teng bo‘ladi. Ma’lumki, uyumlarni ishlatish jarayonining boshlang‘ich davrida qatlam bosimi tushadi, keyin esa muvozanatlashadi va undan keyin uyumdan suyuqlikni olish ko‘rsatgichi aniq bo‘lganda amaliy o‘zgarmasdan qoladi (bir yilda neft olish 4-8% olinadigan zahiraga nisbatan tasdiqlanganda). Bunday rejimda vaqt o‘tishi bimlan quduqdan olinadigan suyuqlik debiti, qatlam bosimi va gaz omillari barqaror.
Sun’iy suv bosimi rejimida, maxsus haydovchi quduqlar orqali haydalgan suv bosim hosil qiladi va neftni siqadi.
Qattiq suv napor rejimida uyumdan olingan suyuqlikning miqdori qatlamning termodinamik sharoitda, kontur tashqarisidan kirib keladigan suvning miqdoriga teng bo‘ladi (tabiiy suv bosimi rejimida). Sun’iy suv bosimi rejimida ham qattiq suv bosimi rejimida ham xuddi shunday jarayon sodir bo‘ladi.
Qattiq suv bosimi rejimida konturdan keladigan suv neftli quduqlarga yetib kelganda va qatlamdan neft o‘rniga asosan suv qazib olinganda uyumni ishlatish to‘xtatiladi.
Kirib keladigan suv neftni to‘liq siqmaydi. Neft va siquvchi suv qazib oluvchi quduq yo‘nalishi bo‘yicha bir vaqtda harakatlanadi.
Neft va suvning qovushqoqlik xossalari bir-biridan farq qilganligi uchun, suv oqimi neft oqimini quvib o‘tadi, oqim harakatida (neft, suv) doimiy ravishda suyuqlik miqdori oshib boradi. Neftning qovushqoqlik xossalari farqi oshib ketadi, oqim
harakatida suv bosimi oshadi, qazib oluvchi quduqqa suv oldinroq yorib kirishni boshlaydi. Buning natijasida uyumdan neft oluvchanlik pasayadi. Qatlam g‘ovakliklarida va mikroyoriqlarida olinmagan neft qoladi. Neft uyumlarini ishlatishning samarali ko‘rsatgichlaridan biri neft oluvchanlik (neft beruvchanlik) koeffitsiyenti hisoblanadi. Neft oluvchanlik koeffitsiyenti – uyumdan olingan neft miqdorining neftni boshlang‘ich zahirasiga nisbatiga aytiladi. Neft oluvchanlik koeffitsiyenti suv bosimi rejimida (tabiiy va sun’iy) yuqori bo‘ladi. Uyumdan boshlang‘ich neft zahirasining 56-70% olinishi mumkin. Bu ko‘rsatgich tashkil etadi.
Taranglik suv bosimi rejimida harakatlantiruvchi kuch tog‘ jinsi va suyuqliklarning taranglikdan kengayishi hisoblanadi. Taranglik suv bosimi rejimi – taranglik (elastiklik) deb ataladi. Bunday rejimda uyumni suvlilik qismi juda katta, ya’ni neftlilik konturidan o‘nlab va




yuzlab kilometr cho‘zilgan bo‘lishi mumkin. Bunda qatlamni suvlilik qismi yer sirti yuzasi bilan aloqada bo‘lishi ham bo‘lmasligi ham mumkin. Taranglik suv rejimida uyumni ishlatishning boshlang‘ich davrida quduqning debitiga mos holda qatlam bosimi tezda pasayishga qarab ketadi. Natijada qatlam bosimi pasayadi va quduqlarning neft debiti kamayadi. Taranglik suv bosimi rejimida qatlam bosimi to‘yinish bosimidan pastga tushguncha gaz omili o‘zgarmasdan qoladi.
Taranglik suv rejimida neftlilik konturi doimiy siljiydi va qisqaradi. Taranglik rejimidagi neft uyumlarida, neft bilan to‘lgan g‘ovakliklarda, kontur suvlarining ko‘chishi sodir bo‘lmaydi. Qatlam bosimi tezda pasayadi va asta-sekin uyumning holati taranglik rejimidan gaz rejimiga o‘tishi mumkin. Taranglik suv rejimining erigan gaz rejimiga o‘tishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun qatlamga suv bostirish amalga oshirilib, qatlam bosimi ushlab turiladi yoki boshqa turdagi ta’sir etish usullari qo‘llaniladi.


Foydalanilgan adabiyotlar;


1.Neft va gaz ishi asoslari kitobi.
2.“Arxiv.uz” internet sayti.





Yüklə 160,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə