Bilim o'zgarishlari xalqaro hamkorlik reja



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#160329
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BILIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK


BILIM O'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK

Reja:



  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va boshqa xalqaro tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi imkoniyatlari

  2. Jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o‘zaro hamkorlik masalalari

  3. Xalqaro miqyosdagi hamkorlikning yo‘nalishi va shaklining tako- millashishi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va boshqa xalqaro tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi imkoniyatlari
Jahonda mavjud bo‘lgan jinoyatchilik miqyosi asosan tashqi omillar tufayli yuzaga kelishini ko‘rish mumkin. Eng xavfli jinoyatlar aksariyat hollarda ikki yoki undan ortiq davlatlar hududida sodir etilishi bilan e’tiborlidir va ko‘p vaziyatlarda jinoiy yo‘l bilan topilgan moddiy boyliklar va boshqa buyumlar jinoyat sodir etilgan bir davlatdan boshqa bir davlatga «o‘tkaziladi».
Interpol hamjamiyatining Bosh kotibi R. Kendallning ta’kidlashicha, hozirgi davrda jinoyatchilik bilan xalqaro miqyosda kurash olib borish ba’zi superkomanda yoki superdetektiv zimmasidagi vazifa bo‘lib qolmasligi lozim. Bu vazifani bajarish nafaqat ayrim davlatlar o‘rtasida o‘rnatilgan xalqaro kelishuvlar, har bir davlat qonunchiligi, texnik salohiyati asosida amalga oshirilishi kerak, balki yaxshi niyat, maqsadda jinoyatchilikka qarshi kurashdan bir xilda manfaatdor bo‘lgan davlatlarning umumiy faoliyat ko‘r- satishi talab etiladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Bu faoliyat xalqaro aloqalarning o‘ziga xos tarkibiy qismi ekanligini e’tiborga olish lozim. Hatto ba’zi davlatlarning o‘zaro siyosiy va iqtisodiy hamkorligi bo‘l- masa-da, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ehtiyoji yuzaga kelishini ko‘rish mumkin.
Binobarin, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida quyidagi o‘ziga xos hamkorlik turlarini ko‘ramiz:

  • o‘zaro jinoyat, fuqarolik va oila huquqlari bilan bog‘liq masalalarni hal etishdagi hamkorlik;

  • jinoyatchilikka qarshi kurashda va ayniqsa xalqaro miqyosda yoyilgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro kelishuvlar tuzish va ularni amalga oshirish;

  • boshqa davlatlarning huquqni himoya qilish organlari tomonidan jinoiy-huquqiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha chiqarilgan qarorlarni bajarishda o‘zaro yordam ko‘rsatish;

  • huquq-tartibot sohasida jinoiy-huquqiy masalalar va inson huquqlarini ta’minlash qoidalarining bajarilishini ta’minlash;

  • huquqni muhofaza qilish organlarini qiziqtiradigan axborotlarni o‘zaro ayriboshlashni ta’minlash;

  • jinoyatchilikka qarshi kurash muammolarini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ilmiy tavsiyalar yaratishda o‘zaro hamkorlik ishlarini olib borish;

  • ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish;

  • kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o‘zaro yordam ko‘rsatish;

  • moddiy-texnikaviy va maslahatlar berish bo‘yicha o‘zaro yordam berish kabilar.


Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə