Bilim o'zgarishlari xalqaro hamkorlik reja


Xalqaro miqyosdagi hamkorlikning yo‘nalishi va shaklining tako- millashishi



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə4/10
tarix24.12.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#160329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BILIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK

Xalqaro miqyosdagi hamkorlikning yo‘nalishi va shaklining tako- millashishi bois Bosh Assambleya Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda odil sudlovni amalga oshirish komissiyasiga Xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konven- siyani ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Bu topshiriqning berilishiga esa, Neapolda 1994-yil noyabr oyida xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada qabul qilingan Xalqaro rejali harakatlar bo‘yicha Neapol deklaratsiyasi qarorlari sabab bo‘ldi.
BMTning o‘ziga xos modelli kelishuvlarning tayyorlanishidagi sa’y- harakatlari ham e’tiborlidir. Bunda quyidagilarni esga olish joizdir: Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish va odil sudlovni amalga oshirishdagi o‘zaro yordam to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma; Jinoyat sudlov ishlarini o‘zaro o‘tkazish bo‘yicha namunaviy shartnoma; Taqdim etish bo‘yicha namunaviy shart­noma; Shartli ravishda javobgarlikka tortilgan va jazodan bo‘shatilganlar va huquqbuzarliklar ustidan nazorat o‘tkazish vakolatlarini berish bo‘yicha namunaviy shartnoma; O‘tuvchi mulk shaklidagi biror-bir xalqning tarixiy merosiga tajovuz qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha na­munaviy shartnoma kabilar.
BMT tarkibiga kiruvchi va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi masalalar bilan maxsus shug‘ullanish Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish va odil sudlovni amalga oshirish komissiyasidan tashqari, BMT tarkibiga: Xalqaro miqyosda jinoyatchilikning oldini olish Markazi (Vena markazi), BMTning jinoyat­chilik va odil sudlov bo‘yicha Rim mintaqaviy ilmiy tadqiqot instituti; Ji- noyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo‘lish bo‘yicha Tokioda joylashgan Osiyo va Uzoq Sharq instituti, Jinoyat­chilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha Xelsinki instituti, Jino­yatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo‘lish bo‘yi- cha BMTning Afrika instituti; Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Ar-Riyodda joylashgan Arab ilmiy tadqiqot va o‘quv markazi; Avstraliya (Kanberra) kri­minologiya instituti, Jinoyat qonunchiligi islohotlari va jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni olib borishning Kanada (Vankuver) Xalqaro markazi kabilar.
Sanab o‘tilgan institutlar o‘z faoliyatlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar, milliy davlatlarning huquqni himoya qilish organlari xodimlarining malakasini oshirish, zarur loyihalarni ishlab chiqishda metodik, moddiy va texnik yordam ko‘rsatadilar, manfaatdor tashkilotlarni jinoyatchilik va jahon miqyosida unga qarshi kurash choralari to‘g‘risida axborot bilan ta’minlashni amalga oshiradilar.
BMT esa o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida global, strategiyaga xos masalalar bilan shug‘ullanadi. Aniq taktik vazifalarni esa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar bajaradi. Bular: Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi, Amerika davlatlari tashkiloti, Arab mamlakatlari ligasi, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, Afrika birdamlik tashkiloti kabilardir.
O‘ziga xos obyektiv va subyektiv xususiyatlarga ko‘ra, xalqaro mintaqaviy tashkilotlardan Yevropa hududida joylashganlari O‘zbekiston Respublikasi va MDHga kiruvchi davlatlar uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bular: Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqidir. Yevropa Ittifoqi 1975-yildayoq huquq- tartibotni o‘z faoliyatini himoya qilishga qaratgan. Yevropa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligi «Trevi» guruhi doirasida amalga oshiriladi.
Hamkorlik shakli adliya, ichki ishlar (politsiya) va xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining muntazam yig‘inlarini o‘z ichiga oladi. Bu organlarning yig‘ilishlarini ekspertlar guruhi tashkil qiladi. «Trevi» guruhi dastlabki bosqichda faqat terrorizm muammolari bilan shug‘ullangan. Hozirda esa uning faoliyati kengayganligini ko‘rish mumkin.
Bular:

  • politsiya xizmatlari uchun zarur axborotlarni to‘plash va ayriboshlash;

  • Yevropada jinoyatchilikning holati, tizimi va dinamikasini baholash;

  • jinoyatchilarni qidirishda hamkorlikni ta’minlash;

  • terrorchilik faoliyatlariga aloqador shaxslarning mamlakatlarga kirish- larini rad etish masalalarini hal etish;

  • vizalar berish tartibini bamaslahat hal etish;

  • ayrim turdagi jinoyatlarga qarshi kurashni olib borish uchun mutaxas- sislarni ayriboshlashni yo‘lga qo‘yish (terrorizm, giyohvandlik moddalari- ning g‘ayriqonuniy ravishda aylanishi kabilar);

  • politsiya idoralari uchun maxsus texnika vositalarini yaratishda o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabilardir.

Yevropa mintaqasida huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlik mexanizmini doimiy ravishda takomillashib borayotganini ko‘rish mumkin. Jumladan, 1992-yil sentabr oyida Yevropa hamjamiyatining ichki ishlar va adliya vazirlari shtab-kvartirasi Strasburgda politsiya organlarining hamkor- ligini ta’minlash maqsadida Yevropolni tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildilar.
Yevropolning asosiy vazifalari bo‘lib, terrorizm, jinoiy pul mablag‘la- rini legallashtirish, giyohvandlik vositalari va qurollarni norasmiy o‘tkazish kabi jinoyatlarga qarshi kurashni hamkorlikda tashkil etish va muvofiq­lashtirish, shuningdek Yevropa hamjamiyatining tashqi chegaralarini nazorat etishni ta’minlash kabilar hisoblanadi.
Jinoiy guruhlar bilan kurash olib borishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Yevropa mintaqasida alohida «Antimafiya» guruhi tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi sifatida mafiyaga oid guruhlar faoliyatini tahlil etish va Yevropa miqyosida ularga qarshi kurash strategiyasini yaratish kiradi.
To‘g‘ri, Yevropol ba’zi jihatlari bilan 1923-yil 7-sentabrda tashkil etilgan Interpol - Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkilotiga o‘xshab ketadi. Interpolga a’zo davlatlar soni hozirgi kunda 170 dan ortiq bo‘lib, O‘zbekis- ton ushbu tashkilotga 1994-yil sentabrda a’zolikka qabul qilindi.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə