Bilim o'zgarishlari xalqaro hamkorlik reja



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə3/10
tarix24.12.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#160329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BILIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK

BMT Bosh Assambleyasi jahon miqyosida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashga bevosita yo‘naltirilgan quyidagi qator hujjatlarni qabul qilganligini ko‘rish mumkin:

  • Mahbuslar bilan muomala qilish qoidalarining minimal standartlari;

  • Mansabdor shaxslarning huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha faoliyatlari kodeksi;

  • Korrupsiyaga qarshi kurash qoidalari;

  • Davlat mansabdor shaxslarining faoliyatlari bo‘yicha xalqaro kodeks;

  • Huquq-tartibotni amalga oshirishda mansabdor shaxslar tomonidan kuch va o‘qotar qurollarni qo‘llashning asosiy prinsiplari;

  • Hokimiyatni suiiste’mol qilish va jinoyat qurbonlari bilan bog‘liq odil sudlovning asosiy prinsiplari deklaratsiyasi;

  • Sud organlarining mustaqilligi bilan bog‘liq asosiy prinsiplar;

  • Advokatlarning tutgan o‘rniga oid asosiy prinsiplar.

  1. yil 18-dekabrda jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlar bo‘yicha sudlovni amalga oshirish bo‘yicha OOFI dasturi qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi sifatida preambulada qayd etilganidek, barcha kriminal holatlarning oldini olish va odil sudlov bilan bog‘liq ishlarda xalqaro jamoatchilikning zarur ehtiyojlari qondirilishiga yordam ko‘rsatish kabilar belgilandi.

Ushbu Dasturning asosiy maqsadlari esa quyidagilar:

  • milliy davlatlar va davlatlararo mavjud jinoyatchilikka qarshi kurash;

  • jinoyatchilikka qarshi kurashning global (jahon miqyosida) va mintaqaviy choralarini kuchaytirish;

  • BMTga a’zo davlatlarning xalqaro jinoyatchilikning oldini olishdagi ishtiroklarini ta’minlash;

  • jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishdagi samaradorlikni oshirish;

  • yuqori standartlardagi insoniylik, haqiqatparvarlik, odil sudlovni yo‘lga qo‘yish va kasb mahorati asosida ish yuritish kabilardan iboratdir.

BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar kengashi tarkibida, jinoyat­chilikka qarshi kurash muammolarini yuqori darajadagi dolzarbligidan kelib chiqqan holda, 1992-yili Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishda odil sudlovni tashkil etish komissiyasi tuzildi. Ushbu Ko- missiya tarkibiga BMT a’zosi bo‘lgan 40 ta davlat vakillari kiritilgan va ular uch yil muddatga saylanadilar.
Komissiya o‘z faoliyatida: jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishda odil sudlarni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqish; BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha olib bora­digan tadbirlarini rejalashtirishni belgilash; BMT Kongresslarini tayyorlash kabilarni amalga oshiradi.
Aynan ushbu Komissiya BMT Bosh Assambleyasining 51-sessiyasida (1996) Jinoyatchilik va jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi. Bu Deklaratsiyada BMTga a’zo barcha davlatlar o‘z zimmalariga xalqaro miqyosda sodir etiladigan xavfli va shu jumladan uyushgan jinoyat­chilik, giyohvandlik vositalari va qurollarni g‘ayriqonuniy ravishda sotish, kontrabanda asosida g‘ayriqonuniy tovarlarni sotish, odamlarni tashkiliy tarzda sotish, terrorchilik jinoyatlari, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legal- lashtirish kabi jinoyatlarning oldini olishda hamkorlik qilish majburiyatini olishlari lozim.



Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə