Bilim o'zgarishlari xalqaro hamkorlik reja


Jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o‘zaro hamkorlik masalalari



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə2/10
tarix24.12.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#160329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BILIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK

Jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o‘zaro hamkorlik masalalarini strate- gik jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) hal etadi. Bu tasodif emas, albatta, chunki jinoyatchilikning yuzaga kelishi va miqyosi xalqaro aloqalar tizimi asosida belgilanadi. 1991-yilning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida ta’kidlanganidek, «jinoyatchilikning miqdoran o‘sishi uning davlatlararo yuzaga kelishi har bir davlatning ichki xavfsizligiga raxna soladi, insonning xotirjam yashashiga tajovuz qiladi va shu bilan birga, xalqaro aloqalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa xalqaro miqyosda samarali mexanizm yaratish va davlatlar o‘rtasida yanada yaqin aloqalar o‘rnatishni taqozo etadi».
Ma’lumki, BMTning jahon miqyosida jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda tutgan o‘rni ushbu xalqaro jamiyatning Nizomida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, BMT Nizomining 1-moddasida qayd etilganidek, BMT: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlaydi, davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantiradi; xalqaro miqyosda mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik bilan bog‘liq muammolarni yechishda zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Xalqaro miqyosdagi jinoyatchilikka qarshi kurash masalasiga ham BMT kun tartibida alohida e’tibor beriladi. Shu maqsadda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida BMTning maxsus dasturi yaratiladi. Bosh Assambleya dasturi BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, BMTning Komissiyalari tomonidan chiqarilgan va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olish bo‘yicha qarorlari, BMT kongresslarining jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatchilar bilan bo‘ladigan munosabatlar to‘g‘risidagi tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Shuningdek, BMT jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni himoya qilishning xalqaro normalari, tavsiyalari, prinsiplari va standartlarini tartibga solib boradi. Ushbu normalar BMTning Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda bayon etilgan talablar asosida ishlab chiqiladi.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə