Metodik tavsiyalar



Yüklə 58,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü58,56 Kb.
#163441
  1   2   3   4
4167-Текст статьи-10109-1-10-20211203



O„ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI O„QITISHDA 
METODIK TAVSIYALAR 
Ne'matova Mavluda Yaxyo qizi, 
JDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi 
 
Ilmiy rahbar, f.f.f.d. (PhD) Sindorov Lutfulla Qurolovich
 
O„zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tilimiz uchun ulkan 
taraqqiyot, rivojlanish, bitmas-tuganmas boy bisotini namoyish etish omili 
bo„ldi. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin o„zbek tilining leksik 
qatlamida misli ko„rilmagan o„zgarishlar bo„ldi: “eskirgan so„z” tamg„asi 
bo„lgan ko„plab leksikonlar o„z lisoniy maqomiga ega bo„ldi, xalq tili bisotida 
qolib kelayotgan minglab so„zlar yasaldi, fan-texnika, tibbiyot, iqtisodiyot, 
huquq, sport va boshqa sohalarga oid ko„plab yangi so„zlar tilimizga kirib keldi; 
ish yuritish o„zbek tiliga ko„chdi, atamashunoslik qo„mitasi tashkil etilib, turli 
sohalarga doir fanniy lug„atlar tayyorlandi... 
Tilimiz taraqqiyoti bilan bog„liq ushbu o„zgarishlar, islohotlar imlo 
lug„atida o„z ifodasini topgan. Chunonchi, xalq so„zlashuv tilida, kundalik 
turmushda keng qo„llanilib, ammo o„zbek adabiy tilida o„z o„rnini topa olmay 
yurgan ko„plab so„zlar ham lug„atga kiritildi. 
Masalan, do‘qqi (qo‘pol), 
qo‘qimoq(ivirsimoq), pang‘lamoq (mog‘or bosmoq)
1
.
O„zini anglagan har bir xalq, avvalo, o„z tarixiga, ona tili va adabiyotiga 
e‟tibor bilan qaraydi. Ayniqsa, ona tili va uning yozuvi masalalari doimiy 
diqqatda bo„ladi. Shu ma‟noda o„zbek xalqi ham o„z milliy yozuvini yaratish 
hamda uni amalda qo„llash borasida g„amxo„rlik qilib kelmoqda. Aslida, hozirgi 
adabiy til imlo qoidalarimizga qadar juda ko„p bosqichlar bosib o„tilgan. XX 
asrning boshlaridan boshlab, ma‟rifatparvar bobolarimizning sa‟y-harakatlari 
bilan o„zbek tili tarixida ilk marta imlo qoidalari yaratilib, takomillashib borgan. 
1
“O‟zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‟ati” Toshkent,1999. 


Hozir O„zbekistonda kirillcha va lotincha o„zbek yozuvlaridan 
foydalanilmoqda. Demak, shu ikki yozuvning imlo qoidalaridan xabardor 
bo„lish zamon talabidir. 
O„zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o„zbek 
alifbosini joriy etish to„g„risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi qaror qiladi: 
1.
O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin. 
2.
Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o„zbek 
alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu 
qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga 
oshirsinlar. 
3.
O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi , Oliy va o„rta 
maxsus ta‟lim vazirligi , Xalq ta‟limi vazirligi, Davlat matbuot qo„mitasi uch oy 
muddat ichida maktablar uchun qo„llanma sifatida o„zbek tilining imlo lug„atini, 
kishi ismlari va joy nomlari lug„atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini 
ko„rsinlar. 
4.
Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 
Ta‟lim va fan hamda ijtimoiy masalalar va madaniyat bo„limlariga yuklansin. 
(Toshkent shahar, 1995-yil 24-avgust 339-sonli qaror ) Vazirlar Mahkamasi 
Raisi 
I.Karimov 
Shu yilning o„zida “O„zbek tilining asosiy imlo qoidalari” nomi bilan kitobcha 
shaklida nashr qilingan. U quyidagi yetti bo„limni o„z ichiga oladi: :
1. Harflar imlosi: 
a)Unlilar imlosi (1-7- bandlar)
b)Undoshlar imlosi (8-32- bandlar ) 
2. Asos va qo„shimchalar imlosi (33-37- bandlar) 
3. Qo„shib yozish (38-50-bandlar) 
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar)


5. Ajratib yozish (57- 65-bandlar) 
6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar)
7. Ko„chirish qoidalari (75-82-bandlar)
2

Yüklə 58,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə