Boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun metodik yordam aliboyeva Matluba Usmanaliyevna Xudoyberdiyeva Nilufar Baykabilovna



Yüklə 322,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix14.09.2023
ölçüsü322,6 Kb.
#121870
  1   2
boshlang-ich-sinf-o-qituvchilari-uchun-metodik-yordam



__313__ 
BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHILARI UCHUN METODIK YORDAM 
Aliboyeva Matluba Usmanaliyevna 
Xudoyberdiyeva Nilufar Baykabilovna 
Toshlent viloyati Angren shahar 14 ōrta maktab
boshlangich sinf o'qituvchilari 
 
Annotatsiya: 
Hozirgi zamonaviy jamiyat oliy ta‘limdan keyingi ta‘limga boy ichki 
madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk ijtimoiy faol kardlarni talab qilmoqda. 
Chunki shaxsiy sifatlar pedagogik kasb va maktab davrida shakllangan shaxs xarakteri 
o’rtasidagi o‘zaro ta‘sirni oldindan ko‘rishga imkon beradi. Maqolada boshlang`ich sinf uchun 
zaruriy metodik tavsiyalar keltiriladi.
 
Kalit so`zlar: 
shaxs, maktab, differinsial daraja, pedagogik faoliyat, boshlang`ich sinf, 
metodika. 
Pedagogik faoliyat–bu o‘qituvchining o‘zini tutishi, uning jarayonida talabalar bilan 
munosabatlari namoyan bo‘ladi, o‘zgartiriladi va rivojlanadi. Shuning uchun, pedagogik 
professionallikning faoliyat bilan bog‘liq xususiyati bilan bir qatorda uning mazmunini 
ochishda shaxsiy jihat alohida ahamiyat kasb etadi, chunki o‘qituvchining shaxsiyati 
murakkab, boy bo‘lgani uchun, u pedagogik faoliyatini belgilaydi. Bundan tashqari, 
pedagogik professionallikning shaxsiy dunyoqarashini rivojlantirish, ayniqsa istiqbolli 
o‘qituvchining o‘zini qadrlashi, pedagogik ishning individualligi muhum ahamiyatga ega.
Funksional rol metodologiyasiga asoslangan ijtimoiy shart-sharoitlarni hisobga olgan 
holda, boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarining shaxsiyatining professionallik tizimi keng 
ma’noda pedagogik ish mavzusining xususiyatlari va xususiyatlariga oid tartibga soluvchi 
talablarni o‘z ichiga oladi. Ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va professor o‘qituvchilarning 
yutuqlari, o‘qituvchilarning erishgan natijalari uchun mukofotlar bilan taqdirlash, ijodiy 
guruhlarda ishlashda ishtirok etganlik uchun bonus, uslubiy tadbirlarni tayyorlash va 
o‘tkazish, talabalarning fan olimpiadalarida yaxshi chiqishlari va hokazo. Ushbu 
imtiyozlarning mukammal bo‘linishi va har bir o‘qituvchining maksimal foyda bilan ijodiy 
ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun bir qator shartlar mavjud: 
a)
Turli 
maktablarda ishlaydigan o‘qituvchila
r taxminan bir xil moddiy- texnik 
ta’minotga, qulay ijtimoiy va yashash sharoitlariga, bo’sh vaqtini o’tkazish uchun bir
xil 


__314__ 
imkoniyatlarga ega bo‘lishi
kerak; 
b)
Martaba rivojlanish istiqbollari shaxsiy kasbiy potensialga ham bog‘liq bo‘lishi
kerak. 
Aniqlanishicha fanga yaxshi tayyor o‘qituvchilar, pedagogik faoliyatining komunikativ 
sohasida qiyinchilikka duch kelishadi. Bundan kelib chiqadiki, o’qituvchilar kasbiy 
faoliyatidagi bu sohaga birinchi o’rinda psixologik yordam va qo‘llab quvvatlash yetishmaydi. 
Bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi o‘qituvchini o‘zining dars 
“ko‘rinishini” yaratishda uning psixofiziologik yosh qobiliyatini qay darajada hisobga olishiga 
bog‘liqdir. 
Bolalarning ushbu ijtimoiy va lingvistik xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘qituvchi 
bu yoshdagi bolalar juda himoyasiz ekanligini bilishi kerak, shuning uchun ular qiyin 
vaziyatdan chiqib olishi uchun uchun dalda, rag‘bat kerak, ammo qattiq tanqid o‘rganishga 
bo‘lgan motivatsiyasini yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘lib, haqiqiy zarar yetkazishi mumkin. 
Yetti-sakkiz yoshli bolalar yaxshi rivojlangan raqobat ruhiga ega va shuning uchun 
g‘alaba qozonish va birinchi bo‘lish istagi hamma narsadan ustun turishi mumkin. Ushbu 
bolalar bilish xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qituvchi ayniqsa: ularga qilingan ishdan 
zavqlanishni ta’minlashi kerak (ta‘lim jarayonidan ham, tozalikka e’tibor qilishdan va 
ovqatlanishdan ham, chunki bola zavq olishni istaydi, o‘qituvchi va ota-onasi esa tirishqoqlik 
va katta sabr bilan bola olayotgan zavqni “ta‘lim zavqi” ga aylantirishi kerak bo‘ladi). 
O‘qituvchi shuni esda tutishi kerakki, bu yoshda bolalar juda yuqori mahsuldorlikka ega, 
ammo ishlash sifati past (bajarilgan ishning sifatiga e’tibor berish kerak, natijada o‘z ishidan 
g‘ururlanish kuchayadi), shuningdek, yaratish istagini qo‘llab-quvvatlash - yasash, chizish, 
qo‘shiq aytish, raqsga tushish, rang berish, kompozitsiya qilish, to‘qish (bolalar qo‘llab-
quvvatlanishini his qilishlari va kattalarning munosib bahosini ola olishi muhimdir, bu 
yaratish uchun to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri usullar yo‘q ekanligini, ular buni tushunganlarini 
anglatadi), bu esa kelajakda muallif sifatida o‘zini namoyon qilishi, ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga yordam beradi. 
O‘qituvchi bolalarning o‘yin ishtiyoqidan foydalanishi kerak (olti yoshli bolalar uchun 
o`yin yetakchi faoliyat bo‘lib qolmoqda), she’rlar o‘qish, topishmoqlarni topish, chunki bu 
ularga zavq olib keladi, va bundan tashqari, o‘qitiladi (o‘yin orqali o‘rganish kitoblardan 
foydalanishdan ko‘ra ko‘proq samara beradi). Hozirgi birinchi sinf o‘quvchilari - 7 va 8 yoshli 
bolalar va o‘qituvchilar ko‘pincha ularning ruhiyatidagi farqlarni sezmaydilar, buni prinsipial 


__315__ 
hodisa sifatida hisobga olmaydilar, bu esa o‘z navbatida bolalarning ruhiy salomatligining 
buzilishiga olib keladi. 
Aytish lozimki, yetti yoshli birinchi sinf o‘quvchisini rivojlanish darajasi jihatidan 
maktabgacha tarbiyachi bo‘lib qoladi va u uchun o‘quvchi sifatidagi o‘rni haligacha 
faoliyatining noma’lum sohasi bo‘lib qoladi. Xulosa shundan iboratki O.Ya Savchenko 
ta’kidlaganidek, “boshlang‘ich maktabda o‘qish bosqischi bola hayotidagi eng muhim 
davrlardan: uni qanday yashab o‘tkazsa, uning o‘zini o‘zi anglashga bo‘lgan intilishlarini 
maktab bilan qanday bog‘lashi va maktabning talablarini qanday qabul qilishiga ko‘p narsa 
bog‘liq...’’. Bularning barchasi bola hayotining istiqbolini, maktab muvaffaqiyatini va kelajak 
hayotini belgilaydi. Shu bilan birga, bolaning intellektual, iroda fazilatlari, xarakter 
xususiyatlarining rivojlanishi, uning jamiyatdagi rolini ham belgilaydi. Boshlang‘ich maktab 
o‘qituvchisining ta’siri bunday hollarda o‘quvchi hayotini qayta baholash qiyin. O‘zning 
bola taqdiridagi roli va ahamiyatini anglash, u haqida ko‘proq bilish uchun maxsus yo‘nalish 
(rag‘bat) yaratadi. 
Zamonaviy maktab oldiga qo`yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o`quvchilar 
umumiy rivojlanishining o`sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar, 
sinfda o`qish mazmuni va o`qitish metodlariga o`zgartirish kiritishni talab 
etmoqda.Boshlang`ich sinflarning o`qish darsliklarida amaliy jihatdan turli janrga mansub
asarlar berilgan.O’qish darsida hikoya ,she`r, ertak,masal,maqol, doston,rivoyat va topishmoq 
kabi janrlar o’rganiladi.Bunday turli janrdagi asarlar yaratilishi,uslubi jihatdan o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lib,o’quvchilarga ham ta`siri turlicha bo’ladi .Shuning uchun ,turli 
janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. 
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib,unda kishi hayotidagi ma`lum bir voqea, hayotning 
muhim tomonlarini umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoya boshlang’ich sinflar uchun mos janr . 
O’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, voqea-hodisalar haqidagi
hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. 
Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini 
o’stirish markaziy o’rin egallaydi . Hikoya o’qib bo’lingach, o’quvchilarga o’z fikr-
mulohazalarini bildirishi uchun vaqt beriladi. O’qilgan hikoya yuzasidan beriladigan savollar 
orqali o’quvchilarga asarning yoqqan-yoqmaganligi, qaysi qahramon xarakteri ta`sir etgan- 
etmaganligini aniqlanadi. 


__316__ 
Shundan so’ng hikoya syujeti, voqeaning yonalishini ochishga , personajlar xarakterini 
tushunishga, asarning asosiy g’oyasini ochishga qaratilgan savollar beriladi. Boshlang’ich 
sinflarda o’quvchilarni ertakning o’tkir , maroqli syujeti, favqulodda ajoyib voqealari maftun 
etadi.Lekin hikoya janri hayotiyligi bilan o’ziga xosdir. Hikoyada inson hayoti , u bilan 
bog’liq voqealar haqidagi lavhalar bayon etiladi. O’quvchilar qahramonlarning xarakteri va 
xususiyatlari bilan qiziqadilar. Boshlang’ich sinf “O’qish” darsliklarida berilgan hikoyalar 
mavzu jihatidan xilma- xil bo’lib,qahramonlar ham bir –biridan farq qiladi.O’quvchilar
hikoyadagi qahramonlarga baho berishda, o’z shaxsiy- axloqiy tushunchalaridan
kelib chiqib ta`riflaydilar. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular 
nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarni kiritishdan iborat. Bu 
adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biridir. Psixolog olimlarning
tekshiruvlaridan ma`lum bo’lishicha , asarni idrok qilishga , bilim olishga xizmatqiladigan 
komponentlar bi lan birga , uni emotsional-estetik xis etish ham kiradi. Hikoyada 
qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilganini bilish muhimdir. 
Shuningdek o’qituvchi o’quvchi bilan yakka yoki guruh bilan ishlashda ish turlari 
bo’yicha topshiriqlar ko’rsatilgan tavsiyalarni ishlab chiqishi va o’quvchilarga topshiriqlar 
tartib raqamini ko’rsatishi mumkin. Ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi 
shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzaki tushunishlari 
natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. Shuning uchun ham o’qituvchi savolni juda 
o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, qahramonning xatti-harakati 
voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni o’zaro 
qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarmi aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. 
O’quvchi asarda qahramonning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u 
hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya 
qilib beradi. O’qish darslarida qahramonlarni tahlil etishda quyidagi savollardan foydalanish 
mumkin: 
1.
Asar qahramoni bilan do’stlashishni xohlarmiding?
2.
Sen uning o’rnida bo’lsang nima qilar eding?
3.
Hikoya qahramonining hamma ishlari to’g’ri deb o’ylaysanmi?
4.
Nima uchun u shunday qildi? 
5.
Uning munosabati senga yoqdimi? 


__317__ 
6.
Qanday 
maslahat bergan bo’larding?
7.
Asardagi voqealar ichida bo’lishni xohlarmiding?
8.
Voqeada kim bo’lib qatnashishni xohlar eding?
Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan ijodiy ishlar ham o’quvchilar nutqini, 
tafakkurini o’stiradi. 
Umuman olganda, asarning janriy hususiyatini hisobga olib, o’ziga xos usullarini tanlash 
lozim. Agar ushbu metodik tavsiyalardan maqsadli foydalanilsa, o’quvchilar ijodiy faolligi 
ortadi, mustaqil izlanishi va fikrlash doirasi kengayadi. Shunday qilib, boshlang’ich sinflarda 
ham badiiy asarlarni o’rganishda o’quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, ularning saviyasiga 
mos bilimlarning o’zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan 
foydalanish mumkin. 

Yüklə 322,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə