Исследование в XXI веке апрель, 2023 г 979 mehmonhona biznesida nizolarni oldini olish yo’llari



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#144270
növüИсследование
  1   2   3   4
Muqumov Latif



Международный
научный
журнал

9
(100), 
часть
3
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
апрель
, 2023 
г
979 
MEHMONHONA BIZNESIDA NIZOLARNI OLDINI OLISH YO’LLARI 
 
Muqumov Latif 
 Buxoro Davlat Universiteti,
"Iqtisodiyot va turizm" fakulteti, 2-bosqich magistri 
 
Annostatsiya: 
Nizolarni samarali boshqarish usullarini tahlil qilish. Har bir tashkilot 
bo’ladimi, mehmonxona bo’ladimi, albatta bu yerda nizolar vujudga kelib turadi. Bu 
nizolarning oldini olish, bartaraf etishda esa shu mehmonxonadagi xodimlarning va asosiysi 
rahbarning o’rni beqiyosdir. 
 
Kalit so’zlar

Mehmonhona, ichki nizo, korxona, rahbar, malaka oshirish, 
mehmonxona, tranzit turistlar, ekskursion, assortiment, texnologiya. 
Mehmonxonalarda kelib chiqadigan nizolar ikki guruhga bo’lib o’rganildi. Bu ikki 
bo’lim ham o’z navbatida qismlarga bo’linadi. Asosiy nizolar ichki va tashqi nizolar 
hisoblanadi. Mehmonxonada bu nizolarning oldini olishning ham turli yo’llari mavjuddir. 
Shulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Masalan: Mehmonxonalarda rahbar faoliyati muhim 
hisoblanadi. Rahbar bilan bog’liq nizolarning kelib chiqishiga rahbarning talabchanligi yoki 
vazifani noto’g’ri berishi sabab bo’ladi. Bunday xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun esa, ya’ni 
nizoning oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 
- Birinchi navbatda rahbarning menejerlik malakasini oshirish kerak. Chunki rahbarda 
o’z xodimlari bilan munosabati, uning liderlik qobiliyatini oshirish va tashkiliy munosabatni 
rivojlantirishi kerak bo’ladi. Buning uchun esa maxsus yo’lga qo’yilgan malaka oshirish 
kurslariga qatnashishlari shart bo’ladi. Bunday malaka oshirish kurslariga hech 
bo’lmaganda yiliga ikki marta rahbar qatnashsa, rahbarning ish faoliyati yaxshilanadi, 
nizolar kamayadi, uning tajribasi oshadi; 
- Yana bir muhim jihati rahbarning vazifani noto’g’ri berish orqali kelib chiqadigan 
nizolarning oldini olish. Buning uchun esa quyidagilarni amalga oshirish lozim. Birinchidan 
vazifalar bajarilishini rahbar ta’minlash kerak bo’ladi. Buning uchun esa mehmonxona 
nizomlarini ishlab chiqarish kerak, ya’ni har bir hodim o’z lavozimidan kelib chiqib 
vazifalarini bajarishlari shart hisoblanadi. Mehmonxonada nizomlar ishlab chiqilgandan 
so’ng barcha vazifalar bajarilishi tartiblashadi. Agar rahbar vazifani biror xodimga topshirsa, 
lekin bu vazifani bajarish bu xodimning vazifasiga kirmasligi tufayli ham nizolar kelib 
chiqishi mumkin. Shuning uchun rahbar bunday nizolarning oldini olish uchun vazifalarni 
to’g’ri taqsimlashi lozim bo’ladi. 
Shuningdek mehmonxona xodimlari o’rtasida ham o’zaro nizolar vujudga kelib turadi. 
Bunday nizolarning oldini olish uchun birinchi navbatda mehmonxonada targ’ibot tashviqot 
ishlariga, shuningdek xodimlarga turli xildagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o’tkazib turish, 
xodimlar o’rtasidagi munosabatlarga rahbar ham e’tibor berishi lozim. Xodimlarda agar 
muammo kelib chiqsa, bu xodimga shu muammolarini hal qilishga yordam berish muhim 


Международный
научный
журнал

9
(100), 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə