Tijorat banklarining operatsiyalari


 Tijorat bankining o‘z mablag‘lari



Yüklə 461,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü461,87 Kb.
#133465
1   2   3   4
TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI

2. Tijorat bankining o‘z mablag‘lari 
Bankning o‘z mablag‘lari uning faoliyatining asosini tashkil 
qiladi, chunki ular jalb qilayotgan depozitlar, ya’ni real kredit 
resurslari hajmini, pirovard natijada aktiv amaliyotlar hajmini 
belgilab beradi. Bankning o‘z mablag‘lari tijorat banklarining 
faoliyatini boshqaruvchi va ular ustidan nazoratni amalga 
oshiruvchi Markaziy bank uchun muhim ma’lumot manbayi 
hisoblanadi. 


Bankning o‘z mablag‘lariga ustav fondi (kapital), rezerv fondi 
va bank foydasi hisobiga tashkil topadigan bank fondlari hamda 
yil davomida taqsimlanmagan foyda kiradi. Amaliyotda bank 
passivlarining 20 foizi banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri 
keladi. Bankning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni ustav 
kapitali egallaydi. 
Bankning ustav kapitali – bu bank ishini tashkil qilishning 
asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. 
Markaziy bankning me’yoriy talablariga muvofi q bank 
kapitali asosiy (birinchi darajali kapital) va qo‘shimcha 
(ikkinchi darajali) kapitaldan iborat. Birinchi darajali kapital 
hisob-kitob qilingan kapital yig‘indisining 50 foizidan kam 
bo‘lmasligi lozim. Tartibga solish funksiyasini asosan, birinchi 
darajali kapital bajaradi, chunki u doimiyroq hisoblanadi. 
Bank kapitali uning faoliyat yuritish chegaralarini belgilab 
beradi, investorlar hamda aksiyadorlar va qolaversa, bankning 
o‘zi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy 
barqarorlik darajasini ko‘rsatib beradi. 
Bankning tashkil topish shakliga qarab, ustav kapitalining 
shakllantirilishi turlicha bo‘ladi. Agar bank aksiyadorlik 
jamiyati ko‘rinishida shakllanayotgan bo‘lsa, ustav fondi 
aksiyalarining nominal qiymati ko‘rinishida tashkil topadi. 
Bunda aksiyalar ochiq obuna qilish yo‘li bilan yoki 


ta’sischilarning ustav fondidagi ulushlariga qarab tarqatilishi 
mumkin. 
Agar bank mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida 
tuzilgan bo‘lsa, ustav fondi ulushlarga bo‘lingan holda bo‘ladi. 
Ularn ing hajmi ta’sis hujjatlari bilan aniqlanadi. Bunda bank 
ishtirokchilari 
o‘z 
ulushlarining 
me’yori 
chegarasida 
majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar. 
Bankning tashkiliy-huquqiy shakliga qaramay, uning ustav 
fondi huquqiy va jismoniy shaxslarning to‘lovlari orqali 
shakllanadi va ta’sischilarning majburiyatlarini bajarish uchun 
xizmat qiladi. Ustav fondi faqat bank ishtirokchilarining xususiy 
mablag‘lari hisobiga tashkil topishi mumkin. Jalb qilingan 
kredit, garovga olingan yoki boshqa yo‘llar bilan jalb qilingan 
mablag‘lar hisobidan ustav fondini shakllantirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Bankning ustav fondi faqat pul mablag‘lari va 
moddiy aktivlar hisobiga tashkil topishi mumkin. 
Respublika budjeti mablag‘lari, davlat nobudjet fondlari 
mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv va 
mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoridagi bo‘sh pul mablag‘lari 
va boshqa obyektlar banklarning ustav kapitali shakllanishida 
qatnashmaydi. Qonunda ko‘rsatilgan holatlarda bank ustav 
kapitalini 
shakllantirish 
uchun 
budjet 
mablag‘laridan 
foydalanish mumkin. 


Agar aksiyadorlar ustav kapitalini shakllantirishda qarz 
mablag‘idan foydalansa, ustav fondiga qo‘shilgan mablag‘ 
aksiyadorga qaytarib beriladi va aksiyalar kelgusida sotish 
uchun bankka qaytariladi. 
Tashkil etilayotgan bank kapitalining eng kam miqdori 
Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Markaziy bank faoliyati 
shartlari, biznes-rejada ko‘rsatilgan operatsiyalar turi va hajmiga 
qarab bank ustav kapitali miqdoriga qo‘shimcha talablar qo‘yish 
mumkin. Ustav fondining minimal miqdori bankning barqaror 
faoliyatini ta’minlash uchun o‘rnatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banki ustav fondining min 
imal miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar oldingi paragrafl 
arimizda keltirilgan edi. 
Tashkil etilayotgan bank kapitalining yetarlilik darajasini 
belgilashda quyidagi asosiy talablarga rioya qilinadi: 

Markaziy bank belgilagan ustav kapitalining eng kam miq-
dori yuzasidan talablarga muvofi qligi; 

ko‘zda tutilayotgan o‘sishni qo‘llab-quvvatlash darajasi; 
Ko‘zda tutilayotgan daromadlar va asosiy foizlar darajasi; 

muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapitallar kirita 
olish qobiliyati va boshqalar. 


Faoliyat ko‘rsatayotgan banklar ustav kapitaliga talablar 
iqtisodiy ahvol va bankning moliyaviy holatidan kelib chiqib 
markaziy bank tomonidan belgilanadi. 
Bank ustav kapitali miqdorining o‘zgarishi va o‘zgarishni 
ro‘yxatga olish tartibi Markaziy bank tomonidan tartibga 
solinadi. 
Banklar ustav kapitali minimal miqdorining belgilanishi 
banklarni har xil javobgarliklardan saqlash maqsadida 
belgilanadi. Chunki bank ustav fondi qancha katta bo‘lsa, uning 
resurslari ham shuncha ko‘p bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z sho‘ba bankini ochish 
yoki bu yerdagi bank ustav kapitalida ishtirok etish istagini 
bildirgan norezident bank ustav kapitali 30 mln. AQSH dollari 
ekvivalentiga teng summadan kam bo‘lmasligi kerak.
1
Bankning tashkiliy shakliga qarab, ustav kapitali oshishi 
mumkin. Aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidagi tijorat banklari 
o‘z ustav kapitalini oshirishlari uchun qo‘shimcha miqdorda 
aksiyal ar chiqarishlari va ularni yuridik va jismoniy shaxslar 
orasida tarqatishlari mumkin. Qo‘shimcha mablag‘larni jalb 
qilishda bu banklarga o‘z qarz majburiyatlari – obligatsiyalar 
chiqa rish huquqi berilgan. Obligatsiyalar barcha aksiyalar to‘la 
1
O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami –
T.: „O‘zbekiston“, 2000-y. 245-bet. 


to‘lanib bo‘lgach, ustav fondining 20 %dan oshmaydigan 
qiymati hajmida chiqarilishi mumkin. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida tashkil topgan 
banklar 
o‘zlarining 
ustav 
kapitallarini 
qo‘shimcha 
ishtirokchilarning ulushlarini oshirish orqali ko‘paytirishlari 
mumkin. 
Har yili har bir bank aksiyadori (ishtirokchisi) o‘zining ustav 
kapitalidagi ulushiga mos ravishda bank foydasining bir qismini 
dividend ko‘rinishida oladi. 
Dividendlar hajmi va uni hisoblash tartibi aksiya turi va 
chiqarilishi shartlariga bog‘liq bo‘ladi (oddiy yoki imtiyozli 
aksiyalar). 
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari natijasi bo‘lmish rezerv 
fondlar bank yetarli foyda olmagan taqdirda bank obligatsiyalari 
bo‘yicha foiz bo‘lib xizmat qiladi. Rezerv fond foydadan 
ajratmalar hisobiga shakllanadi. 
Rezerv fond bilan bir qatorda tijorat banklarida ishlab 
chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondlari foyda hisobiga tashkil 
topishi mumkin. Ularni shakllantirish va ishlatish tartibi tijorat 
hisob-kitob lari to‘g‘risidagi bank yo‘riqnomalarida belgilanadi. 
Bankning mijozlari oldidagi majburiyatlarini ta’minlash – 
bank mablag‘larining asosiy funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. 
Ularga o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni ta’minlovchi 


kattalik sifatida qaralishi mumkin. Bank amaliyotida kapital 
resurslarni yo‘qotish natijasida zarar ko‘rilganda bank to‘lov 
qobiliyatini saqlab qo lish uchun resurslar rezerv bo‘lib 
hisoblanadi. Chunki bank kapitali aksiyadorlarga qaytarilmasligi 
ham mumkin. Bankning o‘z resurslari miqdori uning faoliyat 
ko‘lamiga bog‘liq. Bankning o‘z mablag‘lari uning moddiy 
bazasini rivojlantirish manbayi bo‘lib xizmat qiladi. 
Bank amaliyotida o‘z kapitalining netto va brutto turlari 
farqlanadi. Bankning o‘z kapitali – brutto – bankning barcha 
fondlari 
va 
balans 
bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi 
yig‘indisiga teng. Bankning o‘z kapitali – netto – bu kapital 
bruttodan o‘z mablag‘laridan kapital xarajatlarning oshgan 
qismini, yo‘l qo‘yilgan va potensial zararlar, sotib olingan 
xususiy aksiyalar va muddati 30 kundan ortiq bo‘lgan debitor 
qarzlarni chegirib tashlangandan qolgan summaga teng. 
Shunday qilib, kapital – netto mavjud bo‘lgan bank kapitalini 
o‘zida aks ettiradi. 
Tijorat bankining o‘z kapitali miqdori ko‘pgina omillarga 
bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish 
mumkin. 
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘ 
risidagi qonunga muvofi q, bankning o‘z kapitali hajmi uning 
aktiv operatsiyalarini chegaraviy hajmini belgilab beradi. 


Shuning uchun ma’lum miqdor mijozlarga xizmat ko‘rsatishga 
mo‘ljallangan bank (misol uchun, tarmoq banki) belgilangan 
normativlarga rioya qilgan holda, o‘zlik kapitalining shunday 
miqdoriga egalik qilishi kerakki, toki u o‘z doimiy mijozlarin 
ing asoslangan qarz mablag‘lariga bo‘lgan talablarini qondira 
olsin. 
Ikkinchidan, bank uchun zarur bo‘lgan o‘zlik kapitali 
miqdorining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Mayda, lekin son 
jihatdan ko‘pchilikni yirik kredit oluvchi korxonalarni tashkil 
qiluvchi bankda o‘z mablag‘lari nisbatan ko‘p miqdorda kerak 
bo‘ladi. Chunki yirik mijozlarga xizmat qiluvchi banklarda 
kreditning qaytarilmaslik xavfi katta bo‘ladi. 
Uchinchidan, tijorat bankining o‘z kapitali miqdori, uning 
aktiv operatsiyalar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Bank olib 
borayotgan operatsiyalari katta tavakkalchilik bilan bog‘liq 
bo‘lishi, o‘z mablag‘larining nisbatan ko‘p bo‘lishini taqozo 
etadi. Bu hol, xususan, innovatsion banklarga tegishlidir. Agar 
bankning kredit portfelida minimum ssudalar ko‘pchilikni 
tashkil qilsa, bankning mablag‘lari nisbatan kam bo‘lishi 
mumkin. 
Bankning aktiv operatsiyalari xarakteriga qarab, bank kapitali 
va uning turli darajadagi aktivlari o‘rtasida O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan normativlari bankning 


o‘z kapitali miqdorini aniqlashga bir qancha yo‘nalishlar 
belgilab beradi. 
Bank kapitali hajmini aniqlayotganda banklar bu mablag‘lar 
olinadigan foyda miqdorini aniqlamasligini ham e’tiborga 
olishadi. Bu faqatgina, bankning aniq mijozlar doirasiga xizmat 
ko‘rsatish imkonini beradi. 
To‘rtinchidan, bankning zaruriy xususiy kapital miqdori 
kredit resurslari bozorining rivojlanganlik darajasiga va O‘zbek 
iston Respublikasi Markaziy banki olib borayotgan pul-kred it 
siyo satiga bog‘liq. Rivojlangan bozor sharoitida O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining erkinlashtirilgan kredit siyo s 
atini olib borishga yo‘l ochib berishi natijasida tijorat bankin ing 
kredit resurslariga talabini qondirish osonlashadi va bankning 
zaruriy o‘z mablag‘lari darajasi kamayadi. Yetarli darajada 
moliya bozorining rivojlanmaganligi, kredit siyosatin ing 
qattiqqo‘lligi banklarning o‘z mablag‘larini doimiy tarzda 
oshirishni talab etadi. 
Tijorat banklari faoliyatida uning aktivlari va ular bilan 
bog‘liq operatsiyalarning risklilik darajasini aniqlash bu 
jarayonni boshqarib borishda muhim o‘rin tutadi. 
XULOSA 
Bank aktivlari tarkibi deyilganda, balans yakuniga nisbatan 
har xil sifatdagi aktivlar salmog‘i tushuniladi. Tijorat banklari 


aktivlarini asosan to‘rt kategoriyaga bo‘lib o‘rganish mumkin: 
bular kassadagi pul mablag‘lari va ularga tenglashtirilgan 
mablag‘lar; investitsiya va qimmatli qog‘ozlar; ssudalar; binolar 
va asbobuskunalar. 
Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga 
ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd mablag‘lar, qarzga berilgan 
mablag‘lar, binolar va asbob-uskunalardan tashkil topadi. 
Bulardan tashqari bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud 
bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, 
ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadilar. Bank 
aktivlari tarkibining to‘g‘ri belgilab olinishi va ulardan maqsadli 
foydalanishi banklarning samarali faoliyat olib borishiga asos 
bo‘ladi. 
Tijorat banklarining aktivlari o‘ziga xos belgilariga ko‘ra 
likvidlik va tavakkalchilik darajasiga hamda daromad 
keltirishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. 



Yüklə 461,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə