3-mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati reja



Yüklə 92,17 Kb.
səhifə1/9
tarix11.12.2023
ölçüsü92,17 Kb.
#146976
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-мавзу. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI


3-MAVZU. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI


Reja:

1.

Investitsion faoliyat tushunchasining ahamiyati.

2.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etish

3.

O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi

4.

Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirish bosqichlari

5.

Zamonaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko‘chishini hisobga olish



1 – savol bayoni. Investitsiya faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Davlat investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish, soliq to’lovchilar va soliq solish obyektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash, normalarni, qoidalar, standartlarni belgilash, monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash, kredit siyosati va narx siyosatini o’tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash va boshqa yo’llar bilan bunday faoliyatni amalga oshiradi. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiya kiritishda, avvalo: investitsiya faoliyatini subyektlarining mustaqilligi va tashabbuskorligi; kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish; qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo’lib hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining obyekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish obyektlari hisoblanadi. Respublikamizda bozor munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishi, tadbirkorlikning taraqqiyoti mavjud mablag’larini ixtiyoriy investitsiyalash asosida faoliyat yuritishni taqoza etadi. Investitsiya shu jumladan, chet el investitsiyalarini huquqiy tartibga solish, birinchidan, milliy qonun hujjatlari bilan, ikkinchidan, xalqaro shartnomalar bilan amalga oshiriladi.
Investitsiya faoliyatining ob’ekti moddiy va nomaddiy ne’matlar ishlab chiqarish ob’ektlari hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining sub’ektlaridan biri investor bo’lib, u o’z mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarini va ularga doir huquqlarini, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o’ziga xos faoliyat sub’ektlarining yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
Investisiya faoliyatida sohalardan birini yoki bir nechtasini tanlab olish huquqiga investorlarning o’zlari ega bo’ladilar. Ularni hyech kim soha yoki investisiya obyektlarni tanlashga majbur eta olmaydi. U yoki bu sohani tanlashda va investisiyalarni ma’lum bir sohaga sarflashdagi qarorlarni investorlarning o’zlari qabul qiladilar. Investisiya faoliyati subyektlari bo’lib bir investor, bir nechta tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug’ullanuvchi ishtirokchi investorlar bo’lishi mumkin. Investisiyalarni jalb etish va sarflash sohalariga asoslanib investisiya faoliyati obyektlarini turkumini tuzish mumkin. Investisiya faoliyati obyektlari turkumi investisiyalarni sarflanish sohalariga binoan quyidagi 3.1 – rasmda ko’rsatilgan.
Investitsiyaviy faoliyatni ikki bosqichdan iborat harakatlarga ajratish mumkin. Birinchi bosqichda investor o’zining bo’sh mablag’larini investitsiyaviy shaklida kiritilish to’g’risidagi qarorni qabul qiladi. Bunda u tadbirkorlik faoliyat obyektlarini o’zgartirishi asosida foyda olishining maqbul yo’llarini izlaydi. Bu bosqichda investitsiyaviy shartnomani imzolash bilan moddiy yoki nomoddiy ne’matlarga investitsiya maqomi beriladi. Investitsiya faoliyatining ikkinchi bosqichi investitsiyalarni realizatsiya qilish bo’yicha amaliy harakatlarini amalga oshirishdan iborat. Bu bosqichning xarakterli tomoni shundan iboratki, bunda investitsiyaviy shartnomalarni amalga oshirish bo’yicha qator harakatlar amalgam oshiriladi. Bunda investitsiyaviy faoliyatning har bir ishtirokchilarining vakolatlari doirasi, shuningdek investitsiyaviy faoliyati subyektlari aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich investitsiyaviy faoliyat obyektini barpo etish bilan yakunlanadi. Investitsiyaviy faoliyat subyektlarining o’zaro munosabatlari shartnoma asosida tashkil etiladi. Investitsiyaviy shartnoma yuridik, tarkibiy murakkab shartnoma bo’lib hisoblanadi.
3.1 – rasm

Investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari majmuasi tushuniladi. Investitsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har bir mulk egasi birinchi navbatda o‘z manfaatini ko‘zlab yagona bir maqsadga, ya’ni foyda olishga yoki ijtimoiy samara olishga intiladi. Mamlakatimizda korxonalar investitson faoliyat samaradorligini oshirish va ularning samarali faoliyat olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Lekin shunday bo‘lsada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “..iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari va investitsiya resurslariga o‘sib borayotgan talabni qanoatlantirish bir-biriga muvofiq emas. Mamlakatimiz hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish o‘ta qoniqarsiz ahvolda qolmoqda”1.


Shunday ekan, iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan investitsiyalarni modernizatsiyalash jarayoniga qay yo‘sinda ta’sir etayotganligini aniq tahlilini olib borish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Investitsion faoliyatni amlaga oshirish uchun qilingan sarf harajatlardan ijobiy natijaga ega bo‘lish tashqi omillarning samaradorligini kuchaytirish salbiy holatlarni yumshatish uchun ko‘pgina investitsion faoliyatini to‘laqonli va samarali boshqaruv tizimini yaratishni taqozo etadi. Alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, zamonaviy iqtisodiyotning shiddatli harakati uchun korxonaga samarali boshqaruvini yaratishni zarur qilib qo‘yadi va busiz korxona investitsion faoliyatini amalga oshira olmaydi.
Investitsion faoliyatni amalga oshirishning dastlabki bosqichi ancha murakkabdir. Chunki, aynan mazkur bosqichda yuqori ehtimollik darajasi ko‘proq tanlangan ijodiy va katta hajmdagi tahliliy yondashuvga borib taqaladi. Aynan shunday tahlillar natijasiga tayanib, korxona investitsion faoliyati rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Shuning uchun birinchi bosqich keyingi bosqichlarning tashkillashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor kon’yukturasini prognozlashtirishdan asosiy maqsad korxona investitsion faoliyatiga ta’sir etishi ko‘zda tutilayotgan tashqi omillarni aniqlab olishdan iboratdir.
AQSH tajriabsidan ma’lumki, bunday jarayonni PEST omillar tahlili deb nomlanadi va u o‘zida to‘rtta omilni ya’ni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnik omillarni o‘z ichiga oladi2. Hozirgi kunda har qanday holatda ham strategik rejalashtirish barcha korxonaning taraqqiyotini belgilovchi asosiy boshqaruv tamoyillaridan hisoblanadi. Strategik rejalashtirish korxonaning rivojlanishi va investitsion faoliyat bilan samarali foydalanishidan belgilovchi hamda investitsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha korxonaning ichki va tashqi imkoniyatlarni aniqlab beruvchi faoliyatdir. Bularning 3 ta asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin:
1. Investitsion siyosat;
2. Maqsadli investitsion rejalashtirish;
3. Investitsion strategiya.
Biz ko‘pgina iqtisodchi amaliyotchilarni ilmiy tadqiqotlarda kompaniya investitsion faoliyani rejalashtirish jarayonida investitsion siyosatning muhim o‘rni va roli to‘g‘risidagi qarashlarga aniqlik kiritishga harakat qildik, lekin tadqiqotlar orasida biz aniq bir fikr va to‘xtamga ega bo‘lgan yondashuvni topa olmadik. Investitsiya faoliyatida investitsiya sub’ekti, investitsiya ob’ekti, investor, investitsiya resurslari kabi tushunchalar mavjud.

Yüklə 92,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə