3-mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati reja



Yüklə 92,17 Kb.
səhifə8/9
tarix11.12.2023
ölçüsü92,17 Kb.
#146976
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-мавзу. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI

Ikkinchi bosqichda esa: qonunchilik bazasi yaratildi, konkurs asosida loyihalarni moliyalashtirishga o‘tildi; xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi; iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar kiritilishi kuchaytirildi; investitsion loyihalarni amalga oshirishda turli moliyalashtirish manbalari qo‘llanilishini kirtish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqichda esa: valyuta munosabatlari va operatsiyalari liberalizatsiyalashtirildi; xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish va ular manfaatlarini himoyalash bo‘yicha muhim hujjatlar qabul qilinindi; korxonalarning texnik qurollantirilishi kuchaytirilildi; eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalarni moliyalashtirishga ustivorlik berilganligini kiritish mumkin.
To‘rtinchi bosqichga kelib quyidagi chora-tadbirlar oshirilmoqda va rejalashtirildi: inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi; banklarning investitsion faolligi kuchaytirilmoqda; erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilmoqda va bu boradagi ishlar kengayib bormoqda; valyuta bilan bog‘liq ishlar muvofiqlashtirildi va valyutani erkin almashinuvi ta’minlandi; investitsiya faoliyatlari takomillashtirilib borilmoqda; investitsion loyihalarni moliyalashtirish doirasida istiqbolli rejalar ishlab chiqilmoqda.


5 – savol bayoni. Investitsiya siyosati, xuddi moliyaviy siyosat singari, davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir. Investitsiya siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ham, uning xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ham ta'sir ko'rsatishning muhim vositasidir. Zamonaviy investitsiya siyosatining xususiyatlari - tadbirkorlik tuzilmalarini byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtirish ulushining pasayishi va korxonalarning o'zlarini investitsiya resurslarini, shu jumladan moliya bozori vositalari va institutlari orqali topish uchun faollashtirish.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini ta’minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi turli investitsiya ob’ektlariga qo‘yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qisqa vaqt ichida (ya’ni 2030 yilga qadar) iqtisodiyotimizni rivojlangan 50 ta davlatlar darajasiga olib chiqish, uning raqobatdoshligini ta’minlash va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish masalasi hozirdan boshlab dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun esa oqilona investitsiya siyosatini yuritish va kapital quyilmalardan samarali foydalanish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini kengaytirish, baholash va ularni mamlakatimiz mintaqalariga faol jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Investitsiyalarni mamlakat miqyosida oqilona joylashtirish borasida ko‘p tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsada, ularda keltirilishicha mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida, uning kosmpleks va mutanosib taraqqiyotini ta’minlashda investitsiyalarni jalb qilish masalasi eng dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi6. Iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va ularga investitsiyalarni jalb qilish maqsadlarini shakllantirishda mintaqalar iqtisodiyotini umumiy rivojlantirish va tarkibiy nomutanosibliklarni bartaraf etish vazifalaridan kelib chiqishi kerak7.
Iqtisodiyotga investitsiyalarning kiritilishi aholining turmush farovonligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat faolligini oshirish imkoniyatini yaratadi8. So‘nggi 15 yil davomida mamlakatimizda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish dasturlari doirasida yoqilg‘i-energetika, to‘qimachilik majmuasi, kimyo sanoati, mashinasozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirishga yirik hajmdagi investitsiyalar jalb qilindi.
Aksariyat mintaqalarda investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlari hududlardagi ishlab chiqarishga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yordam berdi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish va undan foydalanish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalar iqtisodiyotning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur’atlari va ko‘lamiga ta’sir etadi, ilmiy-texnika taraqqiyotini va aholining ko‘p qismining bandligini ta’minlaydi. Bunga sabab iqtisodiyotimizdagi institutsional o‘zgarishlar, ishlab chiqarish kuchlarining ratsional joylashtirishi va rivojlanishi ko‘pincha investitsion faollikka bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini yaratish va amalda faoliyat yurituvchilarni qo‘llab-quvvatlash ham investitsiya asosida amalga oshiriladi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab, investitsiya siyosatida chet ellik sarmoyadorlarning investitsion mablag‘larini jalb qilishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda investitsiya siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‘ni keng jalb etishni ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni tobora takomillashtirish;

  • mablag‘larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarda jamlash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat yuritish;

Mamlakatimizni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarmoqlar turkibi va tuzilishini tubdan o‘zgartirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi quyidagi dolzarb vazifalar hal qilish belgilab qo‘yilgan:

  1. Iqtisodiyot tarmoqlarini ilg‘or texnika va texnologiyalar qurollantirish. Chunki, milliy iqtisodiyotimizning ko‘p tarmoqlarida eskirgan uskunalar va texnologiyalardan foydalanishi oqibatida mehnat unumdorligi jiddiy pasayib ketgan;

  2. Korxonalarda boshqaruvning zamonaviy ilg‘or usullarini joriy etish, boshqaruv kadrlari, mahalliy ishchi va xodimlar bilimi, mahoratlarini o‘stirish;

  3. Ichki bozorga tovar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi xo‘jalik sub’ektlari uchun jahon bozoriga kirishga qulay imkoniyatlar yaratish;

  4. Xorijlik investorlarning qiziqishlari va manfaatlarini oshirishni ta’minlash maqsadida xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish. Chet el investorlarining ishtiroki yangi xususiylashtirilgan korxonalarga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishlari ehtimolini ko‘paytirish yo‘li bilan ushbu jarayon samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi mumkin.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda chet el investitsiyalarini milliy korxonalarga jalb etishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan:

  • tibbiy xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash bo‘yicha ekologik toza ishlab chiqarishni tashkil etish;

  • ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shu jumladan zamonaviy axborot va telekommunikatsion tizimlarini rivojlantirish;

  • transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ixcham, arzon texnika va texnologiyalar asosida qayta ishlash sohalarini rivojlantirish;

  • resurs va energiyani tejamkor asbob-uskunalar ishlab chiqarish;

  • dori-darmonlar tibbiyot texnikasi va asboblari ishlab chiqarish;

  • turizm industriyasini rivojlantirish.

Xorijiy investorlarni manfaatli jalb etishda ularning sarmoyalarini himoyalangan kafolatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda ular investitsiyani milliy iqtisodiyotimizga kiritishda iqtisodiy jihatdan hadiksiraydilar. Shu bois, chet ellik investorlarning o‘z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug‘urta qilish huquqlarining kafolatganligi ularning mulklarini ekspropriatsiya qilishdan va boshqa xatarlardan muhofaza qilinishini ta’minlaydi. Xorijiy investorlar o‘z faoliyatlari natijasida olgan foydalarini hech bir cheklovlarsiz chet elga o‘tkazishlari ham, ularni respublika hududida qayta investitsiyalashlari, yohud, ulardan o‘z istaklariga ko‘ra boshqa maqsadlarda foydalanishlari ham kafolatlanadi. Ana shunday qulay muhit tufayli ularning faoliyatlari rivojlanib bormoqda.
O‘zbekistonning dunyodagi mavqeining mustahkamlanib borishi, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun yaxshi sharoitlarning yaratilishi natijasida chet el investitsiyalari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni ko‘payib bormoqda. Ammo, O‘zbekistonda chet el investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishning bir qancha muammolari mavjud. Xususan, xorijiy investitsiyalarni joylashishida hududiy nomutanosilik mavjud. Natijada chet el investorlarini hududlar miqyosida jalb etish muvozanatga solinmaganligi saqlanib turibdi. Masalan, faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘shma korxonalarning 73,5 foizi Toshkentda joylashgan. Yuqorida qayd etilgan ishlarni amalga oshirish orqali mamlakatimizda chet ellik investorlar uchun yaratilgan qo‘shimcha imtiyoz va rag‘batlantirishlar amaliy natijalar beradi. Ayni paytda chet el investorlari va ular bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan milliy tadbirkorlarga konsalting xizmatini, advokatlik idoralarini tashkil etish, mahalliy tadbirkorlar uchun xalqaro biznes va tadbirkorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlari doimiy va keng bazasini yaratish zarur hisoblanadi.



Yüklə 92,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə