3-mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati reja


-jadval O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug‘ullanadigan rasmiy muassasalar



Yüklə 92,17 Kb.
səhifə3/9
tarix11.12.2023
ölçüsü92,17 Kb.
#146976
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-мавзу. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI

3.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug‘ullanadigan rasmiy muassasalar



Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti

Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi:
- investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda chet el investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish;
- davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar, idoralar ishini tashkil etish.

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirliklar

Investitsiya siyosatini va dasturlarini ishlab chiqish

O‘zbekiston Respublikasi-ning xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi

Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish.

Moliya Vazirligi

Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish.

Adliya Vazirligi

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatga olish.

Tashqi ishlar vazirligi

Xorijiy investorlarga va O‘zbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarga vizalar berish.

Ichki ishlar vazirligi

Xorijiy investorlarni va O‘zbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarni turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish.

Davlat soliq qo‘mitasi

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va ularning bojxona bilan bog‘liq faoliyatini tartibga solish

Markaziy bank

Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning o‘tkazilishini, valyuta mablag‘laridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank

Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati ko‘rsatish va loyihani moliyalashni amalga oshirish.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

-Mamlakat va xorij investorlarining investitsiya takliflari to‘g‘risida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
-investitsiya muhitini o‘rganish;
-xorijiy investorlarga axborot va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat va xorij investorlariga yordam ko‘rsatish;
-chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining bajarilishini kuzatish (monitoring);
-xorijiy investorlarga davlat ro‘yxatidan o‘tilganidan keyin yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishida yordam berish (tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi bilan hamkorlikda).

O‘zbekinvest eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi

Chet el investitsiyalarini investitsiya tavakkalchiligidan sug‘urtalash

“O‘zbekinvestloyiha” milliy injiniring kompaniyasi

Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslamani va investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asoslamalarini tayyorlash

Davlat mulki qo‘mitasi huzu-ridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiq-lashtirish va nazorat qilish markazi

Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish. Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish orqali majmua investitsiyalarini amalga oshirish.

Ushbu tizim sub’ektlari alohida holda faoliyat yurita olmasliklarini, ular bir-birining faoliyatini to‘ldirgan holda investitsion faoliyatni samarali muvofiqlashtirish imkoniga ega ekanligini jadval ma’lumotlari orqali kuzatish ham mumkin.


Aytish joizki, hozirgi sharoitda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari, birinchi navbatda, barcha xo‘jalik yuritish bosqichlarida jamg‘armalar o‘sishi sur’atlarini rag‘batlantirish va iste’mol darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Iqtisodiyotdagi yuridik va jismoniy shaxslardan, chet ellik investorlardan undiriladigan soliqlarni tartibga soluvchilik funksiyasini amal qilishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Investitsiya faoliyatini taribga solish tizimi doirasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyalarini kuchaytirish investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyalari oqimini kengaytirish maqsadida, chet ellik investorlarni ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirgunlariga qadar barcha ko‘rinishdagi bojxona to‘lovlari, soliqlar, yig‘imlardan ozod qilish maqsadga muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Investsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etishda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifasi – ularning maqbul nisbatlarini muvofiqlashtirish, hammasiga teng huquqiy sharoitlar va hayotda amalga oshirish uchun kafolatlar yaratib berishdan iboratdir.
O‘zbekistonda olib borilayotgan investitsiya siyosati natijasining qanday samara berishi mamlakatdagi investitsion faoliyatning rivojlanish holati bilan belgilanadi. Shu sababli, odatda, har qanday investitsiya siyosatining maqsadi mavjud investitsiya faoliyatining rivojlanish istiqboliga qaratiladi. Bu maqsad o‘zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda tartibga solish vazifasini ham mujassam etadi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini tartibga solish ma’lum bir maqsadlarni amalga oshiradi:
- investorlarni rag‘batlantirish, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
- mamlakat kesimida investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
- ichki investorlar manfaatlarini, yuzaga chiqarish va ularni himoyalash.
Mamlakatda investitsiya faoliyatini tartibga solishning zaruriy asosi bo‘lib, davlat qonunchiligi, huquqiy asosni shakllantirish hisoblanadi. Davlat investitsiya faoliyatini tartibga solish bilan birga bevosita o‘zi ham unda ishtirok etadi. Bunda u:
- davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish va ularni respublika byudjetidan moliyalashtirish;
- yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarib berish tamoyillari asosida respublika byudjetining markazlashgan investitsiya resurslarini taqdim etish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan kreditlar uchun davlat kafolatini taqdim etish;
- investitsiya loyihalarining davlat kompleks ekspertizasini olib borish;
- mahalliy va xorijiy investorlar uchun konsessiyalar taqdim etish kabilar bilan investitsiya faoliyatida qatnashadi.
Shunday qilib investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish uning muhim yo‘nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tatbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o‘rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me’yorlarni nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub’ektlari – chet ellik investitsiyalardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidenilar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. Huquqiy nuqtai nazardan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nutqtai nazadan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakat shakllari foyda olish maqsadida ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga ega bo‘ladi.
Aytish joizki, investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z ifodasini topadi. Investitsiya faoliyati rivojlanishining ob’ektiv sharoitlarini aks ettiradigan alohida investitsiya munosabatlarining mavjudligi tartibga solishning mustaqil predmeti bo‘lishini taqazo qiladi. Huquqiy nuqtai nazaridan investitsiya faoliyatini tartibga solish umumiy huquqiy va xususiy huquqiy tartibga solish me’yorlarini qamrab oladi. Bu me’yorlarning birligi ijtimoiy va alohida investitsiya munosabatlarini harakteri va mohiyatini ifoda etadi hamda ularni tartibga solish usuliga aylanadi. Tartibga solish usullari huquq me’yorlarini ham alohida, ham ijtimoiy zarur investitsiya munosabatlari harakteriga o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatish yo‘llaridan iborat.
Investitsiya faoliyati predmetining ko‘p ukladli iqtisodiyotini barpo etish davridagi ahamiyati bu faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinishini talab qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, birinchi navbatda, davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, u faoliyat sub’ektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda asosiy vazifalar: ijtimoiy va xususiy manfaatlarni; ayrim mamlakatlar, korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari, yakka investorlar manfaatlarini to‘g‘ri aniqlash; ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini kelishib olish; ularni hayotda ro‘yobga chiqarishning teng huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilashdan iborat. Ma’lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste’mol va boshqa investitsiyalarning hamma turlari bilan bog‘liq bo‘lib, odatda, soliqlarning fiskal (xazinani to‘ldirish) va tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
- investorlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslarni yaratish, mustahkamlash, takomillashtirib borish;
- pul-kredit siyosati orqali;
- vayulta siyosati orqali;
- amortizatsiya siyosati orqali;
- narx siyosati orqali;
- dotatsiyalar, subsidiyalar tizimi orqali;
- byudjet-soliq siyosati, jumladan, fiksal siyosat, turli soliqlardan imtiyozlar berish, soliq kreditlari orqali;
- davlat kafolatlari tizimi orqali;
- chet ellik va mahalliy investorlarning huquqlarini himoya qilish;
- ayrim tarmoq, soha, hududlar va ulardagi ob’ektlarni davlat o‘z nazoratida saqlab qolish, investitsiyalash orqali va shu kabilar.
Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, u faoliyat sub’ektlarini sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirishni ko‘zlaydi.



Yüklə 92,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə