3-mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati reja


Davlat investitsiya siyosati



Yüklə 92,17 Kb.
səhifə7/9
tarix11.12.2023
ölçüsü92,17 Kb.
#146976
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-мавзу. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI

Davlat investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o‘tish, ustivor investitsion loyihalarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan uslublar yig‘indisidir. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko‘proq ustivorlik kichik biznes sub’ektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratilgan bo‘lishi lozim. Davlat investitsiya siyosatining ustivor yo‘nalishlari deb quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo‘yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish;
- iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish; investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
- davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funksiyalarini yanada takomillashtirish.
Davlatning investitsion siyosatining bunday ustivor yo‘nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog‘liq bo‘ladi. Hozirda investitsion faoliyatni amalga oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o‘tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda.
O‘zbekistonda Davlat investitsiya siyosati rivojlanishi quyidagi 4 bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich: 1991-1994 yillar, ikkinchi bosqich: 1995-2003 yillar; uchinchi bosqich: 2003- 2008 yillar va 2008 y. - hozirgi davr.
Birinchi bosqichdagi chora-tadbirlar sirasiga: turli mulkchilik shakllarini yaratish borasidagi investitsion jarayon nomarkazlashtirish tadbirlar amlga oshirila boshlashini; xususiy moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lmagan ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi ob’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish saqlab qolishini; xususiy mulkchilikni joriy etish tadbirlari olib borilishini kiritish mumkin.

Yüklə 92,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə