Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish reja: Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish



Yüklə 23,89 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü23,89 Kb.
#157404
  1   2   3   4
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH


IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH
Reja:
1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.
2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‗liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish.
3. Ta‘lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish

1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.
Samarali mexnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish xaыi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta‘lim va tibbiy yordam, dam olish va xordiq, chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz moxiyati va mazmunini belgilab beradigan muxim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish xaqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi subektlarda ham o’rtacha ish xaqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish xaqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini inflyatsiya suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo’yilgan.
Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensinerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy extiyojmand qatlamlari xuquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so’zsiz ta‘minlash, ularning O’zbekiston Respublikasining barcha xududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni to’siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab:
barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat xududida xech qanday cheklovlarsiz to’liq xajmda naqd shaklda beriladi;
-58 ta tog’li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish xaqi to’lash, ijtimoiy to’lovlar xech qanday cheklovlarsiz to’liq xajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;
- oliy o’quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.
Bundan tashqari, xududlarda shakllangan ish xaqini naqd shaklda hamda plastik kartalarga o’tkazish yo’li bilan to’ashda odamlar o’z ish xaqidan foydalanishda
muammolarga duch kelmasligi va o’zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud to’lov terminallari infratuzilmasi xisobga olinadi.
Mamlakatimizda aholi bandligini ta‘minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muxim sharti sifatida belgilangan.
Binobarin, yurtimizda xar yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xududlar boyicha mexnat resurslaridan yanada to’liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muxofazasini ta‘minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti.
Milliy mehnat bozorining e‘tiborga molik o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi: aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi (xar yili yarim milliondan ortik, bitiruvchilar ishga joylashish bo’yicha ko’makka muxtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo’yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga extiyoj bo’lsada, o’tgan yili Bandlikka ko’maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini xal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog’liq.
Bunday xolat bandlikka ko’maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, yani ish o’rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi toifalarini ish bilan ta‘minlash, tadbirkorlik faolligini rag’batlantirish chorasini ko’rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O’zbekistonda fuqarolarning mehnat na tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, ish bilan ta‘minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta‘minlash borasida izchil davlat siyosati amalga oshirib kelinmoqda. Yuqoridagi vazifalarni xayotga samarali joriy qilish maqsadida xar yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan Aholi bandligini ta‘minlash dasturi ishlab chiqiladi.
2010-2016 yillar davomida respublika bo‗yicha tashkil etilgan ish o‗rinlari soni 3.9 foizga ortgan. 2017 yil davomida esa dasturga muvofiq sanoatni (5440 ta loyixa 131 mingta ish o’rni bilan), qishloq xo‗jaligini (8430 loyixada 55,8 mingga ish o’rni bilan) va xizmat ko’rsatishni (11 mingta loyixa 69,5 mingta ish o’rni bilan) rivojlantirish bo’yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar xokimliklarining faoliyati kuchaytiriladi. 25 mingga yaqin investitsiya loyixalarini amalga oshirish xisobiga 256,4 mingdan ortiq ish o’rinlari tashkil etilishiga erishiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 20 apreldagi «Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muxitining xolati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini xar chorakda baholash tizimini tasdiqlash togrisida»gi 117-son qaroriga ilovada ishsizlik darajasini baxolash mezoni keltirilgan. Unga kora, Respublikada ishsizlik darajasi (5,2 foiz) mo’tadil xisoblanadi. Ishsizlik darajasi yuqori va mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan 34 ta tumanda yaratiladigan ish o‘rinlari tarkibi (2017 yil). Ammo respublikada ishsizlik darajasi birmuncha yuqori bolgan, togli, chegara oldi xududlarida joylashgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan 34 ta tuman mavjud. Mazkur tumanlarda ish orin tashkil etishga aholi bandligini ta‘minlash dasturlarini amalga oshirishga aloxida e‘tibor qaratilgan va 2017 yilda ayman shu tumanlarda 46,8 mingga ish orni tashkil etish rejalashtirilgan (4.1.2-rasm). Yangi ish o‗rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalariing ham orni katta, Xususan, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931 -son farmoni bilan «Urgut», «G‗ijduvon», «Qo‗qon» va «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‗qimachilik, gilam to‗qish, poyabzal va charm-galantereya. ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‗nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‗rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi. Aytish joizki, 2017 yilda kasb-hunar kollejlari va oliy ta‘lim muassasalariniig 508,8 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirish mo‗ljallangai.
Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‗lgan tuman va shaharlar ro‗yxati aniqlanadi, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‗yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo‗jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‗quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyixalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish ishlari amalga oshiriladi.
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu-vor yo‗nalishi bo‗yicha Xarakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‗quv kurslarini o‗tkazish bo‗yicha nodavlat ta‘lim muassasalari faoliyatini rag‗batlantirish, nodavlat ta‘lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‗lgan nodavlat ta‘lim muassasalari uchun davlat namunasidagi xujjatlarni berish bo‗yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Xarakatlar strategiyasida o‗rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq xajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta‘lim yo‗nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‗jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‗zda tutuvchi o‗rta maxsus va kasb-hunar ta‘lim mutaxassislik yo‗nalishlarini qayta ko‗rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‗lgan extiyojdan kelib chiqqan xolda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‗jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta‘minlash imkonini beradi.
Xududlarda aholi bandligini ta‘minlash hamda qo‗shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:
-fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‗jaliklarida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirish;
-qoramol, qo‗y, echki, quyon boqish va go‗sht yetishtirish;
-parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;
-ixcham issiqxonalar tashkil etish;



Yüklə 23,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə