Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish reja: Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish


Ta‟lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish



Yüklə 23,89 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü23,89 Kb.
#157404
1   2   3   4
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH

3. Ta‟lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish
Uzluksiz ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta‟lim moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi.
Mamlakatimizda 2016 yilda siyosiy-xuquqiy iqtisodiy, ma‘naviy sohalar bilan bir qatorda, ijtimoiy sohada ham chuqur sifat o‗zgarishlari ro‗y berdi. Istiqlol yillarida Respublikamizda ijtimoiy sohaga yo‗naltirilgan xarajatlar xajmi 5 barobar ko‗paytirildi. Xar yili davlat byudjetining qariyb 60 foizi sog‗liqni saqlash, ta‘lim, kommunal xo‗jalik, aholini ijtimoiy himoya qilish sohalaridagi vazifalar ijrosiga yo‗naltirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng muxim tarkibiy qismlaridan biri ta‘lim-tarbiya sohasi
bo‗lib, uning rivoji siyosiy-xuquqiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohalarga bevosita ta‘sir etadi hamda ijtimoiy sohalar me‘yoriy moxiyatini, kamolot darajasini belgilab beradi.
Ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma‘no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izoxlash mumkin: birinchidan, yangi ta‘lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o‗zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo‗lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog‗liqligidir; ikkinchidan, ta‘lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining aloxida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi: uchinchidan, ta‘lim inson shaxsining intellektual-ma‘naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma‘rifiy xayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta‘minlashga qaratilgan xarakatlar yig‗indisi bo‗lib, ma‘rifat xamda bilim berishni anglatadi; to„rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo‗lib, tabiat va jamiyat xayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, ma‘naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy saloxiyatni yaratishga xizmat kiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Xarakatlar strategiyasi to‗g‗risida»gi Farmoni bilan Xarakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to‗rtinchi yo‗nalishida maktabgacha ta‘lim muassasalarining qulayligini ta‘minlash, umumiy o‗rta, o‗rta maxsus va oliy ta‘lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarida turadi.
Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va quyidagi ta‘lim turlarini o‗z ichiga oladi:

Yüklə 23,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə