Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish reja: Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish



Yüklə 23,89 Kb.
səhifə4/4
tarix23.12.2023
ölçüsü23,89 Kb.
#157404
1   2   3   4
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH

1. Maktabgacha ta‟lim.
2. Umumiy o„rta ta‟lim.
3. O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi.
4. Oliy ta‟lim.
5. Oliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim.
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
7. Maktabdan tashqari ta‟lim.
Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi axborot resurslariga, 64 foizi - inson omiliga bog‗liq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib, ta‘lim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson manfaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rivojlanishini belgilab beradi. 2017-2018 yillar davomida yurtimizda 459 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi kapital ta‘mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jixozlandi.
Bugungi kunda ta‘limni rivojlantirishga yo‗naltirilayotgan xorijiy texnik yordam xajmi tobora ortib bormoqda. O‗tgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan ortib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar
mablag‗i, Janubiy Koreya xukumatining 110 milliondan ortiq, Jaxon bankining 33 million. OPYeK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya xukumatining «KfV» banki orqali yo‗naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim. Bu esa talim jarayonining bevosita davlat nazoratida ekanining so‗zsiz isbotidir. Ya‘ni, davlat ertangi kun istiqbolini o’ylab, talim jarayonida ana shunday yirik islohotlarni amalga oshirmoqda.
Ta‘lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015 va 2016 yillarda davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo‗naltirildi. Shu jumladan, talim va ilm-fanni rivojlantirishga 34.3 foiz mablag‗ sarflandi.
Bugungi kunda ta‘lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‗nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta‘limga ajratilgan mablag‗lar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta‘lim sohasiga yo‗naltirilayotgan xarajatlar xajmi mamlakatimiz YaIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Xolbuki, jaxon tajribasida bu ko‗rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‗rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruktsiya va ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. O‗quv maskanlarining zamonaviy o‗quv laboratoriya, mebel jixozlari bilan ta‘minlangani ta‘lim sifati va mazmuniga yuksak e‘tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
Yana shuni ta‘kidlash lozimki, O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Xarakatlar strategiyasida kam ta‘minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo‗llab-quvvatlashga aloxida e‘tibor qaratilgan. Xususan, bugungi kunda davlat tomonidan kam ta‘minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo‗llab-quvvatlashning quyidagi mexanizmlari mavjud:
- ota-onalar to‗lovi joriy etilgan barcha ta‘lim muassasalarida kam ta‘minlangan oilalarning bolalarini badal to‗lovlaridan ozod qilish;
- maktablarda kam ta‘minlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to’plami bilan tekin ta‘minlash
- umumta‘lim muassasalarida kam ta‘minlangan oilalarning bolalarini darsliklar to’plami uchun ijara to’lovlaridan ozod qilish va boshqalar.
Yüklə 23,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə