Reja: Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#144665
  1   2   3   4
Arab mamlakatlarining g\'arbiy yevropa mamlakatlari tomonidan bosib olinishi


Arab mamlakatlarining g'arbiy yevropa mamlakatlari tomonidan bosib olinishi
Reja:

1. Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli
2. Sanoati. Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti deyarli neft hisobidan Qishloq xo‘jaligi
3. Arab mamlakatlarining g'arbiy yevropa mamlakatlari tomonidan bosib olinishi

Geografik o‘rni va chegeralari. Saudiya Arabistoni Arabiston yarim orolining deyarli ⅔ qismini va Qizil dengiz hamda Fors ko‘rfazidagi sohilbo‘yi orollarini o‘z ichiga oladi. Shimolda Iordaniya (728km), Iroq (814km), Quvayt (222km) bilan, janubda Yaman (1458km) bilan, janubi-sharqda Ummon (676km) va BAA (457km) bilan, sharqda Qatar (60km) bilan chegaradosh. G‘arbda Qizil dengiz va Akaba ko‘rfazi suvlari bilan, sharqda Fors ko‘rfazi suvlari bilan yuvilib turadi. Sohilbo‘yining uzunligi 2640km. Janubda va janubi-sharqda chegaralari aniq o‘rnatilinmaganligi tufayli hududi 1.750.000km².dan 2.200.000km².gacha deb belgilangan. Poytaxti Ar-Riyod shahri.


Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Saudiya Arabistoni relyefiga ko‘ra bir nechta qismlarga ajratiladi: Tixama pasttekisligi, Xijoz va Asir tog‘ tizmalari, ichki cho‘l yassitog‘lik hududi-Najd, Shammar yassitog‘ligi, Katta Nefud, Al-Hamad, Rub-al-Xali, Kichik Nefud cho‘llari, sharqiy sohilbo‘yi pasttekisligi-Al-Xasa.
Mamlakatning eng chekka g‘arbida Qizil dengiz va Xijoz tog‘ tizmasi oralig‘ida dengiz bo‘yi qumli cho‘l pasttekisligi Tixama joylashgan. Tixamaning kengligi janubda 70km.ga, shimolda esa Akaba ko‘rfazida 7km.gacha kamayadi.
Arab ko‘rfazidan to Yaman respublikasigacha Xijoz tog‘ tizmasi va uning janubda davomi bo‘lgan Asir tog‘ tizmasi cho‘zilgan. Xijoz tog‘i­ning balandligi turlicha, o‘rtacha balandligi 1500m, eng baland nuqtasi 2580m.ga yetadi. Janubiy qismida tog‘ tizmalarining balandligi 800-1000m.dan oshmaydi. Biroq janubiy Makkada tog‘larning balandligi keskin ko‘tariladi, Asirda 3000m.gacha yetadi. Eng baland cho‘qisi Saud tog‘i 3133m.Bu yerda ba’zi bir cho‘qqilar qishda qor bilan qoplanadi.
Markaziy yassitog‘lik Najd dengiz sathidan 600-900m.gacha ko‘ta­rilib boradi va asta-sekin shimoli-sharqiy yo‘nalishda pasayib boradi.
Shammar tog‘i Najdning shimoli-g‘arbiy chekkasida ko‘tarilib boradi, u uzunligi deyarli teng bo‘lgan ikkita Aja va Salma tizmalardan tashkil topgan. Bu tizmalar orasida shimoliy Najdda aholi zich joylashgan hosildor tekislik Botina yotadi.
Katta Nefud cho‘li(Qizil cho‘l) Shammar tog‘idan shimoli-g‘arbda joylashgan. Maydoni 670000km². Cho‘lda balandligi 100m.ga yetuvchi dyunalar hosil bo‘lgan. Cho‘l uchun varonkasimmon jarliklar-fuljilar hosdir. Varonkalarning chuqurligi 240m.ga yetadi. Fuljilar ostida quduqlar va kichik vohalar uchraydi.
Toshloq cho‘l Al-Xamad Katta Nefuddan shimolda joylashgan. Iroq chegarasiga yaqin Al-Xamad chuqur vodiylar bilan bo‘lingan. Shuning uchun bu yer Al-Vadiyan deb ataladi.
Rub-al-Xali cho‘li katta cho‘kmada joylashgan. Cho‘lning uzunligi janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa 1200km.ga, kengligi 650km.gacha cho‘­zilgan. Rub-al-Xali relyefida qumli qir va dyunalar ustun turadi. Cho‘lning janubi-g‘arbiy qismi-bu butunlay hayotsiz kenglikdir.
Kichik Nefud qumli cho‘li ichki Arabistonning markaziy qismini egallab, uzunasiga 1200km.ga, kengligi 20km.dan 100km.gacha yetadi. To‘lqinsimon qum qatorlari orasida tor tekisliklar cho‘zilgan, ulardan mahalliy ko‘chmanchilar yaylov sifatida foydalanishadi.
Fors ko‘rfazi sohili bo‘yida Al-Xasa pasttekisligi cho‘zilgan, u janubda Rub-al-Xali cho‘li bilan kesishadi.Al-Xasaning shimoli-sharqiy qismi dashtdan iborat bo‘lib, o‘simliklar bilan mustahkamlangan uncha baland bo‘lmagan qum qatorlari cho‘zilgan. Janubiy qismi-bu to‘lqinsimon qum dengizidir. Fors ko‘rfazi sohilining hamma qismi uchun pasttekisliklar hos bo‘lib, ular sho‘rhoklar-sabxa bilan qoplangan.
Mamlakat hududida boy neft zahirasi konlari topilgan. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zahiralarining 26% (262,7mld.barrel) va tabiiy gaz zahiralarining 3,7% Saudiya hududlarida joylashgan. Hozir­gacha kashf etilgan neft zahiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.Shuningdek temir rudasi, mis, oltin konlari ham bor.

Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə