Reja: Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#144665
1   2   3   4
Arab mamlakatlarining g\'arbiy yevropa mamlakatlari tomonidan bosib olinishi

Iqlimi va ichki suvlari. Saudiya Arabistoni tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Qizil dengiz sohilbo‘yi-Tixama yer sharida eng issiq va dim joy hisoblanadi. Bu yerda harorat hech qachon +15ºCdan pastga tushmaydi, tez-tez +45ºCgacha ko‘tarilib turadi. Issiq shu darajada kuchli bo‘ladiki, dengiz sohilbo‘yida suv +29ºCgacha isiydi. Yil mobaynida Qizil dengiz yuzasidan 3,5m.gacha suv bug‘lanadi. Havoning nisbiy namligi 90%gacha yetadi.
Ichki qismlarining iqlimi quruq va kontenentalligi bilan farq qiladi. Iyulning o‘rtacha harorati +30ºC, yanvarda +10ºC. Qishda shimoliy rayonlarda harorat -11ºCgacha pasayib ketadi. Yog‘in miqdori qishki sellar hisobiga bir yilda 250 mm.gacha yetadi.
Rub-al-Xali cho‘li haroratning juda keskin tebranishi bilan mashhur. Kechasi harorat +8ºC cha tushib ketadi, kunduzi esa quruq issiq odamlarni va hayvonlarni holdan toydiradi. Havo harorati namligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan qaynoq sharqiy shamol-samum hisoblanadi. Samum havo haroratini +50ºCgacha ko‘taradi, nisbiy namlik 0ga yaqinlashadi.
Mamlakat gidrografiyasining muhim elementi grunt suvlarning yuzaga chiqishi hisoblanadi. 40ta shunday manbadan 400000l suv chiqadi ,doimiy oqar daryolar va ko‘llari yo‘q.
O‘simlik va hayvonot dunyosi. O‘simliklari chalacho‘l va cho‘lga moslashgan. Qishki va bahorgi yomg‘irlar vaqtida mamlakatning katta qismi yashil gilam bilan qoplanadi. Bu yerda yovvoyi achchiq tarvuzlar, palinalar, astragallar, aloe, bargsiz butalar efedralar, saksovullar o‘sadi.
Asir tog‘i o‘simlik dunyosiga birmuncha boy.Tog‘larning g‘arbiy yonbag‘rida balzam va ajdaho daraxtlari zich o‘sadi. Akatsiya va bodom daraxtlari uchraydi.
Mamlakat hayvonot dunyosi turli-tuman.Yovvoyilardan-bo‘ri, chiya­bo‘ri, finik tulkisi, cho‘llarda qum kiyiklari, tog‘larda nubiya tog‘ echkilari uchraydi. Mamlakatda kemiruvchilar ko‘p. Sudraluvchilardan mayday udavlar, ef, agama va kaltakesaklar bor. Qushlar dunyosi turli-tuman – burgut, kalxat, lochin va bq. Qizil dengiz va Fors ko‘rfazi suvlari baliqlarga boy, 2000dan ortiq karallar bor.
Tarixi. Hozirgi Saudiya Arabistoni hududiga arab chorvador qabalalari m.a.IX asrdan boshlab o‘rnashganlar. Arabiston yarimorolining shimoliy qismini egallagan qabilalar yahudiy, bobil va fors madaniyati ta’sirida bo‘l­gan bir paytda Arabistonning janubidagi qabilalar o‘zlarining alohida madaniyatini yaratdilar. 570-yili Makkada payg‘ambar deb e’lon qilingan va barcha arab qabalalarini yangi, musulmon davlati Madinaga birlashtirgan Muhammad dunyoga keldi. Muhammad payg‘ambarning izdoshlari bo‘lgan xalifalar VII asrda islom dinini Yaqin Sharqqa va Misrga tarqatdilar. VIII asrda esa yangi din Osiyoning kattagina qismi va Shimoliy Afrikaga tarqaldi. Bog‘dod xalifaligi paydo bo‘lgandan keyin Saudiya Arabistonning ro‘li sezilarli darajada pasaydi, ammo Makka musulmonlarning diniy markazi bo‘lib qolaverdi. XIII asrda hozirgi Saudiya Arabistoni hududi Misr mamluklari hukmronligi ostida qoldi. 1517-yili esa Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirdi. XIX asr boshlariga kelib Saudiya Arabistonida vahobiylar davlati tashkil topdi va mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Tez orada vahobiylar Misr askarlari tamonidan yarim- orolning markaziy qismigi siqib qo‘yildilar, ammo XX asrning boshlariga kelib vahobiylarning yetakchisi Ibn Saudning qo‘shinlari mamlakatning qariyb barcha hududida o‘z nazoratlarini o‘rnatdilar, 1932-yili esa Ibn Saud Saudiya Arabistoni qirolligi tuzilganligini e’lon qildi. 1982-yili shahzoda Faxd taxtga chiqdi va u Fors ko‘rfazidagi mojarolar paytida mamlakat hududiga Iroqqa qarshi ittifoq qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat berdi. Ular esa bu yerdan 1991-yilning yanvarida Quvayt ozod qilishbo‘yicha harakatlarni boshladilar.
Davlat tuzumi. Davlat tuzumi-mutloq teokratik monarxiya.Saudiya Arabistoni 1932-yilning 23-sentabrida mustaqil davlat bo‘lgan(milliy bayrami-Podshohlik e’lon qilingan kun). Davlat va hukumat boshlig‘i - podshoh, u bir paytning o‘zida Bosh vazir va qurolli kuchlar oily bosh qo‘mondoni hamdir. Amalda Abdulloh ibn Abdulaziz Ol Saud 2005-yildan mamlakatni boshqaradi.
Vazirlar Mahkamasi mamlakatning ijroiya organi sifatida 1954-yildan faoliyat ko‘rsatmoqda. Hukumat a’zolari Podshoh tomonidan tayin­lanadilar va uning oldida javobgardirlar. Vazirlar Mahkamasiga hukumat raisi, uning ikki o‘rinbosari va 26 vazr kiradi. Vzirlar Mahkamasining yig‘ilishlari haftada bir marta o‘tkazib turiladi. 1992-yildan beri Podshoh tomonidan 4 yillik muddatga Sho‘ro(Maslahat) Kengashi tayinlanmoqda. ShK ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot maslalari bo‘yicha hukumat uchun tavsiyalar ishlab chiqadi, turli hujjatlar va xalqaro bitimlar haqida o‘z xulosalarini maslahat va tavsiyalar tariqasida tayyorlaydi.
Ulamolar Qo‘mitasi Saudiya Arabistoni Oliy sudi hisoblanadi. Mam­lakat Bosh muftiysi, Ilmiy va fatvo tatqiqotlari boshqarmasi boshlig‘i shayx Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Boz ulamolar qo‘mitasiga rahbarlik qiladi.
Ma’muriy jihatdan Saudiya Arabistoni 13 viloyatga bo‘lingan bo‘lib, ularga amirlar hokimlik qiladilar. Viloyat amirlarining mutloq ko‘pchiligi hukmron oila vakillaridir. Viloyat amirlari Podshoh farmoni bilan tayinlanib, bevosita Ichki ishlar vazirligi rahbarligida faoliyat yuritadilar.
Viloyatlar, o‘z navbatida, tuman va markazlarga bo‘linadi. Tumanlar va markazlar ham hokimlar tomonidan boshqariladi. Ularning faoliyatiga viloyatlar amirlari va Munitsipalitetlar ishlari vazirligi rahbarlik qiladi.
Har bir amir huzurida viloyat kengashi faoliyat ko‘rsatadi. Yirik viloyatlar- Riyoz, Makka va Madina kengashlari 20 kishi, boshqa viloyat­lar kengashlari 15 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Saudiya Arabistoning eng yirik - Riyoz, Jidda, Makka va Dammom shaharlari ham Podshoh farmoni bilan tayinlanadigan hokimlar tomonidan boshqariladi.
Aholisi va mehnat resurslari. Mamlakatning umumiy aholisi 28,6mln. kishidan ortiq. Ortacha zichlik 1km²da 10 kishi. Aholisining 90%i arablar va barbarlar, 10%i afroosiyoliklar. Davlat tili arab tili. Mamlakatning deyarli 100% aholisi islom diniga e’tiqod qiladi(sunniylar). Tug‘ilish har 1000 kishiga 29,34, o‘lim har 1000 kishiga 5,94. O‘rtacha umr ko‘rish erkaklarda - 66,4 yosh, ayollarda - 69,8 yosh. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha - 42,52%, 15-64 yoshgacha -54,8%, 65 yoshdan kattalar - 2.68%. IAA -7mln.kishi, shundan qishloq xo‘jaligida 12%, sanoatda -25%, xizmat ko‘rsatishda - 63%. 15-65 yoshgacha bo‘lgan aholining 35%i xorijliklar.
Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli ravishda dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlardan hisob­lanadi, Hozirgacha kashf etilgan neft zaxiralari bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi, gaz bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Mavjudligi isbotlangan umumdunyo neft zaxiralarining-26%i(262,7mld barrel) va tabiiy gaz zahiralarining-3,7%i (6,544trl.m³) Saudiya hududlarida joylashgan.
Sanoati. Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti deyarli neft hisobidan shakllangan, bugungi kunda neft eksporti mamlakat daromadining 75%ini, YaMM daromadining 40%i neft xissasiga to‘g‘ri keladi.
Saudiya Arabistonida neft qazib chiqarishning tannarxi qator omillar sababli boshqa davlatlarga nisbatan ancha pastligini ham ta’kidlash zarur. Ularning asosiylari quyidagilardir:
-neft qatlamlari yer sathiga yaqin joylashgan;
-neft zaxiralari chegaralangan maydonlarda markazlashgan;
-asosiy neft konlari bilan birga gaz zaxiralarining ham topilishi neft quduqlarida qo‘shimcha bosim paydo etib, neftni qazib chiqarishni osonlashtiradi;
-Saudiya Arabistonining 3 qit’a o‘rtasida qulay geografik joylashuvi(Afrika, Yevropa, Osiyo) neftni iste’molchiga tez va oson yetkazib berish imkonini beradi.
Eng yirik neft konlaridan- Govar qazib olinadigan neftning yarmini beradi, ⅓ qismi Abkayk va Saffaniya konlariga to‘g‘ri keladi.
Saudiya Arabistoni iqtisodining bir tomonlama rivojlanganligi uning dunyo bozoridagi neft narxining o‘zgarishiga ta’sirchanligini ko‘rsatadi. Buni yaxshi tushungan SAP hukumati 80-yillar oxiridan boshlab milliy iqtisodni ko‘p tarmoqli yo‘nalishda rivojlantirishga katta e’tibor bera boshladi. SAP iqtasodining neft va gaz ishlab chiqarishga asoslanganligini hisobga olib, birinchi navbatda neft va gazni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berilgan. Shu kungacha SAPda 15 ta neftni qayta ishlash korxonalari faoliyat yuritmoqda.
SAP mintaqada gaz zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rinni egallasa-da, uni qazib chiqarish bo‘yicha Yaqin Sharqda birinchi o‘rinada turadi. Bu sohada erishilgan yutuqlardan biri yangi ishlab chiqilgan texnologik jihozlar yordamida 1980-yildan boshlab gazni to‘la qayta ishlashga muyassar bo‘linganidir. Natijada keyingi 10 yil davomida gaz ishlab chiqarish 60%ga oshdi. Ishlab chiqarilgan gaz deyarli to‘laligicha “Saudi ARAMKO” kompaniyasiga tegishli 4 ta yirik gazni qayta ishlash zavod­larida qayta ishlanadi.
Saudiya Arabistoni hukumatining iqtisodiy strategiyasida sanoat tarmoqlarini xilma-xillashtirish bosh o‘rinlardan birini egallaydi. Bu siyosatdan ko‘zlangan maqsad mamlakatning neftdan olinadigan daromad­ga qaramlik darajasini pasaytirishdan iborat. Saudiya Arabistoning neft xom ashyosini eksport qilishdan olinadigan daromadga bog‘lanib qolishni kamaytirish,shuningdek, Podshohlikka boshqa davlatlardan import qilina­digan tovarlar miqdorini kamaytirish maqsadida hukumat turli xildagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni rag‘batlantirmoqda.
Davlat xususiy sektorga sanoatni rivojlantirishda qatnashish uchun keng imkoniyatlar va imtiyozlar yartib bermoqda. Bunig uchun maxsus tuzilgan sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 8 tashkilot xususiy sektor shirkatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan infrastruktura va boshqa xizmatlar bilan imtiyozli narxlarda ta’minlaydi. Ushbu korxo­nalarni imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan.
Yengil va oziq-ovqat korxonalaridan Ar-Riyodda tomat pasta zavodi, Jiddada sabzovot konserva zavodi, Makkada yog‘ zavodi va qandolat fabrikasi, Jidda va At-Toif shaharlarida to‘qimachilik, teri va kulolchilik, baliqchilik uchun yelkanli qayiqlar qurish sanoati, Ar-Riyodda elek­tro­kabel zavodi, avtomabil akkumlyatr zavodi, Dammomda kimyoviy og‘itlar zavodi va plassmas trubalar zavodi, hamda qirilish materiallari sanoatlari ham rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligi. So‘nggi o‘n yillikda SAP qishloq xo‘jaligi juda tez sur’atlar bilan rivojlandi va mamlakatdagi eng unumdor iqtisodiy sektorlardan biriga aylandi. Davlat o‘z tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi sektorini zamonaviy texnologiyaning fermerlik va sug‘orish jihozlari, shuningdek, hayvonot va baliq resurslarini rivojlantirish vositalari bilan ta’minlashga alohida ahamiyat berayotgani bu sohalarda katta yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda.
Davlat tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 1975-yilda Saudiya Arabistoning haydaladigan yerlari 150 000 akrdan oshmagan bo‘lsa, 1985-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 300 000 akrga yetdi.
Bunday siyosatning mantiqiy natijasi sifatida 1980-yillarga kelib, SAP eng muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan hisoblangan don (asosan, bug‘doy) mustaqilligiga erishdi. 1975-yilda bor-yo‘g‘i 3 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan bo‘lsa, 1985-yilga kelib, Saudiya Arabistonida 1 700 000 tonna bug‘doy yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich aksariyat maydoni cho‘ldan iborat bo‘lgan mamlakat uchun astronomik o‘sish bo‘ldi.
Saudiya qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri xurmo yetishtirishdir. Xurmo Podshohlikda yetishtiriladigan eng qadimiy qishloq xo‘jalik mahsuloti hisoblanadi. Hozirda xurmo eksporti bo‘yicha SAP dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlardandir. Bundan tashqari, SAP Xalqaro oziq-ovvqat dasturi orqali ocharchilik sodir bo‘lgan mamlaktlarga beg‘raz yordam sifatida xurmo yetkazib beradi.
Bog‘dorchilik Al-Xasa, At-Toif, Asir vohalarida rivojlangan. Unda o‘rik, shaftoli, olma, nok, bodom, anor, anjir, banan, uzum, apelsin, limon yetishtiriladi.
Saudiya Arabistonida turli xil sabzavotlar, jumladan karom, pomodor, baqlajon, sabzi, loviya, qalampir, chesnok, qovoq, shurin kartoshka (batat), rediska yetishtiriladi. Kartoshka mahalliy ehtiyojlarni qondirish va, hatto qo‘shni davlatlarga eksport qilish uchun yetishtiriladi. Poliz mahsulot­laridan qovun va tarvuz yetishtiriladi.
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining yana bir muhim tarmog‘ini tashkil etadi. 1985-yilda sut va sut mahsulotlarini yetishtirishda mahalliy bozorni to‘la ta`minlash bilan bir qatorda, ularni qisman qo‘shni davlatlarga eksport qilishga erishildi.
1985-yilda tuxum bilan ta’minlashda to‘la mustaqillikka erishildi. Ehtiyijdan ortiqcha tuxum qo‘shni davlatlarga eksport qilina boshlandi. Parranda go‘shtini ishlab chiqarish bo‘yicha Podshohlik hozirda mahalliy talabning 60%ini qondirmoqda.
Baliqchilik SAP xalq xo‘jaligining eng qadimiy tarmoqlaridan hisoblanadi. Mamlakatda sarmoyasi 100mln. saudiya riyoliga (taxminan 27 mln. $ AQSH) teng bo‘lgan “Saudi Fishing Kompani” davlat aksionerlik uyushmasi tuzilgan. “Saudi Fishing Kompani” o‘z baliqchilik flotiga ega bo‘lib, u turli xil baliq va krevetkalarni mahalliy ehtiyoj va eksport uchun yetkazib bermoqda.
Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan fermerlarni subsidiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturlar qabul qilingan. Jumladan, fermer­larga foizsiz qarzlar berish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur sektorga qilinayotgan investitsiyalar miqdorini uzluksiz oshib borishini ta’min­lamoqda. Qishloq xo‘jaligi mashinalari va asbob-uskunalar importi, shu­ning­dek, urug‘lar, o‘g‘it va yem-xashak uchun zarur xarajatlarning 50%ini davlat o‘z zimmasiga olgani ham ushbu tarmoqning tez rivojlanishiga yordam bermoqda. Shu bilan bir qatorda, davlat hashoratlrga qarshi dorilar va sersut sigirlarni chet eldan keltirish uchun sarflanadigan mablag‘larga o‘z hissasini qo‘shadi. Saudiya qishloq xo‘jaligi banki va boshqa davlat trast jamg‘armalari qishloq xo‘jaligi loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun foizsiz kreditlar berishni yo‘lga qo‘ygan.
Hukumat fermerlar va qishloq xo‘jaligi shirkatlariga unumdor yerlarni bepul taklif etadi. Bug‘doy va xurmo narxlariga nisbatan subsidiya qilish siyosatini olib boradi.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishida xususiy sektorning ro‘li katta. U, davlat korporatsiyalari bilan bir qatorda, qishloq xo‘jalik shirkatlarini tuzish va faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan qulay sharoitlardan keng foydalanib kelmoqda.
Transporti. Saudiya Arabistoni singari buyuk davlat uchun transport kommunikatsiyasi katta ahamiyatga ega. Temir yo‘llarning umumiy uzun­ligi-1390km. 50-yillarda neft sanoatining tezlik bilan rivojlanishi natijasida mamlakat sharqidagi hamma neft sanoatini va Fors ko‘rfazidagi portlarni bir-biri bilan bog‘lovchi, shuningdek sharqiy pravinsiyalarni mamlakat poytaxti Ar-Riyod bilan bog‘lovchi va qo‘shni davlatlar- Quvayt, Iroq, Iordaniya bilan bog‘lovchi shosse yo‘llar qurilishi boshlanib ketdi. Xaj qiluvchi musulmonlar oqimini kopayishi natijasida mamlakat g‘arbi Xijoz provinsiyasida ham shosse yo‘llar qurildi.
1979-yilda jamoat transportining Saudiya kompaniyasi tuzildi. Shaharlararo jamoat transportini ta’minlash, shuningdek har yili Makkaga keluvchi minglab xojilarni transport bilan ta’minlash bu kompaniya vazi­fasi hisoblanadi. Saudiya kompaniya davlat tassaarufidagi va suv, hamda avtomobil transportiga asosiy ma’sul idora –Transport Vazirligiga bo‘y­sunadi. Jamoat transporti kompaniyasida oddiy va ikki qavatli avtobuslar bo‘lib, Dammom, Jidda, Makka, Madina va boshqa shaharlarda qatnaydi. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi-146.524km, shundan qattiq qoplamli yo‘llar – 44.104km, qoplamsiz yo‘llar-102.420km.
Mamlakatda turli yo‘nalishda neft quvurlari bor - Abkaykdan port Saydagacha(Livan), Daxrondan Al-Xubor va Ras-Tannura portlarigacha, shu­ningdek Bahrayn oroligacha neft quvurlari o‘takzilgan. Neft uchun-6400km, neft mahsulotlari uchun-150km, gaz quvurlari-2200km. Mamla­katning 9ta dengiz porti bor, shundan eng yirik portlari Qizil dengizdagi Jidda, Yanbu, Fors ko‘rfazidagi Ras-Tannura, Dammom. Podshohlikdagi portlarda kema­larga yuk ortish va tushirishda tirbandlik bo‘lmaydi. Jidda porti eng faoli hisoblanib, O‘rta Sharqning eng asosiy portlaridan biridir. Port bir oy ichida dunyoni koplab mamlakatlaridan 400 ta kemalarni qabul qila oladi.
Saudiya havo yo‘llari kompaniyasi o‘z ish faoliyatini 1945-yilda boshlagan. SAP iqtisodiyotini rivojlanishi bilan havo transportidan foydalanish ham oshdi. Saudiya havo yo‘llari juda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Ular Yaqin Sharqda yirik aviakompaniyalardan biriga aylangan. Saudiyada xalqaro va ichki aeroportlar tizimi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi 70-yillar rivojlanish rejasi asosida qurilgan.
Ar-Riyoddagi Podshoh Xolid nomidagi aeroport mamlakatdagi eng katta aeroport hisoblanadi. Kuniga 150ta reys amalgam oshiriladi. Aero­portning umumiy maydoni 225km². Abdulaziz nomli xalqaro aeroportda maxsus xojilarni qabul qiluvchi aeroporti bor. Mamlakatda 206ta aero­portlari bor, shundan xalqaro aeroportlari- Daxron, Jidda, Ar-Riyod, Madina, At-Toif.
SAP va Bahrain davlati Fors ko‘rfazi orqali hududlarini bog‘lash zaruriyatini doimo his etishgan. Shunday qilib, ko‘rfaz orqali koprik qurish g‘oyasi tug‘ildi, bu esa ikki davlatni o‘zaro bog‘lab, savdo-iqtisodiy aloqalarni olib boorish imkonini berdi. 1981-yilda qo‘shma shartnoma imzolandi. Bu ko‘prik ikki tomonlama qatnotnov yo‘lidan iborat bo‘lib, har bir tomonda ikkita harakat yo‘lagi va xavfzislik yo‘lagidan tashkil topgan. Ko‘prikning uzunligi 25km, kengligi 25m. Ko‘prik 536ta temirbeton ustunlarga o‘rnatilgan va suvdan 5m balandlikda va chuqurligi 18m gacha suv tubiga kirib boradi. Ko‘prik qurilishida zamonaviy va yuqori sifatli texnikadan foydalanildi, shunday qilib ko‘prik namlikka, tuz va yuqori haroratga bardoshli qilib qurildi. Ko‘prikda chegara punkti bo‘lib, unda bojxona, passport nazorati, tabbiy punkt, bojxona badallarini yig‘uvchi punkt, chegara qo‘riqlash xarbiylari, xizmat ko‘rsatish va ystaxonalar joylashgan.
1986-yil ikki tomon ham Podshoh Faxd nomli ko‘prikni umumiy boshqaruvi uchun shartnomaga imzo chekishdi. Unga muvofiq ko‘prikni holati va harakat havfsizligi uchun har ikki davlat ham ma’suldir. 1986-yil noyabrida ko‘prikni rasman ochilish marosimi bo‘ldi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Saudiya Arabistonining chet el davlatlari balan savdo strukturasi mamlakat asosiy boyligi neftni sotish va qayta ishlashni o‘zida aks ettiradi. Mamlakat eksportida neft xom ashyosi va neft kimyosi sanoati mahsulotlari asosiy o‘rinni egallaydi.
SAP chet el mamlakatlaridan mashinalar va texnologiyalar, neftni qazib chiqarish va qayta ishlash asbob-uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari, aloqa vositalari, xalq iste’moli mollari, elektr buyumlar, yog‘och, metallar, dori-darmonlar va tibbiyot asbob-uskunalarini import qiladi.
SAPning savdo-iqtisodiy sheriklarini, shartli ravishda, quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
-AQSH (asosiy iqtisodiy sherik);
-G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Shveysariya);
-Fors Ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorligi kengashiga a’zo mamlakatlar;
-Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari (Yaponiya, Xitoy, Korea, Singapur va Malayziya);
So‘nggi yillarda savdo ayirboshlashining ma’lum miqdorda kamayishiga qaramasdan, AQSH SAPning asosiy iqtisodiy sherigi bo‘lib qolmoqda. AQSHdan qilingan import butun import hajmining 20%ini tashkil etadi. AQSH Saudiya Arabistoni qurolli kuchlariga qurol-aslaha yetkazib beruvchi asosiy davlat hisoblanadi. Shuningdek, SAPda xorijiy davlatlar tomonidan qilinadigan investitsiyalar ham, asosan, AQSH kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. SAP bilan savdo qiluvchi davlatlar orasida AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘rinni Buyuk Britaniya egalaydi.
So‘nggi yilarda Podshohlikning tashqi savdosida Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari, jumladan Yaponiya, Malayziya, Singapur va Xitoy katta o‘rin egallamoqda. Mazkur mamlakatlarga SAP katta miqdorda neft yetkazib bermoqda. Ulardan zamonaviy asbob-uskunalar va elektronika, shuningdek keng iste’mol mollarini olmoqda.
So‘nggi bir necha yil davomida SAPning Rossiya Federatsiyasi bilan ham tovar ayirboshlashi o‘sib bormoqda. RFdan SAPga asosan metall va yog‘och yetkazib berilmoqda. SAP va RF o‘rtasidagi barcha tovarlar oboroti ikki mamlakat xususiy sektorlari kanallari orqali amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni munosabatlari. Sobiq sovet imperiyasi parchalangandan keyin, aksariyat arab mamlakatlari kabi Saudiya Arabistoni ham O‘zbekistonning davlat mustaqilligini birinchilar qatorida 1991-yilning dekabrida rasman tan oldi va o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatish istagini bildirdi. 1992-yilning fevralida Saudiya Arabistoni Tasgqi ishlar vaziri shahzoda Saud al-Faysal ibn Abdulaziz Ol Saudning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif chog‘ida mamlakat­larimiz o‘rtasida elchixonalar darajasida diplomatik munosa­batlar o‘rnatish to‘g‘risida Protokol imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Fahd ibn Abdulaziz Ol Saud taklifiga binoan 1992-yilning aprelida Podshohlikka amalga oshirgan birinchi rasmiy tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifani ochib berdi.
Oliy rahbariyat o‘rtasidagi muloqatlar amaliy aloqalar rivojiga yo‘l ochib berdi. 1992-yilda Toshkent-Jidda havo yo‘li ochildi. Jidda shahrida yangi tuzilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining vakolatxonasi o‘z faoliyatini boshladi.
1995-yilning mayida Riyozda O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyatining boshlanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi.
1996-yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida terrorizm, narkotik moddalar tarqatilishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolandi.
1997-yilning martida O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni elchixonasi ochildi.
1996-yilda Saudiya Arabistoning “Delta oil” shirkati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. O‘zbekiston hukumati AQSH-Saudiya Arabistoni “Yunikol” va “Delta oil” shirkatlari konsortsiumi bilan Markaziy Osiyo neft va gaz quvurlari loyihalari to‘g‘risida bitm, “O‘zbekneftegaz” milliy korporatsiyasi esa O‘zbekistonda neft va gaz razvetkasi hamda qazib chiqarish haqida anglashuv protokolini imzoladi.
1996-yilning yanvarida “O‘zbekturizm” kompaniyasi “al-Marva” shirkati bilan turizm va aviachiptalarni sotish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu bilan saudiyaliklarning O‘zbekistonga borishiga bog‘liq masalalar tartibga solindi. O‘zbekistonning Saudiya Arabistoniga eksporti asosan savdo va unga aloqador xizmatlaridan iborat. Saudiya Arabistonidan shirinliklar, don, gilam va polni qoplaydigan mahsulotlar, o‘simlik va mool yo‘g‘i, mebel va choyshablar, spirtsiz ichimliklar, optika jihozlari, poyafzal, bo‘yoqlar, o‘yinchoqlar va sport anjomlari import qilinmoqda.
Savdo-iqtisodiy aloqlarni rivojlantirishda qo‘shma korxonalar muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqlar vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan 14 korxonaning 10 tasi qo‘shma korxona bo‘lib, 4 tasi to‘laligicha Saudiya Arabistoni sarmoyasiga tuzilgan.
Ichki tafovudlari. Saudiya Arabistoni geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy sharoitiga qarab 3ta iqtisodiy rayonga ajratiladi: Sharqiy, Markaziy, G‘arbiy.

Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə