Reja: Saudiya Arabistoni Podshohligi asosli



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#144665
1   2   3   4
Arab mamlakatlarining g\'arbiy yevropa mamlakatlari tomonidan bosib olinishi

Sharqiy rayon -mamlakatning rivojlangan sanoat rayoni. Sahrqiy rayonda neft va tabiiy gazning deyarli hamma zahirasi to‘plangan. Bu yerda 14ta asosiy naft konlari bo‘lib, ulardan dunyodagi eng katta neft koni -Gavar va eng yirik neft maydoni –Safaniya.
60-yillardan boshlab Sharqiy rayonda neftni qayta ishlovchi va neftkimyo sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yirik neftni qayta ishlovshi zavodlar Ras-Tannura, Mina-Saud va Kafjida faoliyat yuritadi. Sanoatning o‘sishi bilan Dahron, Dammom, Ras-Tannura, Abkayk kabi yangi shahar va neft portlari paydo bo‘ldi.
Neft maydonlari markazida joylashgan yangi shaharlarda ko‘plab sanoat korxonalari paydo bo‘ldi, jumladan Abkaykda oltingugurt ishlab chiqaruvchi zavod, Dammomda kimyoviy og‘itlar, sement zavodlari va qog‘oz fabrikasi, Dahronda shisha zavodi faoliyat yuritadi. Hamma shaharlar bir-biri bilan shosse yo‘llar va neft quvurlari orqali bog‘langan.
Dahron –Fors ko‘rfazidan 18km uzoqda joylashgan Sharqiy rayonning neft poytaxti hisoblanadi.
Dammom –Fors ko‘rfazidagi chuqur suvli port shahar. Port orqali 70% import yuklari o‘tadi. Dammom Ras-Tannura neft porti va Bahrayn oroli bilan neft quvurlari orqali bog‘langan. Sharqiy rayonning ma’muriy markazi hisoblanadi.
Ras-Tannura –Fors ko‘rfazidagi asosiy neft chiqaruvchi port shahar. Bu yerga ko‘plab neft quvurlari orqali yirik neft tozalovchi zavodlardan neft kelib turadi.
Markaziy rayon –shimolda Iordaniya chegarasidan janubda Yaman chegarasigacha cho‘zilgan. Bu rayonning janubida Rub-al-Xali cho‘li va shimolida Katta Nefud cho‘li yastanib yotadi, markaziy qismita esa Najd yassitog‘ligi joylashgan. Poytaxt Ar-Riyod rayonda joylashgan. 1952-yilda Ar-Riyodda yer osti suvlarining juda katta zahirasi topilgandan so‘ng shaharga Jidda va Madinadan vazirliklar va davlat idoralari ko‘chirib kelindi. Ar-Riyod Yaqin Sharqning eng zamonaviy shaharlaridan biriga aylandi. Poytaxtda bir qancha oily o‘quv yurtlari: universitet, Oliy texnologiya instituti, xarbiy akademiyalari joylashgan.
Shosse yo‘llar shaharni Makka, Jidda, Al-Xufuf, Dammom bilan bog‘laydi.
G‘arbiy rayon –Iordaniya chegarasidan Yaman chegrasigacha cho‘zilgan Qizil dengiz bo‘yidagi, Tixama tekisligini va Xijoz tog‘ tizmasini o‘z ichiga oladi. G‘arbiy rayonning janubiy qismi Asir tog‘i deb ataladi. Bu yerda birmuncha ko‘p yog‘in tushadi, mamlakatning sun’iy sug‘orishsiz hosil olinadigan yagona qismi hisoblanadi. Asirdagi aholining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik. Bu yerda mamlakatning barcha ishlov beriladigan yerlarning 60%i joylashgan.
Rayonning shimoli-g‘arbiy qismi Qizil dengiz sohilbo‘yida sanoat ishlab chiqarish markazi – Jidda joylashgan. Shaharda birqancha katta va kichik sanoat korxonalari bo‘lib, ulardan neft haydovchi po‘latprokat, sement, surkov moylari, zavodlari, meva sharbatlari, sabzavot konserva fabrikalari, yuvuvchi vositalar korxonalari va boshqalar bor. Jidda qadimdan o‘zining hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan mashhur.
Shahar yaqinida xalqaro aeroport joylashgan. Jidda porti yirik kemalarni qabul qila oladi. Jiddada xajga keluvchilar uchun ikkita shaharcha qurildi:bittasi dengizdan keluvchilar uchun, ikkianchisi samalyotda keluvchilar uchun. Jidda Saudiya Arabistonining diplomatik poytaxti hisoblanadi. 1967-yilda Jiddada universitet ochilgan.
Makka – butun dunyo musulmonlarining muqaddas shahri hisob­lanadi. Shahar Qizil dengiz sohilidan 77km uzoqda va dengiz sathidan 280m balandda joylashgan. Makka shahri Xijoz provinsiyasining ma’mu­riy markazi, u Ar-Ridod, Madina, Jidda bilan avtomobil yo‘llari orqali bog‘langan. 630-yildan beri Makka islom dini markazi hisoblanadi. Bu yerda musulmonlarning eng asosiy ehromi –Kaaba Makkadagi markaziy masjidning ichki qismida joylashgan. Masjid ulkan bo‘lib och siren rangli marmar bilan qoplangan, 90 metrli 8 ta binosi bor. Maydoni 160ming.m². Kaabaga yaqin Zam-zam bulog‘i joylashgan.



Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə