14-Ma’ruza mavzu: Plastik moylar



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə1/9
tarix30.12.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#166798
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
TVIEM fani Ma\'ruza -14

14-Ma’ruza

mavzu: Plastik moylar


Ma’ruza rejasi:

1. Plastik moylar haqida umumiy ma’lumot


2. Kimyoviy aktiv qoplamalar, yumshoq metallar va polimer materiallari
3. Kompozitsion moylovchi materiallar
4. Konsistent surkov moylari haqida umumiy ma’lumotlar
5 Konsistent (plastik) surkov moylarining klassifikatsiyasi


Tayanch soʻz va iboralar:


Kimyoviy aktiv qoplamalar, yumshoq metallar, polimer materiallar, kompozitsion moylovchi materiallar, kompozitsion moylovchi materiallar, metall materiallari asosidagi KSM, keramik asosli KSMlar, konsistent surkov moylari.

1. Plastik moylar haqida umumiy ma’lumot


Plastik surkov moylari mazsimon mahsulot kо‘rinishida bо‘ladi. Ular suyuq mineral moylardan sezilarli darajada farqlanadi. Mexanik xossalari bо‘yicha ular qattiq moddalar va suyuqliklar orasida oraliq joyni egallaydilar. Kichik yuk ta’sirida ular о‘zlarini qattiq jism kabi namoyon qiladilar, katta siljish yuklarida esa – suyuqlik kabi bо‘ladilar, ya’ni oquvchanlikka ega bо‘ladilar.
Plastik surkov moylarining xarakterli xususiyati shundaki, berilgan ekspluatatsiya sharoitlariga rioya qilinganda ular ishqalanish uzelidan oqib chiqib ketmaydilar. Shu xususiyat tufayli germetik bо‘lmagan ishqalanish uzellarini surkov moylari bilan moylash mumkin, moylovchi materialni uzluksiz olib kelish zarurati qolmaydi, ya’ni buning uchun zarur bо‘lgan tizim va agregatlarning bо‘lishi talab qilinmaydi.
Plastik surkov moylarining asosiy vazifasi. Plastik surkov moylarining asosiy funksiyasi – mexanizm va mashinalar xizmat muddatini uzaytirish uchun ishqalanuvchi detallar yeyilishini kamaytirishdir. Shu bilan birga surkov moylari boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Ba’zi hollarda ular nafaqat yeyilishni kamaytiradilar, balki ishqalanuvchi yuzalarning tirnalishi, tiqilishi va qadalishiga yо‘l qо‘ymay, yeyilishni tartibga soladi. Surkov moylari ishqalanadigan yuzalarga agressiv suyuqliklar, gazlar va bug‘lar hamda abraziv materiallar (chang, iflosliklar va sh.k.) о‘tishiga qarshilik qildi.

Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə