14-Ma’ruza mavzu: Plastik moylar


Qattiq qatlamli surkov moylari



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə3/9
tarix30.12.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#166798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TVIEM fani Ma\'ruza -14

Qattiq qatlamli surkov moylari (tverdiye sloistiye smazki – TSS) – moylovchi xossaga ega bо‘lgan kristall moddalari – grafit, vermikulit, molibden va volfram disulfidlari, bor nitridi, qalay va kadmiy bromidlari, kumush sulfati, vismut, nikel va kadmiy iodidi, ftalosianin, selenidlar va volfram, titan telleridlari va boshqalardir.
Hamma TSS lar qatlamli strukturaga ega; bu struktura shu bilan tavsiflanadiki, bir tekislikda yotgan atomlar boshqa qatlamdagilarga nisbatan bir-biriga yaqinroq bо‘ladi. Masalan, grafit reshetkasidagi qatlamlar orasidagi masofa 3,4410-10 m, qatlamdagi uglerod atomlari orasidagi masofa 1,4210-10 m. Shu tufayli har xil yo’nalishlarda atomlar orasidagi bog‘lanishlar mustahkamligi turlicha bо‘ladi, buning natijasida tashqi kuchlar ta’sirida kristallarning bir qatlami ikkinchi qatlamiga nisbatan sirpanadi.
TSS sifati va xossalariga kristall reshetkasi atomlari orasidagi bog‘lanishlarning bir turli bо‘lmasligi, sirpanish sirtlari bо‘ylab kristallar parchalanishiga sarflanadigan ish miqdori, metall sirtlariga bо‘lgan adgeziya darajasi va sh.k.lar ta’sir qiladi.
Ba’zi keng tarqalgan TSS larning xossalari: Grafit pо‘lat, chо‘yan va xrom bilan ishqalanish juftligida antifriksion xossalarga ega (mis va alyumin bilan juftlikda bu xossalar ancha sust). Havo va suv bо‘lganda grafit surkov moyi о‘z kо‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Grafit ishqalanish sirtiga adsorbsiyalanib sirpanish yo’nalishiga oriyentasiyalangan mustahkam himoya plyonka hosil qilish qobiliyatiga ega. Metall sirtida oksidlar plyonkasi mavjudligi grafit adsorbsiyalanishini va uning mustahkam himoya plyonkasi hosil qilishini osonlashtiradi. Shuning uchun mustahkam oksid plyonkasi hosil qiluvchi metallar (xrom, titan, kamroq darajada pо‘lat) uchun grafitdan foydalanish ayniqsa samaralidir.
Grafit surkov moyi ishchanlik qobiliyatining harorat chegarasi 600 ºC. Erkin elektronlari bо‘lganligi sababli bu materialga xos yuqori elektr о‘tkazuvchanlik ishqalanish sirtlaridan elektrostatik zaryadlar va issiqlik olib ketilishiga va moylovchi qatlam mustahkamligini saqlab qolishga yordam beradi. Grafit ishqalanish koeffitsiyentining qiymati 0,04...0,08 oralig‘ida boʻladi. Yuk kо‘payishi va harorat ortishi bilan ishqalanish koeffitsiyenti ortadi.
Molibden disulfidi MoS2 – yarqiroq kо‘kimtir-kul rang metall poroshokdir. U qora va rangli metallarning kо‘pchiligiga nisbatan yaxshi adsorbsion qobiliyatlarga ega. MoS2 ning moylash qobiliyati qatlamli tuzilishi bilan belgilangan; ularda kristall turli qatlamlaridagi oltingugurt atomlari orasidagi masofa qatlam ichidagilarga nisbatan deyarli tо‘rt marta katta. Grafitga nisbatan farqli о‘laroq yuk va harorat ortganda MoS2 ishqalanish koeffitsiyenti kamayadi (о‘rtacha qiymati 0,05...0,095).
Molibden disulfidi chegaraviy moylovchi plyonkasining yuk kо‘tarish qobiliyati boshqa deyarli hamma surkov moylarinikiga nisbatan yuqori. Harorat 430 ºC dan ortganda MoS2 oksidlanib SO2 chiqaradi. Vodorod MoS2ni metallgacha oson tiklaydi. Molibden disulfidi yuqori radiasion chidamlilikka ega – 5107 Gr gacha bо‘lgan dozada hech qanday о‘zgarish kuzatilmagan. Molibden disulfidining kamchiligi – u yuqori kimyoviy aktivlikka ega bо‘lib, suv va kislorod bilan oson reaksiyaga kiradi. Shuning uchun MoS2 havo bilan kontaktlashadigan sharoitda maksimal ruxsat etiladigan harorat 430 ºC bilan cheklanadi.
Volfram disulfidi WS2ning molibden disulfidiga nisbatan issiqlikka chidamliligi yuqori (510 ºC), oksidlanishga chidamli va yuk kо‘tarish qobiliyati uch marta katta. Kimyoviy inert (ftor va uning birikmalaridan tashqari), korrozion agressiv emas, zaharli emas, uning qо‘llanishi narxi qimmatliligi bilan cheklanadi. Harorat 430 ºC dan yuqori bо‘lganda foydalanish tavsiya etiladi.
Bor nitridining termik va termooksidlanishga chidamliligi yuqori, harorat 1000 ºC dan ortgandagina parchalanadi.
Qattiq surkov moylari nafaqat quruq ishqalanish uzellari ishini ta’minlash uchun, balki moylarning effektivligini sezilarli oshiradigan qо‘shimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin. Bunda ularning ishqalanish uzelidagi resursi ortadi va moy chanqoqligi sharoitida tirnalish ehtimoli kamayadi.



Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə