14-Ma’ruza mavzu: Plastik moylar


Plastik surkov moylari strukturasi



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə2/9
tarix30.12.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#166798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TVIEM fani Ma\'ruza -14

Plastik surkov moylari strukturasi. Bu moylar kolloidli tizim bо‘lib, quyuqlashtirgich kristallari strukturaviy karkas hosil qiladi, bu karkas ichki hajmining 80...90% ini suyuqlik tashkil qiladi. Plastik surkov moyining xarakterli xususiyati – strukturaviy karkas buzilishi jarayonining qayta tiklanishidir: katta yuk ta’sirida karkas buziladi va moy suyuqlik kabi ishlaydi, yuk olinishi bilan karkas tezda tiklanadi va surkov moyi qattiq jism xossalariga ega bо‘lib oladi.
Surkov moylarining moylarga nisbatan afzalliklari: germetik bо‘lmagan ishqalanish uzellarida saqlanib qolish qobiliyatiga ega, moylovchi va himoyalovchi xossalari yaxshi, yuqori tejamkor. Suyuq moylarni ishlatish mumkin bо‘lmagan joylarda surkov moylari ishlatiladi. Surkov moylarining kamchiliklari – ishqalanuvchi detallarni sovitish qobiliyatining yomonligi, ishqalanish zonasidan yeyilish mahsulotlarining olib ketilmasligi, ishqalanish uzeliga kiritishning qiyinligi.
Plastik surkov moylari tarkibi. Plastik surkov moylari ikki komponentdan: asosni tashkil qiluvchi moy (mineral, sintetik, о‘simlik yoki boshqa moy)dan va qattiq quyuqlashtirgich (sovunli yoki sovunli bо‘lmagan)dan tarkib topadi. Surkov moylarida struktura stabilizatori va prisadkalar, kо‘pincha esa turli tо‘ldirgich (grafit, molibden disulfidi, kukunsimon metallar yoki ularning oksidlari va boshqa)lar bо‘ladi. Quyuqlashtirgich qattiq strukturaviy karkas hosil qiladi, uning ichida moy joylashadi. Bunday surkov moylari strukturlashgan deyiladi. Tarkibida yumshoq metallar yoki ularning oksidlari bо‘lgan surkov moylari plakirlashgan deb ataladi. Surkov moylarida quyuqlashtirgich miqdori 10...20% ni tashkil qiladi. Yuqori molekulyar yog‘li kislotalar yoki tabiiy yog‘larning metalli sovunlarining quyuqlashtirgichlari eng keng tarqalgan. Ushbu quyuqlashtir-gichlardan foydalanib, sovunli surkov moylari tayyorlanadi.
Uglevodorodli, bentonitli, silikagelli va boshqa surkov moylari ham mavjud; ularda quyuqlashtirgich vazifasini uglevodorodlar va noorganik moddalar о‘taydi. Bular – sovunsiz surkov moylari deb ataladi.

Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə