14-Ma’ruza mavzu: Plastik moylar



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə7/9
tarix30.12.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#166798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TVIEM fani Ma\'ruza -14

Dispersli faza. Surkov moylari qо‘llaniladigan harorat chegaralari kо‘p jihatdan quyuqlashtirgichning erish va parchalanish haroratlari, uning moyda eruvchanligi va konsentrasiyasi bilan aniqlanadi. Surkov moylarining antifriksion va himoyalovchi xossalari, suvga bardoshligi, kolloid, mexanik va oksidlanishga qarshi stabilligi quyuqlashtirgich tabiatiga bog‘liq. Moylar sirti aktiv moddalar bо‘lib, surkov moylarida quyuqlashtirgich va yeyilishga qarshi hamda tirnalishga qarshi komponentlar funksiyalarini ham bajaradi.
Sovunlarning ishqalanish sirtidagi modifikasiyalovchi ta’siri kimyoviy о‘zaro ta’sir bilan emas, balki sirt-molekulyar ta’sir bilan bog‘liq.
Sovunli surkov moylari oddiy va kompleks moylarga bо‘linadi. Sovunli surkov moylarini qо‘llashning yuqori harorat chegarasi quyidagicha:

  • oddiy kalsiyli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 60...70 0C;

  • kompleksli kalsiyli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 160...170 0C;

  • oddiy litiyli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 110...130 0C;

  • kompleksli litiyli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 160...170 0C;

  • oddiy alyuminli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 65...70 0C;

  • kompleks alyuminli . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 150...170 0C;

  • uglevodorod surkov moylari 50...65 ºC gacha ishchanlik qobiliyatiga ega.

Organik quyuqlashtirgichli surkov moylari odatda yuqori haroratli moy sifatida ishlatiladi.
Prisadkalar va tо‘ldirgichlar. Prisadkalar sirti aktiv moddalardir, bu ularning moy hajmida va quyuqlashtirgich-dispersion muhit fazalari ajraladigan chegarada aktivligini belgilaydi. Plastik surkov moylarining xossalarini yaxshilash uchun, asosan moylarni legirlash uchun, ishlatiladigan prisadkalar: yeyilishga qarshi, tirnalishga qarshi, antifriksion, himoyalovchi, qovushqoqli va adgezionli va boshqalar qо‘llaniladi. Kо‘p prisadkalar kо‘p funksiyalidir.
Tо‘ldirgichlar – yuqori dispersiyali, moyda erimaydigan materiallar bо‘lib, surkov moylarida kolloidli struktura hosil qilmaydi, lekin ularning ekspluatatsion xossalarini yaxshilaydi.
Ishqalanish koeffitsiyentlari kichikligi bilan tavsiflanadigan tо‘ldirgichlar: grafit, molibden disulfidi, talk, slyuda, ba’zi metallarning sulfidlari, asbest, polimerlar, metallar oksidlari va kompleks birikmalari, metall poroshoklari va kukunlari keng tarqalgan.



Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə