14-Ma’ruza mavzu: Plastik moylar


Konsistent surkov moylari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə6/9
tarix30.12.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#166798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TVIEM fani Ma\'ruza -14

4. Konsistent surkov moylari haqida umumiy ma’lumotlar
Konsistent surkov moylari (KS)ning vazifasi
KSning asosiy funksiyasi – mexanizm va mashinalar xizmat muddatini uzaytirish uchun ishqalanuvchi detallar yeyilishini kamaytirishdir. Shu bilan birga surkov moylari boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Ba’zi hollarda ular nafaqat yeyilishni kamaytiradilar, balki ishqalanuvchi yuzalarning tirnalishi, tiqilishi va qadalishiga yo’l qо‘ymay, yeyilishni tartibga soladi. Surkov moylari ishqalanadigan yuzalarga agressiv suyuqliklar, gazlar va bug‘lar hamda abraziv materiallar (chang, iflosliklar va sh.k.) о‘tishiga qarshilik qildi.
Konsistent (plastik) surkov moylari strukturasi
Konsistent surkov moylari (KS) suyuq moy bо‘lib, na suyuq va na qattiq moylovchi materiallar ta’minlay olmaydigan qator ekspluatatsion xossalarni ularga berish uchun, bu moylar maxsus usulda quyuqlashtiriladi.
Fizik strukturasi bо‘yicha KSlar – dispersion muhit va dispersli fazadan iborat bо‘lgan dispersli (kolloidli) mikrobirxil boʻlmagan tizimlardir. Dispersion muhit vazifasini yaxshi moylovchi va antikorrozion xossalarga ega bо‘lgan suyuq moddalar о‘taydi; dispersli faza vazifasini esa qattiq moddalar bajaradi. Qattiq moddalarning asosiy vazifasi – tizimning kolloidli stabilligini saqlash va dispersion muhit qо‘zg‘aluvchanligini cheklash – uni quyuqlashtirishdir. Dispersli fazani hosil qiluvchi modda quyuqlashlashtirgich deb ataladi. Quyuqlashtirgich ta’sirining effekti quyidagilarga asoslangan: moy hajmida strukturali karkas hosil qiladi; uning ichki yacheykalarida suyuqlik dispersli faza va dispersion muhit molekulalari orasidagi о‘zaro ta’sir kuchlari tomonidan ushlab turiladi. Bu tashkil etuvchilardan tashqari mayda boshqa komponentlar ham bor. Ekspluatatsion xossalarini yaxshilash uchun moy tarkibiga funksional vazifasi turlicha bо‘lgan prisadkalar va qattiq qо‘shimchalar kiritiladi.
Dispersion muhit. Surkov moylarining moyli asosi sifatida turli moylovchi moylardan va suyuqliklardan foydalanishadi. Surkov moylarining kо‘pi neft moylaridan tayyorlanadi. Maxsus va ekstremal sharoitlarda ishlaydigan surkov moylarini olish uchun sintetik moylar – kremniyorganik suyuqliklar, murakkab efirlar, ftor va ftor-xlor uglerodlar, sintetik uglevodorod moylari, polialkilglikolin, polifenil efirlari qо‘llanadi. Bu moylardan keng foydalanish narxining qimmatligi bilan cheklanadi. Ba’zi hollarda surkov moylarining dispersion muhiti sifatida о‘simlik moylaridan, masalan, kastor moyidan foydalanishadi.



1 – rasm. Harorat -50 ºC va deformatsiya tezligi 10 s-1 boʻlganda moy qovushqoqligi S.M. ning dispersion muhit qovushqoqligi d.s. ga bog‘liqligi


Bir xil manfiy haroratlarda surkov moyi qovushqoqligining dispersion muhit qovushqoqligiga bog‘liqligi chiziqli xarakterga ega (1-rasm) va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:


sm = a + v  ds,
bu yerda smsurkov moyi qovushqoqligi;
ds – moy qovushqoqligi;
a, v – koeffitsiyentlar.

Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə