14-Ma’ruza mavzu: Plastik moylar


Konsistent (plastik) surkov moylarining klassifikatsiyasi



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə8/9
tarix30.12.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#166798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TVIEM fani Ma\'ruza -14

5.Konsistent (plastik) surkov moylarining klassifikatsiyasi

Konsistent surkov moylari turli klassifikasion belgilar: konsistensiyasi, tarkibi va qо‘llanish sohalari (vazifasi) bо‘yicha sistemalashtiriladi.


Konsistensiyasi bо‘yicha surkov moylari yarim suyuq, plastik va qattiq klasslarga bо‘linadi. Plastik va yarim suyuq surkov moylari kolloid tizimlarning vakillaridir. Qattiq surkov moylari qotgunicha suspenziya bо‘lib, ularning dispersion muhiti vazifasini smola yoki boshqa bog‘lovchi modda va erituvchi о‘taydi, quyuqlashtirgich vazifasini esa molibden disulfidi, grafit, texnikaviy uglerod va sh.k.lar bajaradi. Qotgandan (erituvchi bug‘langandan) sо‘ng qattiq surkov moylari kulga aylanadi. Bu kul qattiq jismlarning hamma xossalariga ega bо‘ladi va kichik quruq ishqalanish koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi.
Plastik surkov moylarida quyuqlashtirgichining bir-biriga ulangan kristallari uzluksiz struktur karkas hosil qiladilar, ularning yacheykalarida suyuq moy joylashadi. Struktur karkas ma’lum mexanik xossalarga ega – u nisbatan katta bо‘lmagan yuk ta’sirida deformatsiyalanishi mumkin, bu esa surkov moylariga plastiklik beradi.
Yarim suyuq surkov moylari plastik moylardan shu bilan farqlanadiki, ularda karkas qо‘shni kristallari orasidagi bog‘lanish (demak uning mustahkamligi ham) nisbatan kam – ular katta bо‘lmagan kuchlar ta’sirida oson buziladi va sо‘ngra yana qayta tiklanadi.
Plastik surkov moylari texnikada eng kо‘p (hajmi bо‘yicha 90%dan ortiq) tarqalgan.
Tarkibi bо‘yicha surkov moylari tо‘rt guruhga bо‘linadi.
1. Quyuqlashtirgich sifatida oliy karbon kislotalarning tuzlari (sovunlar) qо‘llaniladigan surkov moylari. Ularni sovunli surkov moylari deb ataladi va sovun kationiga qarab litiyli, natriyli, kaliyli, kalsiyli, bariyli, alyuminli, ruxli va qо‘rg‘oshinli surkov moylariga ajratiladi. Sovun kanioni bо‘yicha kationi bir xil bо‘lgan sovunli surkov moylarining kо‘pchiligini oddiy va kompleksliga bо‘lishadi. Kompleks sovunli surkov moylari haroratlarning keng diapazonida ishchanlik qobiliyatlarini saqlaydilar. Kо‘pincha kompleksli kalsiyli, bariyli, alyuminli, litiyli va natriyli surkov moylari ishlatiladi. Kalsiyli surkov moylari о‘z navbatida suvsiz, gidratlashgan – solidollar (ularda strukturasining stabilizatori vazifasini suv о‘taydi) va komplekslilarga (ularda adsorbsion kompleks oliy yog‘li kislotalar va uksus kislotasidan hosil bо‘ladi) bо‘linadi. Aralash sovunlardan tarkib topgan sovunli surkov moylarini alohida ajratishadi; ularda quyuqlashtirgich sifatida sovunlar aralashmasidan (litiyli-kalsiyli, natriyli-kalsiyli va boshqalar) foydalanishadi. Qaysi sovun kationining ulushi quyuqlashtirgichda kо‘p bо‘lsa, о‘sha sovun kationi birinchi kо‘rsatiladi. Sovunli surkov moylari ular olinadigan yog‘li ashyo boʻyicha shartli ravishda sintetik (sovun anioni – sintetik yog‘li kislotalar) yoki yog‘li (sovun anioni – tabiiy yog‘lar) deb ataladi. Masalan, sintetik yoki yog‘li solidollar.
2. Quyuqlashtirgich sifatida termostabil, solishtirma sirti yaxshi rivojlangan yuqori dispersli noorganik moddalar foydalaniladigan surkov moylari – noorganik quyuqlashtirgichli surkov moylari deb ataladi. Ularga silikagelli, bentonitli, grafitli, asbestli surkov moylari kiradi.
3. Moy olish uchun termostabil, yuqori dispersli solishtirma sirti yaxshi rivojlangan organik moddalardan foydalanilsa, bunday moylar – organik quyuqlashtirgichli surkov moylari deb ataladi. Ularga polimerli, pigmentli, polimochevinali, qurumli surkov moylari kiradi.
4. Moy olish uchun quyuqlashtirgich sifatida yuqori haroratda eriydigan (visokoplavkiye) uglevodorodlar (serezin, parafin, ozokerit, turli tabiiy va sintetik mumlar)dan foydalanilsa, ular – uglevodorodli surkov moylari deb ataladi.

Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə