14-Ma’ruza mavzu: Plastik moylar


Kompozitsion moylovchi materiallar



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə5/9
tarix30.12.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#166798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TVIEM fani Ma\'ruza -14

3. Kompozitsion moylovchi materiallar
Qattiq moylovchi materiallarni qо‘llashning istiqbolli sohasi kompozitsion moylovchi material (kompozitsionniye smazochniye materiali – KSM)dir. Ular qattiq surkov moylari alohida turlarining kombinasiyasi bо‘lib, ular moylovchi xossalarining optimal birikuvini, mexanik mustahkamligini va ishlovga beriluvchanligini ta’minlaydi. KSMlarning asosiy afzalligi – uzoq muddat davomida (mexanizmning tо‘la resursiga mos oraliqda) yaxshi antifriksion va yeyilishga qarshi xossalarini saqlab qolishidadir.
KSM xossalari turlicha bо‘lgan ikki yoki undan ortiq qattiq moddalarning mexanik aralashmasi bо‘lib, ulardan о‘zak bо‘lgan biri strukturali karkas – matrisa tuzishi mumkin; bu matrisa KSMning xossalarini belgilaydi. Tо‘ldirgich bо‘lgan qolgan moddalar matrisaning struktur karkasida joylashadi. Tо‘ldirgich KSMning moylovchi xossalarini belgilaydi.
Matrisa polimer, metall va keramika materiallaridan tuzilishi mumkin.
Polimer matrisali KSM (polimer KSM)larning afzalliklari – yaxshi moylovchi xossalari, kimyoviy inertliligi, metallarnikiga nisbatan charchash mustahkamligining yuqoriligi, massasi kichikligi, strukturaning lokal buzilishi (darz, kesik)ga sezgirligining pastligidadir. Asosiy kamchiliklari – termik kengayish koeffitsiyentining kattaligi, issiqlik о‘tkazuvchanligining yomonligi, termik chidamliligining va stabilligining pastligidir. Aromatik poliamid asosli eng issiqbardoshli zamonaviy KSM lar 350 ºC haroratda uzoq ekspluatatsiya qilinishi mumkin.
Polimerli KSMlarda tо‘ldirgichlari molibden disulfidi, grafit, bor nitridi bо‘lgan poliamidlar kо‘p ishlatiladi. Tо‘ldirgichlar sifatida yumshoq metallar (Al, Cu, Ni, Mo va boshqalar) poroshogidan foydalanish yaxshi natija beradi.
Metall materiallari asosidagi KSM metallar (temir, mis va sh.k.) poroshoklarini presslab va yuqori haroratda pishitib (spekaniye), sо‘ngra olingan g‘ovak asosga qattiq qatlamli moy, yumshoq metallar yoki polimerlarni shimdirish yo’li bilan olinadi. Juda og‘ir harorat rejimlarida ishlaydigan KSMlarni olish uchun asos sifatida kobalt va uning qotishmalari, tо‘ldirgich sifatida esa molibden yoki volfram asosli materiallardan foydalanishadi. Presslangan metall setkalari paketini yuqori haroratda qizdirib yopishtirib tayyorlangan g‘ovak materiallar asosidagi KSMlar yaxshi xarakteristikaga ega. Antifriksion xossalarini yaxshilash uchun setkalarni yumshoq metallardan tayyorlash mumkin. Bunday kompozisiyalarning mexanik xossalarini setka materialini va presslash bosimini tanlash yo’li bilan keng oraliqda rostlashadi.
G‘ovaklari fotoroplast-4 (molibden sulfidlari, selenidlari va tilluridlari, volfram, niobiy va boshqa metallar qо‘shilgan) bilan tо‘ldirilgan metall asosli KSMlar keng tarqalgan (masalan, IYODlar klapanlarining yo’naltiruvchi vtulkalari uchun). Bunday kompozisiyalarda qattiq surkov moyi moylashdan tashqari katta yuk kо‘tarish qobiliyati va yeyilishga chidamlilikni ham ta’minlaydi.
KSMga kiruvchi moddalarni tо‘g‘ri tanlash yaxshi antifriksion xarakteristikalarni va ishqalanish uzeli yeyilishini minimal saqlagan holda yuqori yuk kо‘tarish qobiliyatini ta’minlaydi. Bunday surov moylarining ishchi harorati metalli asosni tashkil qilgan materialning oquvchanlik harorati bilan cheklanadi.
KSMlarning keramik matrisalarini olish uchun berilliy, sirkoniy va boshqa metallar oksidlaridan foydalaniladi. Keramik asosli KSMlar yuqori termik va kimyoviy bardoshlikka ega.
Bu materiallarning asosiy kamchiligi – mо‘rtlik va chо‘zilishda mustahkamligining kamligidir.
KSM asosida dvigatelning butun motoresursi davomida almashtirishni talab qilmaydigan ishqalanish uzellari (tirsakli val о‘zak vkladishlari va porshen halqalari) ishlab chiqiladi. KSM asosli ishqalanish uzellarining issiqligi samarali olib ketilsa, KSMlar uzoq muddat qо‘shimcha moy keltirilmasdan ishlashi mumkin. Kо‘p KSMlar suyuq va konsistent moylari bilan birga yaxshi ishlaydi.



Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə