14-Ma’ruza mavzu: Plastik moylar


Kimyoviy aktiv qoplamalar, yumshoq metallar va polimer materiallari



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə4/9
tarix30.12.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#166798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TVIEM fani Ma\'ruza -14

2. Kimyoviy aktiv qoplamalar, yumshoq metallar va polimer materiallari
Kimyoviy aktiv qoplamalarning moylovchi ta’sirining mexanizmi ba’zi moddalar (oltingugurt, xlor, fosfor, azot va boshqalar)ning moylanayotgan sirt materiallari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ularda moylovchi xossalarga ega bо‘lgan xemosorbiyalangan plyonka-qoplamalar (sulfidli, xloridli, fosfidli, fosfatli) hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Kimyoviy aktiv moddalar moy yoki konsistent surkov moyiga kiritiladi, bunda plyonka hosil bо‘ladi yoki ishqalanish jarayonida qayta tiklanadi (agar plyonka butunligi buzilgan bо‘lsa). Ba’zan detallarni tayyorlashda ishqalanuvchi yuzalarda xemosorbiyalangan plyonka hosil qilish uchun bu yuzalarga maxsus ishlov (sulfidlash, fosfatlash, xromlash va sh.k.) beriladi.
Yumshoq metallar (qо‘rg‘oshin, indiy, qalay, kadmiy, kumush, oltin va boshqalar)ning kesilishga mustahkamligi kam, shuning uchun ular mustahkam asosga yupqa qatlam (plyonka) kо‘rinishida berilib, surkov moyi sifatida ishlatilishi mumkin. Bu metallar plyonkasi о‘zini kо‘p jihatdan moyga о‘xshash tutadi. Bundan tashqari ular ishlab moslashish (prirabotka)ni yengillatish va tezlatish xususiyatiga ega. Yumshoq metallarni moylash uchun qо‘llash imkoniyatini belgilovchi talab – ularning о‘zak materialga yuqori adgeziyasi va kontrjism materialiga past adgeziyasidir.
Ba’zi polimer materiallar – ftoroplast-4 (teflon), kapron, neylon, polietilen, politetraftoretilen, poliamid va boshqalar moylovchi xossaga ega. Ular ishqalanish sirtiga turli qalinlikdagi plyonkalar kо‘rinishida beriladi yoki ulardan ishqalanuvchi yuzalar orasiga qо‘yiladigan presslangan ichqoʻyma (vkladish) sifatida foydalanishadi. Polimer materiallar asosidagi qattiq moylarning qо‘llanilishi ularning termik stabilligining pastligi hamda issiqlik о‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining kichikligi va issiqlikdan kengayish koeffitsiyentining kattaligi bilan cheklanadi.
Polimer qattiq surkov moylari materiallarining mexanik xossalari yetarli emas, shu sababli mustahkamligini ta’minlash uchun ular armirlanadi. Armirovka qilishning ikki usuli mavjud: polimer strukturasiga armaturali reshetkalar kiritiladi yoki polimerga g‘ovak material shimdiriladi. Armirovka qilish uchun foydalanilgan material ishqalanish sirtlariga nisbatan yumshoqroq bо‘lishi kerak. Ushbu prinsip bо‘yicha yaratilgan qattiq moylovchi materiallar kompozitsion moylovchi materiallarga kiradi.

Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə