Mustaqil ish mavzu: O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashsish mexanizmlari



Yüklə 334,53 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü334,53 Kb.
#133128
Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari Isayev Shuhrat 301

MUSTAQIL ISH Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari

Bajardi:301-guruh talabasi Isayev Shuhrat

REJA Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar. .O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” Qonuni.

Ma’lumki “korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio» suzidan olingan bulib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi yana “korroziya” suzi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni xam beradi. Shundan kelib chikib bu suzni ijtimoiy kurinishi xokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan ma’noni beradi.Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi ko‘hnadir. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi: ―Har qanday davlat tuzumida eng muhimi – bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etishki, mansabdor shaxslar qing‘ir yo‘l bilan boylik orttira olmasin‖. Pora olish va berish Qadimgi Rimda amal qilgan 12 jadval qonunlarida tilga olingan. Ibtidoiy va ilk sinfiy jamiyatlarda kohinga, qabila oqsoqoliga yoki harbiy boshliqqa muayyan imtiyozni qo‘lga kiritish uchun haq to‘lash tabiiy bir hol sifatida qaralgan. Davlat apparatining murakkablashuvi va professionallashuviga qarab vaziyat o‘zgarib borgan. Oliy martabali amaldorlar quyi turuvchi―xizmatchilar‖ faqat tayinlangan maosh bilan qanoatlanishlarini talab qilganlar. Quyi daraja amaldorlar esa, aksincha, o‘z xizmat vazifalarini bajarganlik uchun arzgo‘ylardan yashirincha qo‘shimcha haq olishni (yoki talab qilishni) ma’qul ko‘rganlar.

Korrupsiya haqidagi eng qadimgi qaydlardan biriga qadimgi Bobilning mixxatda yozilgan bitiklarida duch kelingan. Miloddan avvalgi uchinchi ming yillikning o‘rtalariga taalluqli bo‘lgan matnlarda aytilishicha, shumer podshosi Urukagin o‘sha zamonlardayoq qonunga xilof haq olishga ruju qo‘ygan sudyalar va amaldorlarning qonunbuzarliklariga chek qo‘yish muammosini yechish yo‘llarini izlagan. Shunga o‘xshash masalalarga qadimgi Misr hukmdorlari ham duch kelgan. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida topilgan hujjatlar miloddan avvalgi 597-538 yillarda, yahudiylar Bobil podshosi tomonidan asirga olinganidan keyingi davrda, Ierusalimda korrupsiya ayniqsa avj olganidan dalolat beradi.

Professional davlat amaldorlari hali mavjud bo‘lmagan antik jamiyatlar tarixining ilk bosqichlarida (qadimgi yunon shahar-davlatlari, respublika Rimi) korrupsiya deyarli bo‘lmagan. Bu hodisa antik davr tanazzulga yuz tutgan bosqichdagina vujudga kelgan. Bu davrda korrupsiya domiga ilingan davlat amaldorlari haqida: ―U boy viloyatga kambag‘al bo‘lib kelib, kambag‘al viloyatdan boy bo‘lib ketdi‖, deyishgan. Ayni shu davrda rim huquqida "corrumpire" degan maxsus atama paydo bo‘lgan, u ―buzish, ―pora evaziga og‘dirish iboralarining sinonimi hisoblangan va mansab mavqeini suiiste’mol qilishning har qanday ko‘rinishlarini ifodalashga xizmat qilgan. Markaziy hukumat hokimiyati zaif bo‘lgan joylarda (masalan, ilk o‘rta asr davrida Yevropada) xizmat mavqeidan aholidan o‘z cho‘ntagiga haq undirish uchun foydalanish aksariyat hollarda umum e’tirof etilgan me’yorga aylangan.

Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan, globallashuv jarayonlari avj olib borayotgan bir vaqtda korrupsiya atalmish dahshatli illatning bir davlat emas, balki butun bir mintaqa yoki jahon taraqqiyotiga tahdid solayotganligi xavotirli. Ta’kidlash lozimki, korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi. Bugungi kunda jahon hamjamiyati shunga amin bo‘lmoqdaki, korrupsiya illati, odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik vositalari savdosi, qurol- yarog‘ savdosi kabi xalqaro jinoyatlar bilan bevosita bog‘liq. Umuman olganda, korrupsiya ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan qaraganda huquqni himoya qilish organlarining faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish, uni bartaraf etish ko‘p hollarda unga sabab bo‘luvchi omillarni, holatlarni va shart-sharoitlarni aniqlashdan va ularni bartaraf etishdan, shuningdek unga qarshi kompleks kurashishdan iborat bo‘ladi.

Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan. Shu bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari belgilangan bo‘lib, bu organlarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti kabi davlat organlari kiradi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 334,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə