Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali cad, cam, cae fanidan



Yüklə 110,54 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü110,54 Kb.
#166031
  1   2   3   4   5   6   7   8
Asilbek Maxmaturayev


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
SHAHRISABZ FILIALI










CAD, CAM, CAE FANIDAN



MUSTAQIL ISH
BAJARDI: Maxmaturayev Asilbek
TEKSHIRDI: NORQOBILOV A.
QABUL QILDI:NORQOBILOV A.


SHAHRISABZ-2023

TOPSHIRIQ:
Solidworks dasturidan foydalanib qiyida o’lchamlari bilan keltirilgan detal eskizi chizilsin va aylantirish usulidan foydalanib uch o’lchamli shakli yaratailsin.

MUSTAQIL ISHNI BAJARISH TARTIBI:
Berilgan topshiriq bo’yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilsin. Detal yig’ma birlik shaklini chizish va uch o’lchamli holatini aks ettirish uchun Solidworks dasturidan foydalanilsin.
TAVSIYALAR:
1. Nazariy va amaliy ma’lumotlar olish uchun tegishli fan o’qituvchilariga murojaat etish;
2. SOLIDWORKS 2014 dasturidan foydalanish uchun 210-xonadagi kompyuterlardan foydalanish;
3. Yordamchi videomateriallar va qo’llanmalar uchun https://www.youtube.com/watch?v=nQ9ulayGTzk&list=PLguMKVBhzEbUUOnoIZKJ2SwtJE9ugqJRT havolasidan foydalanish mumkin.
  1. KIRISH


Kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi va uni hayotning barcha sohalarida amaliyotga tadbiq yetilishi bugungi kunda har qanday bilim sohasi bo‘yicha malakali mutaxassis, kompyuter olamida puxta bilimga ega bo‘lgan va zarur dasturiy vositalarda ishlay oladigan muxandis bakalavrlar tayyorlashni talb etadi . Professional zamonaviy muhandislik faoliyati muqarrar avtomatik dizayn tizimlari, avtomatik ishlab chiqarish va avtomatik loyihalash dasturi tizimlardan foydalanish bilan bog‘liq. Bunday tizimlarga AutoCAD, Corel Draw, Kompas, Unigrafika va Solidworks kabi tizimlar kiradi. Bu dasturlar murakkab shakldagi detallarni kompyuterda modellashtirish, keyinchalik avtomatik ravishda chizmalar ishlab chiqarish va maxsus mashina va jihozlar uchun nazorat dasturlarini ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi.
SolidWorks -ishlab chiqarishni loyihalash va texnologik tayyorlash bosqichlarida sanoat korxonasi ishini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy paketdir. U har qanday murakkablik darajasidagi detallarni ishlab chiqarishni avtomatik loyihalash uchun qo’llaniladi. SolidWorks dasturi yordamida loyihachi uch o‘lchovli modellarni yaratish va undan Konstruksion hujjatlarning yagona tizimi talablariga muvofiq ikki o‘lchovli chizmalarni avtomatik ravishda shakllantirish imkonini beruvchi uch o‘lchovli qattiq jism va sirtlarni dizayn loyihalash dasturidir. SolidWorks dastur bir qator amaliy modullarni o‘z ichiga olgan dasturdir. Uch o’lchamli loyihalash, proeksiyalash tekisliklariga ko’ra ikki o’lchamli loyihalash, animatsiyalar bilan ishlovchi Solid Works Simulation shular jumlasidandir. Bu modul chekli element usuliga asoslangan bo'lib elastik zonadagi kuchini hisoblash, deformasiyalangan qattiq jism mexanikasi masalalarini yechish imkonini beradi. Ushbu modul qismlar va yig‘inlarni statik tahlil qilish, dizaynni optimallashtirish va qo‘shimcha material uchun keraksiz xarajatlardan qochish imkonini beradi. Bu modul yordamida qurilishda mustahkamlikka hisoblashni yengillashtirish, oqilona iqtisodiy jihatdan tejamli qulay va amaliy yechimlar qilish mumkin. Solidworks dasturiy vositasidan ta'lim jarayonida foydalanish texnik ta'lim yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda eng muhim rol o'ynashi mumkin. Bu avtomatik dastur yordamida “Texnik mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Konstruksion materiallar” va shu kabi ko’plab texnik soha fanlari bo‘yicha hisob grafik ishlarni bajarishda fodalanish mumkin. Bundan maqsad ushbu turdagi fanlarda talabaning asosiy kompetensiyalarini shakllantirish, ya'ni:

  • fikrlash madaniyatini oshirish, mexanika sohasidagi axborotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, maqsadlar qo‘yish va ularga erishish yo‘llarini tanlash;

  • texnik og‘zaki va yozma nutqni mantiqan to‘g‘ri va aniq qura olish qobiliyati;

  • o‘z-o‘zini rivojlantirish, mexanika sohasidagi malaka va ko‘nikmalarini oshirish, hisob grafik ishni hisoblashni egallashtirish;

  • eksperimental tadqiqotlar natijalarini qayta ishlash;

  • hisoblash va loyihalash uchun manba ma'lumotlarini to‘plash va tahlil qilish qobiliyati;

  • mashinalarni loyihalashda axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularning ishini tashkil yetish qobiliyatini oshirish;

  • ma'ruza darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash;

  • dasturiy paketlar yordamida matematik modellashtirish va hisoblash tajribalarini o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • kompyuter modellashtirish natijalarini taxlil kilish va optimallashtirish uchun qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirish;

  • kompyuter ko‘nikmalarini mustahkamlash.

Yüklə 110,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə