Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali cad, cam, cae fanidan



Yüklə 110,54 Kb.
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü110,54 Kb.
#166031
1   2   3   4   5   6   7   8
Asilbek Maxmaturayev

2.4. Kompyuterda modellashtirish
Rivojlangan mamlakatlar “to‘rtinchi sanoat revolyutsiyasi” ostonasida turgan bir paytda, mamlakatimizni innovatsion rivojlanish yo‘lidan jadal odimlashini, “raqamli va bilim iqtisodiyot”iga o‘tishni taʼminlash, “aqlli, energiyatejamkor loyihalar” konsepsiyalarini hayotga tatbiq etish, hududlarning barqaror rivojlanishi, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, mamlakatning investitsion jozibadorligini yuksaltirish dolzarb masalalardan biridir.
O‘tgan asrda kompyuterda modellashtirish zamonaviy fanning deyarli barcha sohalarida rivojlanishning ajralmas qismiga aylandi. Kompyuter simulyatsiyalari fizika, astronomiya, klimatologiya, kimyo, biologiya, materialshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar va muhandislik sohasida sistemalarni modellashtirish uchun zarur vosita bo‘lib qoldi.
Modellashtirish tajribadan ustun
Sistemalar va ularning tabiatini zamonaviy texnologiyalar yordamida erishib bo‘lmaydigan nanoo‘lchamdagi aniqlik bilan tushunish uchun kompyuter simulyatsiyasidan foydalanish mumkin. Agar bizda baʼzi sistemalarning eksperimental kuzatish asosida qanday harakat qilishini tahlil qilib beradigan maʼlumotlar mavjud bo‘lsa, biz ushbu hodisalar qanday sodir bo‘lgani yoki aslida nima sababdan yuz bergani haqidagi savollarga javob berishimiz mumkin.
Quyida modellashtirishning bir qator afzalliklarini keltiramiz:
Xavfsizlik – odamga yoki atrof-muhitga zarar bermasdan sinab ko‘rish yoki tajriba o‘tkazish.
Prototip – yakuniy mahsulot ishlab chiqarilishidan avval yangi mahsulotlarni loyihalash va sinash uchun modellardan foydalanishdan iqtisodiy tejash.
Bashorat qilish kelajakka boqib, ehtimoliy taʼsirlarni yoki yo‘qotishlarni taʼkidlab, muammolar paydo bo‘lishidan oldin ularga yechim topish.
Vizualizatsiya – tizimdagi munosabatlarni ko‘rish, tushunish va tahlil qilish. Jarayonni vaqt bo‘yicha tezlashtirish yoki sekinlashtirish.
Takrorlash – model sistemani turli xil ssenariylar asosida parametrlarni o‘zgartirib qayta takrorlash.
Yuqorida taʼkidlanganidek, kompyuterda modellashtirishni juda ko‘plab sohalarda qo‘llash mumkin, masalan:

Yüklə 110,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə