Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali cad, cam, cae fanidan



Yüklə 110,54 Kb.
səhifə5/8
tarix30.12.2023
ölçüsü110,54 Kb.
#166031
1   2   3   4   5   6   7   8
Asilbek Maxmaturayev

Materialshunoslikda – uglerod nanotrubkalari o‘sish mexanizmlarini tushunishda. Uglerodli nanotrubkalarni texnikada keng qo‘llanilishini sekinlashtirib turgan omil — bu 100 foiz bir xil tipdagi nanotrubkani sintez qilish. Tajriba sharoitida o‘sish bir necha soniyada ro‘y beradi. Ushbu jarayonga taʼsir qilayotgan faktorlarni baholash va bir xil tipdagi nanotrubkalarni sintez qilish uchun kompyuter modellaridan foydalanish qo‘l keladi.


Qishloq xo‘jaligi va toza ichimlik suvi muammosini yechishda – dengiz va dunyo okeanlaridagi suvni filtrlash va iqtisodiy samarador filtrlarni kashf qilishda. Filtrlarni turli xil dizaynlarini shakllantirish va kompyuter modellari yordamida sinab ko‘rish muammoga yechim topishni tezlashtiradi.



Mashinasozlik sanoatida– samarali aerodinamik dizaynni yaratishda. Masalan, mashina va aviatsiya sanoatlarida qarshilikni kamaytirish orqali yoqilg‘i tejamkorligiga erishish asosiy vazifa hisoblanadi. Albatta, kompyuterda modellashtirish yordamida havo qarshiligini kamaytiradigan optimal dizaynlarni ishlab chiqish mumkin. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishga sezilarni taʼsir ko‘rsatadi va iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun muhim rol o‘ynaydi.



Gidrotexnik inshootlari qurilishida – gidrotexnik inshootlarning kuchlanish holatini modellashtirish, tahlil qilish muammoga yechim topishni tezlashtiradi.


3. AMALIY QISM


3.1. SolidWorks grafik muharriri
SolidWorks” dasturi ishga tushiriladi. Dastur ishga tushirilgandan so’ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari (Параметры) o’rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o’qituvchi tomoidan o’rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.
Ish stoli quyidagi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin:

Параметры

Выбор

Свойства файла

Перестроит (Ctrl+B)

Отменить ввод (Ctrl+Z)

Печать (Ctrl+P)

Сохранить (Ctrl+S)

Открыть (Ctrl+О)

Создать (Ctrl+N)

Menu paneli bilan tanishamiz (Faol tugmalardan biri tanlansa interaktiv oyna ochiladi va unda kerakli parametrlar tanlanadi):
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə