Mavzu: Oʻrta osiyo xonliklarini rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Reja: kirish



Yüklə 83,03 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü83,03 Kb.
#142745
  1   2   3   4   5   6   7
1-MAVZU. Oʻrta Osiyo xonliklarini Rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari.


MAVZU: OʻRTA OSIYO XONLIKLARINI ROSSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI VA MUSTAMLAKACHILARGA QARSHI XALQ HARAKATLARI.


REJA:
KIRISH

  1. Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi ekspedtsiyasi sabablari.

  2. Rus qoʻshinlarining Qoʻqon xonligi hududlaridagi harbiy harakatlari.

  3. Rus qoʻshinlarining Toshkentga yurishi, shaharning egallanishi.

  4. Rossiya – Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya protektoratiga aylanishi

  5. Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi va Xiva xonligining Rossiya protektoratiga aylanishi.

  6. Oʻrta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati va uning keskinlashuvi sabablari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





KIRISH
Kavkaz, Volgaboʻyi, Sibir va Oʻrta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy orzusi edi. Rossiya podshosi Ivan Grozniy ana shu orzuni amalga oshirishni boshlab berdi. U XVI asr ikkinchi yarmida Qozon, Ashtarxon va Sibir xonliklarini bosib oldi.
Rus davlati endi afsonaviy boyliklar makoni deb shuhrat topgan Oʻrta Osiyo mintaqasiga koʻz olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng koʻlamda josuslik ma’lumotlarini toʻplay boshladi. Bu holat “Moskva savdo kompaniyasi” deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jenkinson boshchiligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon boʻldi. Antoni Jenkinson Richard va Robert Jonsonlar bilan birgalikda 1558 yilning aprelidan to 1559 yilning 2 sentyabrigacha Buxoroda boʻldi, u yerda Abdullaxon II bilan uchrashdi. Shayboniylar sulolasining salohiyatli va mashhur vakillaridan hisoblangan Abdullaxon rus podshosining elchisi bilan boʻlgan suhbatda Rossiya, Angliya va Turkiya davlatlarining harbiy qudrati, qurol-aslahasi haqida ma’lumot olishga qiziqqan boʻlsa, Jenkinson va uning hamrohlari Buxoroning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqaro aloqalari haqida imkon qadar koʻproq ma’lumot toʻplashga intiladilar.
Rus davlaati bundan keyin ham zoʻr berib Oʻrta Osiyo xonliklari haqida ma’lumot yigʻishda davom etdi. 1620 yilda Ivan Xoxlov, 1669 yilda B.A. va S.I.Pazuxinlar, 1675 yili esa V.A.Daudov boshchiligidagi elchilarini Oʻrta Osiyo xonliklariga joʻnatdi. Ular Buxoro, Xiva, Urganch va Balxda boʻlishib, oʻzbek xonliklarining iqtisodiy-siyosiy va harbiyy ahvoli bilan yaqindan tanishdilar. Manbalarda XVII asrda Buxoro va Xiva xonliklarida Rossiyaning 9 elchisi boʻlganligi qayd etilgan1.
Kapitan Ivan Buxgolts, Aleksanr Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyalari magʻlubiyaga uchragach, Pyotr I Florio Beneveni boshliq elchilarni joʻnatib, Buxoro xonligining iqtisodiy, harbiy, fuqarolik va diplomatik ahvoli haqida yetarli tasavvurga ega boʻlmoqchi edi.


  1. Yüklə 83,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə