Buxoroning mudofaa inshootlari



Yüklə 117,29 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü117,29 Kb.
#181939
  1   2   3   4   5
1-Мустакил иш - копия (13)


BUXORONING MUDOFAA INSHOOTLARI
Kampirak devor – Buxoro vohasining ihota devoir.
Bizning yurtimizda ham qadimda me’morchilikning muhim tarmog‘i bo‘lgan mudofaa me’morchiligiga katta e’tibor berilgan. Xususan, ulkan devorlar qurilishi uzoq tarixga ega bo‘lib, o‘z an’analari va turli xil sermazmun atamalarga ega qadriyatlardan hisoblanadi. Qadimgi Buxoro vohasini o‘rab olgan Kampirak devor shular jumlasidandir.
Devor-qal’a, qo‘rg‘on va shahar (hatto biror davlat)ni o‘rab, dushman hujumidan mudofaa qilish uchun quriladigan inshoot. Mudofaa devorlari – aholini dushman hujumidan saqlash maqsadida qadimgi dehqonchilik vohalari atrofiga qurilgan devorlar. Mudofaa devorlari bunyod qilishdan asosiy maqsad vohani ko‘chmanchilarning hujumidan himoya qilish, shuningdek, vohadagi o‘troq aholini chet el bosqinchilari istilosi va hukmronligi hamda mahalliy zo‘ravonlarni ularga yordamlashib turgan ko‘chmanchi qabilalardan ajratib, yakkalab qo‘yish, itoatkorlikda saqlash edi.
Qadimgi Buxoro, Sug‘d, Usrushona vohalari atrofidagi devorlar o‘zaro tutashtirilib, alohida vohalarnigina emas, balki butun bir mamlakatni o‘ragan yagona mudofaa tizimiga aylantirilgan.
Kanpir devor, Kampir devor, Devori kan(m)pirak—O‘rta Osiyoda dehqonchilik vohalarini ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo qilingan mudofaa inshootlari tizimining xarobalari. Ma’nosi “qazilgan” (choh) demaqdir. Talaffuzda “n” bilan “m” almashuvi kuzatiladi. Pir so‘zi esa qadimiy payrya—aylana, o‘rov ma’nosida. Demak kan(m)pir so‘zining o‘zi xandakli devor degani. Devor so‘zi kanpir so‘zining tub ma’nosi unutilganda qo‘shilgan.
Qadimgi Buxoro vohasidagi shahar qishloqlarni o‘rab olgan mudofaa devori (Devori kanpirak). M.Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridagi ma’lumotga ko‘ra, Kanpir devor 782—831 yillarda qurilgan. Mas’udiyning yozishicha, Kanpir devor qadimgi Sug‘d podsholari zamonida bino qilingan.
Narshaxiy ma’lumoti Kanpir devor qayta tiklangan davriga to‘g‘ri keladi. Kanpir devor xarobalarini arxeologik jihatdan o‘rganish yozma manbalardagi ma’lumotni to‘la tasdiqladi. Mas’udiy xabar qilgan dastlabki ko‘hna devor Narshaxiy yozgan Kanpir devorga qaraganda ancha kichik maydonni egallagan. Sun’iy marza holida saqlangan. Kanpir devor xarobalarining eni 25—35 m, bal. 1-3 m, ba’zi yerlarda 4 m gacha yetadi. Dastlabki vaqtlarda uning kengligi 12—14 m, bal. 8—10 m, uz. 336 km bo‘lgan. Qadimgi Sug‘d vohasini o‘rab olgan Kanpir devor VIII asr oxiri — IX asr boshlarida bino qilingan. Uzunligi 120 km. Sun’iy ko‘tarma holida saklangan Kanpir devor xarobasining kengligi 15—20 m, balandligi 2—4m; VIII — IX-asrlarda O‘rta Osiyoda arablar hukmronligi davrida Buxoro, Sug‘d va Usrushona vohalari atrofidagi Kanpir devorlar bir-biri bilan tutashtirilib, yagona mudofaa tizimi vujudga keltirilgan.
Kanpir devorlar ko‘chmanchi qabila, elatlarning o‘troq dehqonchilik vohalariga bosqinchilik, talonchilik yurishlariga qarshi to‘siq hosil qilish uchun bino etilgan. Ularning yo‘nalish chiziqlari Buxoro, Sug‘d, Usrushona, Toshkent va G‘arbiy Farg‘ona vohalarining VIII — IX-asrlardagi obod yerlari chegaralari va katta-kichikligini aniqlashga yordam beradi. X-asrda (Somoniylar davrida) Kanpir devorlar o‘z ahamiyatini yo‘qotib, xarobaga aylana boshlagan.
Narshaxiy Buxoro tarixi asarida Buxoro shahrining devori to‘g‘risida quyidagi fikrlarini bayon qiladi. Buxoro xalqi Xuroson amiri Muhammad ibn Abdulloh ibn Talxa at-Tohirin tomonidan Buxoro amiri bo‘lib turgan Ahmad ibn Xoliddan: “Shahrimiz atrofida devor bo‘lishi kerak, toki biz kechasi darvozalarni berkitib, o‘g‘rilar va yo‘lto`sarlardan tinch bo‘laylik”,—deb iltimos qildilar. Shundan keyin u devor qurishga buyurdi va juda yaxshi mahkam devor qurib, minoralar qurdilar, darvozalar o‘rnatdilar. Bu ish ikki yuz o‘ttiz beshinchi yilda (849yil 26- iyul, 850 yil 14- iyul) tamom bo‘ldi; har qachonki biror lashkar Buxoroga qasd qilsa devorni qaytadan tuzatishar edi. Arslonxon o‘z (hukmronligi) davrida eski devorning oldiga boshqa (yangi) devor (ham) urishga buyurdi va ikkala devor bir-biriga yopshiib mustahkam bo‘ldi. (Lekin keyinroq) bu devor ham buzilib ketdi. Besh yuz oltmishinchi yili (1164 yil 18- noyabr, 1165 yil 6- noyabr) odil va bilimdon hoqon, dunyo va dinning suyanchig‘i Mas’ud Qilich Tamg‘ochxoning,—xudouning yotgan yerini nurlantirsin,— buyrug‘i bilan Buxoro shahri eski devorining tashqarisidan devor qurdilar; u ham vayron bo‘ldi. Olti yuz to‘rtinchi yili (1207 yil 28 -iyul, 1208 yil 15 -iyul) Xorazmshoh Muhamad ibn Sulton Takash Buxoroni oldi va yana sirtdan devor qurishga buyurdi; ikkala devorni yangiladilar. Olti yuz o‘n oltinchi yili (1219 yil 19- mart, 1220 yil 7 -mart) tatar lashkari kelib Buxoroni oldi va u devorlar yana vayron bo‘ldi.
Akademik Abdulahad Muhammadjonovning ma’lumot berishicha, Buxoroda o‘tkazilgan arxeologik ekspeditsiya natijasida moddiy madaniyat izlari orasida 15,5 metr hamda 18,5 metr chuqurlikda kovlab ochilgan qadimgi ikki mudofaa devorlari qoldiqlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi mudofaa devori 2,5-3, ikkinchisi 2-2,5 metr balandlikda saqlangan. Miri Arab madrasasining yaqinida olib borilgan qazishmalar chog‘ida 4,5 metr chuqurlikda shaharning qadimgi mudofaa devorlari qoldiqlari qayd etildi. Devor paxsa hamda xom g‘ishtdan bo‘lib, 5-6 metr balandlikda saqlangan. Ushbu mudofaa inshooti V-VI asrlarda qad ko‘targan bo‘lib, bir necha bor ta’mirlanib, qayta-qayta tiklangan. Shu sababdan ilk o‘rta asrlarda kelib uning kengligi 17 metrga etgan.
Professor M.E.Masson ham Kanpirak devori haqida biroz ma’lumot berib, u manbalar asosida devorning uzunligini 200 kilometr deb aniqlagan. Qadimgi Buxoro vohasining obod yerlarini tashqi dushmandan mudofaa qilish uchun qurilgan bu devorning uzunligi 350-400 kilometr masofaga cho‘zilgan bo‘lib, uning kengligi 12-14 metr va balandligi 8-10 metr bo‘lgan. Asrlar davomida tabiat kuchlari va o‘zaro urushlar natijasida devor nurab yemirilib, hozirgi uzun ketgan sun’iy bir qir holiga kelib qolgan. Qirning balandligi turli joylarda har xil bo‘lib, o‘rta hisobda 1 metrdan 3 metrgacha, hatto 4 metrgacha etgan. Uning kengligi ham har joyda turlicha saqlangan va o‘rtacha 20-30 metrni tashkil etadi.
Buxoro devori ko‘plab hukmdorlar tomonidan qayta qurilib ta’mirlangan. Xususan Ahmad ibn Xolid, Mas’ud Qilich Tamg‘ochxon, Xorazmshoh Muhammad ibn Sulton Takash davrlarida devor yangidan qurilib, ta’mir etilgan. Ammo Somoniylar hukmdori Ismoil Somoniy Buxoro devorini qurishni ham, tuzattirishni ham rad etgan va u: “To men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo‘laman” deb, ustiga olgan vazifani to‘la bajargan, u doimo janglarda o‘zi qatnashgan va Buxoro viloyati ustidan dushmanlarning zafar topishiga yo‘l qo‘ymagan.
Buxoro shahrining mudofaa devorlari mustahkam qurilganligi tufayli, u “misdan quyilgan shahar” yoki “misdan yasalgan istehkom”ga ramziy qiyos qilinib, unga “mis shahar” ma’nosini anglatuvchi “Madinat us-sufriya” atamasi berilgan. Bundan tashqari Buxoroning mustahkam qo‘rg‘on shahar ekanligiga nisbat berilib, Numijkat, Bumiskat, deb atalgan. Bu nomlardan birinchisi Navmichkat, u uchta fors-tojikcha “nav”-yangi, “mich”-qal’a, istehkom va “kat”- qishloq kabi so‘zlardan iborat bo‘lgan. U “Yangi qal’a”, “Yangi qo‘rg‘on” ma’nolarini anglatgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, Buxoro hududlari mustahkam va qalin mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan hamda o‘z davrining qudratli davlati hisoblangan.

Yüklə 117,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə