Buxoroning mudofaa inshootlari



Yüklə 117,29 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü117,29 Kb.
#181939
1   2   3   4   5
1-Мустакил иш - копия (13)

5.3. Buxoroning 11 darvozasi.
Buxoroning 7 tilga olingan darvozalar Chingizxon bosqini (XIII asrning boshi) davrida ancha vayron etilgan edi. Oradan bir necha asr o‘tgach esa Shayboniy hukmdorlardan biri Abzulazizxon Buxoro qal’asini qayta tiklashga qo‘l uradi. 1557-1560 yillarda u Buxoro qal’asi hududini kengaytirib, himoya devorlarini qaytadan tiklashga kirishadi. Natijada oldingiga nisbatan ancha kengaytirilgan shaharga endi yettita emas, o‘n bitta darvoza orqali kirib kelinadigan bo‘ladi. Bu quyidagi darvozalar:
1) Qarshi darvozasi
2) Mazor darvozasi
3) Samarqand darvozasi
4) Hazrat Imom darvozasi
5) O‘g‘lon darvozasi
6) Talipoch darvozasi
7) Shergiron darvozasi
8) Qarako`l darvozasi
9) Shayh Jalol darvozasi
10) Namozgoh darvozasi
11) Salloxon darvozasi
Buxoro uzoq tarixi davomida bir necha bor urushlar natijasida vayron qilingan. Ayniqsa, Qoraxoniylar bilan Somoniylar o‘rtasidagi kurashlar davrida, Chingizxon hujumi oqibatida shahar devor va darvozalari buzib tashlandi. XVI asrda shayboniylardan Abdullaxon II davrida Buxoro atrofi yangi devor bilan o‘rab olindi va darvozalar qurildi.
Tarixiy davrlar o‘tishi bilan Buxoro darvozalarini nomlash ham o‘zgarib bordi. XIX asr o‘rtalariga kelib Buxoro darvozalari: Sallaxona, Qavola Mahmud, Qarshi, Bahovuddin, Fayzobod, Samarqand, Imom, O‘g‘lon, Talipoch, Shirgiron, Qorako‘l nomlari bilan yuritilgan. XX asr boshlarida Buxoro shahrining darvozalari quyidagicha nomlangan: shaharning shimolda Imom va Samarqand, janubda Shayx Jalol, Namozgoh va Sallaxona; sharqida Mozor va Qarshi; g‘arbida O‘g‘lon, Talipoch, Shirgiron va Qorako‘l.
1920-yilning kuzida sho‘ro mustabidlarining Buxoro bosqinida, o‘nlab obidalar qatori Buxoro darvozalari ham katta shikast ko‘rdi, ko‘plari buzib tashlandi, yondirildi va yo‘qotildi. Hozirgi kunda Qorako‘l va Talipoch darvozalari o‘tmish yodgorligi sifatida bir qadar saqlanib qolingan.
Buxoroning mahobatli darvozalari sharif shaharning noyob me’moriy obidalari sirasiga kiradi. Muharrixlarning ma’lumot berishlaricha, VIII-XVII asrlarda Buxoroda ettita darvoza mavjud bo‘lgan. Asrlar o‘tib, aholi sonining oshishi hamda shahar hududi kengayishi tufayli ular soni avvaliga o‘n bittaga yetgan.
Quyida Buxoroning o‘n ikki darvozasi haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
1.O‘g‘lon Darvozasi. Buxoroi sharifning mazkur mahobatli darvozasi Chorbaqoli yaqini, qadimiy Romitan qo‘rg‘oniga boradigan katta yo‘l yoqasida joylashgan. Shimoliy tomonda O‘lon Ato mahallasi, janubda Nog‘orachilar mahallasi bo‘lgan. Darvoza va unga tutash O‘g‘lon Ato madrasasi va masjidi 1948-1950 yillarda buzib tashlandi. Ayni paytda bu joyda dehqon bozori qad rostlagan.
2. Hazrati Imom Darvozasi. VIII asrgacha Darvozai Navs (Yangi darvoza) deb yuritilgan. So‘ngra buxorolik mashhur ulamo Abu Hafs Kabir imom Buxoriy (767-832-yillar) sharafiga Haqroh darvozai imom, deb atala boshlangan. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Abu Hafs Kabirning qabrlari ham shu darvoza yonidagi tepalikda joylashgan. Abdullaxon tomonidan qayta ta’mirlangan. Samarand yo‘li orqali keladigan G‘ijduvon, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardan, uzoq xorijdan kelgan mehmonlar, savdogarlar shu darvozadan shaharga kirishgan. Darvoza yaqinida aravasozlik, yog‘och materiallari, eshik, deraza bozori bo‘lgan. Keyinchalik amir Abdulahad, Amir Olimxon davrida yozgi saroy-Sitorai Moxi Xossaga eltuvchi yo‘l shu darvoza orqali o‘tgani bois, bu maskan savdogarlar uchun juda ahamiyatli hisoblangan. O‘tgan asrning 60-yillarida shahar kengayishi bahonasida buzilgan inshoot o‘rnida hozir darvoza asl qiyofasi asosida qayta bunyod etildi.
3.Mozori Sharif Darvozasi. Abdullaxon Buxoroni kengaytirgan vaqtida Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga boradigan yo‘lda ushbu darvozani qurdiradi. Darvozaning yonidan Shohrud arig‘i o‘tgan. Haftaning har seshanba-chorshanba kunlari, ayniqsa hayit bayramlarida darvoza oldi Markaziy Osiyoning turli shaharlaridan keluvchi ziyoratchilar tashrifi tufayli gavjumlashgan.
4. Qavola (Qarshi) Darvozasini ba’zi manbalarda darvozai Rangrez , deb ham yuritishgan. Shayxi Rangrez matolarga gul bosishda g‘oyat hunarmand, karomatgo‘y avliyo ham bo‘lgan ekan. Uning karomatlarini ko‘rgan Shayxul Olam Sayfiddin Boharziy (XIII asr) shogirdini haqqa yetgan deb hisoblab, unga o‘z qishloqlaridan birini hadya etgan. Keyinchalik Abdullaxon shaharni kengaytirgani chog‘ida ushbu qishloq ham qal’a devori ichida qolgan. Unda qurilgan darvoza esa Qavola, deb yuritila boshlandi. Ammo darvoza asosan Qarshi, Kesh aholisining asosiy kirish joyi hisoblangani bois, mahalliy aholi uni Qarshi darvoza, deya atay boshladi.
5. Salloxona darvozasi. Salloxona yoki Mir-Mas’ud darvozasining tashqi tomonida amir askarlari joylashgan bo‘lib, bu yerda 1920 yillarga qadar harbiy mashq o‘tkazilgan. Sobiq sho‘ro davrida ancha vaqtlar parad va anjumanlar shu maydonda o‘tkazilar edi. Salloxona darvozasi Abdulazizxon tomonidan 1540-1549 -yillarda qadimiy devor bilan birga qurilgan. O‘sha davrda ziyoratchilar uchun maqbara, masjid, hovuz, quduq va hujralar bunyod etilgan. Afsuski, ular bizning davrimizgacha etib kelmagan. Salloxona darvozasi haqidagi ma’lumotlar vaqf hujjatlarida (1683-1684- yillar) uchraydi. Darvozaning balandligi 11 metru 10 sm, kengligi 21 metr, asosi bir yarim metrni tashkil etgan. Usti 21 ta gultojdan tuzilgan, “guldasta” lar ikki qavatli bo‘lib, qorovullar turadigan xonasi bo‘lgan. Shaharga kiraverishda yo‘lning o‘ng tomonida ikki qavatli Abdullabek hovlisi bo‘lgan. Uning yonida esa Arabon masjidi qurilgan bo‘lib, bu masjidda mahalla ahli namoz o‘qigan.
6.Namozgoh darvozasi. Namozgoh darvozasi qurilgan yili ma’lum bo‘lmay, Abdulazizxon tomonidan 1540-1550-yillarda qayta ta’mirlangan. U juda chiroyli mayolika va koshinlar, terakotalar ishlatilib, arka svodtimpan kiteba qilib, “guldasta” larning usti oltita gultojlar bilan bezatilib qurilgan. Yuqori qismi 12 ta gultojdan iborat bo‘lib, eski qal’aga tenglashtirib bunyod etilgan. Odamlar shahar ichidagi masjidlarga sig‘maganlari uchun Ibrohim darvozasidan Namozgoh masjidiga yig‘ilishgan. Namozgoh gavjum bo‘lgan. Turk xoqoni Arslonxon farmoni bilan Namozgoh atrofi to‘liq tartibga solingan. Bog‘lar barpo etilib, pishiq g‘ishtdan minorali devorlar qurilgan. Darvoza balandligi 11 metr-u 6 sm, kengligi 13,8 metrga teng qilib bunyod etilgan.
7.Xo‘ja Ismat (Xo‘jayon) darvozasi. Abdulazizxon 1540-1549-yillar orasida Buxoroning g‘arbiy tomonini kengaytirib, O‘g‘lon Ato, Chashmayi Ayub, Abdulloxon madrasasining orqa tomonidan Shayx Jalol darvozasigacha pishgan g‘ishtdan, Xo‘ja Ismat (Xo‘jayon) darvozasigacha xom va paxsa g‘ishtdan devor qurdirgan.
Darvozai Xo‘jayon viloyat kasalxonasi qurilgan davrda ham bo‘lgan. Bu darvoza orqali Namozgoh yo‘liga qo‘shilib, janubga boradigan katta yo‘l o‘tgan. Xo‘jayon darvozasi atrofida Fayzulla Xo‘jaevning hovlisi ham bo‘lib, hozirgi vaqtda bu hovli muzeyga aylantirilgan. Parfenov, Feninlar tomonidan chizilgan Buxoro devorlari xaritasida darvozaning joylashgan o‘rni aniq qo‘rsatilgan. Darvozai Xo‘ja Ismat (Xo‘jayon) viloyat kasalxonasining eski darvozasidan to‘g‘ri boradigan yo‘lda joylashgan. Shu atrofda yashovchi aholi vakillari (Mahbuba Sayfieva – 76 yoshda, Abram Yakubov – 80 yoshda, Hasanjon Asadov) bilan uyushtirilgan suhbatlar darvoza joyini aniqlashda yordam berdi. 1952-1953 yillarda bo‘lib o‘tgan zilzila oqibatida Xo‘jayon darvozasi buzilib ketgan. O‘rtasi gumbazli qilib yasalgan to‘rtta “guldasta”dan iborat bo‘lgan darvoza Buxoro shahrining qadimiy qal’a devorlariga moslashtirib bunyod etilgan.
8.Shayx Jalol darvozasi. Buxoroning eng qadimiy darvozalaridan yana biri shaharning janubida joylashgan Shayx Jalol darvozasidir. XVI asrda hukmdorlik qilgan Abdulazizxon piri Shayx Jaloliddin sharafiga ilgari Bobi Morkushon (ilon o‘ldiruvchilar darvozasi) deb yuritilgan darvozani Shayx Jalol deb atashga farmon beradi. 1549-1550-yillarga oid hujjatlarda Shayx Jalol darvozasi hamda shu nom bilan ataluvchi mahalla haqida ma’lumotlar bor. Darvoza yaqinida juda katta bog‘lar, jumladan Xoja Ismatulloi Buxoriy bog‘lari va maqbaralari bo‘lgan. Istiqlol sharofati hamda viloyat hokimining tashabbusi bilan ushbu bog‘lar, Ismat Buxoriy maqbaralari qayta tiklandi. Ayni paytda bu xayrli ishlar davom ettirilib, xuddi Samarqand darvoza kabi Shayx Jalol darvozasi ham asl o‘rnida qaytadan bunyod etilgan.
9. Qorako‘l (Haj) darvozasi - Buyuk ipak yo‘li savdo tarmog‘idagi asosiy darvozalardan biri bo‘lgan. Eron, Xuroson, Turkiya davlatlaridan keladigan savdogarlar shu darvoza orqali shaharga kirishgan. Darvozaning ichki tomonida katta bozor bo‘lgan. Ayni paytda qal’a devorlaridan ajratilgan holda yakka o‘zi bo‘y cho‘zib turibdi.
10.Shergiron darvozasi ham Abdullaxon II davrida qurilgan bo‘lib, darvoza joylashgan hududda bir paytlar sherlar saqlanadigan qo‘riqxona o‘rnashgan. Sherlar xazinani qo‘rilash va janglarda foydalanish maqsadida o‘rgatilgan. Shu bois ham darvoza "Shergiron" (sher saqlovchi) deb atalgan. XVI asrdan boshlab, ushbu darvozadan Mir Do‘stim xonadoniga qadar joyda yopiq bozor faoliyat yuritgan. Ahmad Jomiy qabrlari ziyoratgohi ham shu darvoza yaqinida joylashgan
11.Talipoch darvozasi. Bugungi kunga qadar saqlangan mazkur inshoot 1557-1598-yillarda Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Bu darvoza orqali Amirobod, Chorbakr, Jondor, Xorazmga borilardi. Darvoza 1960-yilda usta Aminjon Salomov, 2005-yilda esa me’mor Tuyun Boboev rahbarligida qayta ta’mirlandi. Hozirgi vaqtda Talipoch darvozasi yonida Buxoro markaziy bozori joylashgan.
Buxoroyi Sharifning o‘n ikkinchi darvozasi to‘g‘risida ikkita talqin mavjud. Birinchi talqin tarixchi olim R.Almeevga mansub bo‘lib, unga muvofiq Buxoroning atrofida o‘n birta darvoza bo‘lgan. O‘n ikkinchi darvozasi – bu Ark darvozasi hisoblanadi. Chunki Ark shahar ichidagi shahar hisoblanadi va u yerda amir-u amaldorlar yashab faoliyat ko‘rsatayotganlar. Ularni himoyachisi sifatida bu hashamatli davroza xizmat qilib kelgan, deb asoslanadi. Ikkinchi talqinga muvofiq shahrimizning o‘n ikkinchi sonli darvozasi sifatida Xo‘ja Ismat (Xo‘jayon) darvozasihisoblanadi.
Shahar darvozalari kechqurun soat sakkizda yopilib, ertalab bomdod namozidan so‘ng ochilgan. Darvozalar shaharga kelib ketadigan odamlarni nazorat qilish, aholi xavfsizligini ta’minlash barobarida savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘yishda bojxona vazifasini ham o‘tagan. Chunki bu darvoza qiblaga qaratilgan bo‘lib, 1920-yildagi inqilob oldi buxoroliklar undan chiqib Haj ziyoratiga borganlar. O‘ninchi-Shergiron darvozasidan hozirgi kunda hech narsa qolmagan. Faqat uning tarixiy joyi ma’lum. Yagona to‘liq shakl va shamoyilini saqlangan darvoza bu -Talipoch darvozasidir. U hozirgi dehon bozori oldida joylashgan.

Yüklə 117,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə