Buxoroning mudofaa inshootlari



Yüklə 117,29 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü117,29 Kb.
#181939
1   2   3   4   5
1-Мустакил иш - копия (13)

Tayanch tushunchalar: devor, qal’a, rabot, shahriston, darvoza, Kampir devor, mudofaa devorlari, shahar, minora, ark, Alaffurushon darvozasi , Imom darvozasi, Samarqand darvozasi, Shayx Jalol darvozasi, Namozgoh darvozasi, Sallaxona darvozasi, Mozor darvozasi , Qarshi darvozasi.
Savol va topshiriqlar
1.Narshaxiy Buxoro tarixi asarida Buxoro shahrining devori to‘g‘risida qanday fikrlarini bayon qiladi?
2.Mudofaa devorlari bunyod qilishdan asosiy maqsad nima bo‘lgan?
3.Kanpir devor to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4.Buxoroning 11 darvozasi haqida ma’lumot bering.
Manba va adabiyotlar
1.А.М.Беленский, И.Б. Бентович, О.Г. Большаков Средневековый город Средный Азии’’ .-Л.: Наука,1973. 
2.Умняков И.И. «К вопросу об исторической топографии средневековой Бухары» (сборник Туркестанского Восточного института, в честь проф. А. С. Шмидта, Ташкент, 1923).
3.Абу Бакр Мухаммад ибн Жаьфар Наршахий ,, Бухоро тарихи’’ форс-тожик тилидан А. Расулов таржимаси– Тошкент .,,Шарк баези,, ,1993.
4.Ремпель Л.И. Далёкое и близкое записы-Страницы жизны, быта, строительного дела, ремесла и исскуства Старой Бухары.-Т.:Гафур Гулям,1982.
5.Сухарева О.А. Квартальная община позднефеодального города Бухары.-Москва.:Наука,1976.


6-MAVZU: BUXORONING MASJIDLARI
6.1.Masjidlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni.
Islom dinining VII Movarounnahr xususan, Buxoro zaminiga kirib kelishi natijasida Buxoroda masjidlar qurildi. Ushbu masjidlarda dastlab ilm majlislari olib borildi. Masjidlarda ko‘p sonli Buxoro ahlining ibodatlarini ado etishi va ilm majlislari (suhbatlar, bahslar, munozaralar)da ishtiroki alohida ta’lim maskani qurish zaruratini yuzaga keltirdi. Masjid barcha musulmonlar uchun Allohga sajda qiluvchi muqaddas qarorgohdir.
Masjid-machit (arab.-sajda qilinadigan joy) — musulmonlar jamoa bo‘lib, namoz o‘qiydigan joy, ibodatxona. Masjidlar, asosan, kundalik besh vaqt namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidlarida o‘qiladi.
Jome masjid — shahar markazidagi yoki nisbatan katta hududdagi asosiy va eng katta bosh masjid. Jamoa uchun zarur turli xabarlar e’lon qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa bo‘lib o‘qiladigan maxsus bino. Shahar tashqarisida musallo, namozgoh. Juma masjid, guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan uning tuzilishi salobatli. O‘rta Osiyoda Jome masjidning umumiy tarxi murabba yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli xonaqoh bo‘lib, bir (old yoki yon) tomoni, ikki (janubiy va sharqiy yoki shimoliy va sharqiy) yoki uch tomoni ayvon bilan o‘ralgan. Xonaqoh tomi gumbazli yoki to‘sinli. Ayvon va xonaqoh kattaligi to‘sinlar soni va qatori bilan belgilangan, ba’zan xonaqoh 1, 2, 4 gumbazli, ayvonlar atrofi qator ustunli, burchakda azon aytishga muljallangan mezana va hovli o‘rtasida hovuz bo‘lgan. Buxoroda birinchi Jome masjid 713-yil Qutayba ibn Muslim tomonidan ishga tushirilgan. Ushbu masjid uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi moslashtirilgan.
Buxorodagi masjidlar:
1. Fayziobod jome masjidi
2. Kalon jome masjidi
3. Boloi Hovuz jome masjidi
4. Dilkusho jome masjidi
5. Piridastkir jome masjidi
6. Volidai Abdulazizxon jome masjidi
7. Xalifa Xudoydod jome masjidi
8. Xoji Mir Ali jome masjidi
9. Shox Axsaviy jome masjidi
10. Xo’ja Tabband jome masjidi
11. Xo’ja Abdullo Safedmuy jome masjidi
12. Masjidi Baland jome masjidi
13. Mavlono SHamsuddin Mahbubiy jome masjidi
14. Sayfiddin Boxarziy jome masjidi
15. Xo’ja Orif Moxitobon jome masjidi
16. Xo’ja Zayniddin jome masjidi
17. Tagband Bafon jome masjidi
18. Imom G‘azzoliy jome masjidi
19. Abu Hafsi Kabir jome masjidi
20. Said po Bandi Kusho jome masjidi
21. Maxmud Tarobiy jome masjidi
22. Poyi Ostona jome masjidi
23. Shayx Sa’diy jome masjidi
24. Abu Bakr Assiddiq jome masjidi
25. Xo‘ja Ismat jome masjidi
26. Xiyobon jome masjidi.
27. Oybinoq jome masjidi

Yüklə 117,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə