Oriental Universiteti Tarix fakulteti 3-3 guruh talabasi



Yüklə 12,15 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü12,15 Kb.
#182649
  1   2   3
Ahmad Donish

Oriental Universiteti

Tarix fakulteti 3-3 guruh talabasi

Rahimov Ismoilning

Yordamchi tarix fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi


"Ahmad Kalla", "Ahmad Mahdum" nomlari bilan zamonasida shuhrat qozongan va ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan Ahmad Donish XIX asr Buxoroning qomusiy ilm egalaridan edi. U Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tug‘ildi. Otasi madrasasida o‘qidi. Yoshligida naqqoshlik, rassomlik, hattotlik hunarlarini o‘rgandi.
Tarix va falsafaga ko‘ngil qo‘ydi. Zehni, salohiyati bilan darrov ko‘zga tashlandi. 1857 yilning kuzida Amir Nasrulloning Rusciya imperatori Nikolay II vafotiga ta'ziya bildirish va valiahd Aleksandr II ning taxtga chiqishini qutlash uchun yuborilgan elchi Mullajon Miroxo‘rga kotiblik qiladi. Peterburgda uch oy san'at-madaniyat obidalari bilan tanishadi.
1869 yili yangi shart-sharoit taqozosi bilan Amir Muzaffar Peterburgga yana elchi yubordi. Bu elchilik yarim vassalga aylangan davlatning hokimi mutlaq ko‘nglini olish harakati edi. Uning ham kotibligiga Ahmad Donish tanlandi.
1873 yilning oxirida Ahmad Donish uchinchi marotaba elchilik tarkibida Rucsiyaga yo‘l oldi. 1874 yil yanvar-mart oylarida Peterburgda turib qaytdi. Aleksandr II bilan uchrashdi. So‘ng bularni qog‘ozga tushirdi. Hozirda O‘zFA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Ahmad Donishning 16 qo‘lyozma asari saqlanadi. Aksariyati uning o‘z qo‘li bilan yozilgan asl nusxalardir.
Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA
Aleksandr II
Bugungi kunda O`rta Osiyo va xususan, Buxoro amirligining Chor hukumati tomonidan mustamlakaga aylantirilishi tarixini o`zida aks ettirgan mahalliy muarrixlar tomonidan yozilgan bir qator asarlar mavjud. Bulaga misol qilib quyidagilarni aytish mumkin, Abdurauf Fitrat . “Amir Olimxon hukumronligi davri”, Mirza Abdulazim Somiyning "Mang’it hukmdorlari tarixi", Mirza Salimbekning "Tarixi Salimiy", S.M.Olimiyning "Buxoro - Turkiston beshigi", Ahmad Donishning "-Navodir ulvaqoe" (Nodir voqealar) va "Buxoro mang’it amirlarining muhtasar tarixi" va boshqa bir qator asar mavjud. O’zFA Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe” (“Nodir voqealar”), “Tarjimai ahvoli amironi Buxoro”
(“Buxoro amirlarining tarjimai hollari”), “Tarixi saltanati xonadoni mang’itiya” (“Mang’it amirlari tarixi”), “Daftari taqvim” (“Kundaliklar”), “Risolai dar nazmi tamaddun va ma’ovun” (“Madaniyat va jamiyat tartibi haqida risola”), “Majmuai hikoyati Ahmadi Kalla” (“Ahmad Kalla hikoyalari to’plami”), “In risolaist isloh miyoni shia va sunn” (“Shialar va sunniylarni yarashtirish to’g’risida nasihat”), “Manozir ul-kavokib” (“Sayyoralarning joylashuvi”), “Risola fi a’mol al-kurra”
(“Globusdan foydalanish yo’llari”), “Majmui risolai nujum”, “Me’yori tadayyun”, “Buxorodan Peterburgga sayohat” singari 16 ta qo’lyozma asari. Mazkur manbalar ichida eng yirigi Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe" (Nodir voqealar) asaridir. Ushbu asarda muallif o`zidan oldin o`tgan faylasuflarning, birinchi navbatda Bedilning ba`zi falsafiy qarashlarini tahlil qilgan. O`z zamonasining qo`ygan masalalarini hal qilishga intilgan. Ushbu asar ahamiyati jihatidan XI asrda yozilib saljuqiylar sulolasi tarixiga bag’ishlangan Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asariga qiyoslash mumkin.

Yüklə 12,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə