Oriental Universiteti Tarix fakulteti 3-3 guruh talabasi


bobdan iborat bo`lib, 1875-1882 yillarda yozilgan deyiladi. Ushbu asar muqaddima, 3 fasl(qism) va xotimadan iborat



Yüklə 12,15 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü12,15 Kb.
#182649
1   2   3
Ahmad Donish

22 bobdan iborat bo`lib, 1875-1882 yillarda yozilgan deyiladi. Ushbu asar muqaddima, 3 fasl(qism) va xotimadan iborat.
1-faslda amirlik va raislikning fazilati hamda podshohlar va davlat arboblarining xalq bilan qanday muomala qilishlari haqida.
2-faslda amirlarning askarlar bilan hamda davlat arboblari, hukumat xizmatkorlari qanday yo`l-yo`riq tutishlari haqida
3-faslda podshohlarning elni idora qilishlari, xalqparvar bo`lishlari, o`z qo`l ostidagi fuqarolarning ehtiyojlarini qanoatlanarlik darajada chiqarib tutishlari haqida. Xulosa qismida esa Buxoro amirligidagi mavjud tuzum haqida fikr yuritilgan
Ahmad Donish 30 yoshligidayoq ya’ni 1857 yilda u ilk marta Rossiyaga safar qilib Buxoro amirligi taraqqiyot sohasida Yevropa mamlakatlaridan naqadar orqaga qolib ketganidan iztirob chekdi. Shundan keyin 1869, 1873 yillarda qilgan takroriy safarlari natijasida rus hukmdorlari saroyidagi hayot, davlatni boshqarish usullari bilan chuqur tanishdi, bir vaqtlar inson sivilizatsiyasining makonlaridan biri bo’lgan Buxoroi Sharifni qoloqlik botqog’idan chiqarish yo’llarini izladi.
Shunday izlanishlar jarayonida u “Nodir voqealar” va “Buxoro amirlarining tarjimai hollari” asarlarini yaratib, ularda chinakam adolatparvar hukmdor kim bo’lishi mumkinligi va u mamlakatni qay tarzda boshqarganda iqtisodiyot va madaniyat gullab-yashnashi to’g’risidagi g’oyalarni ilgari surdi. Uning fikricha, agar podshoh hamma sohada odil siyosat yurgizsa, hunarmandchilikni rivojlantirib,
savdo-sotiqqa keng yo’l ochib bersa, xalqning hayoti farovon bo’ladi. Bunday siyosat yurgizish uchun esa hukmdor birinchi navbatda aqlli bo’lishi lozim.
N
Ahmad Donish 1857, 1869, 1874-yillar mobaynida Buxoro amiri elchilarining mirzasi sifatida Rossiyaning S.Peterburg shahriga borgan.
Ahmad Donish Peterburgda birinchi marta 1957-yilning 9-noyabrida 1858- yilning 12-yanvarigacha bo’ldi. Bunda Buxoro amiriligining delegatsiyasi Nikolay I vafoti munosabati bilan Buxoro amirining ta'ziyanomasini bildirishi hamda Aleksandr II ning taxtga o’tirishi munosabati bilan tabriknomasini topshirishi lozim edi. Shuningdek, delegatsiya zimmasiga Rossiya va Buxoro o’rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirish borasida muzokaralar olib borish ham yuklatilgan edi.
Ahmad Donish bu delegatsiyada kotiblik vazifasini ham ijro etishi lozim edi. Bundan tashqari Buxoro amiri Ahmad Donishga Rossiyadagi hayot va davlat tuzumi masalalarini o’rganishni ham topshirgan edi. Keyinchalik Ahmad Donish yozgan edi:
“Menga shunday topshiriq berilgan edi: U mamlakatning ichki tartiblarini o’rgan, davlat qurilishiga e'tibor ber va amir janob oliylariga hisobot ber. Chunki biz qo’shni davlatlardagi ishlar haqida faqat savdogarlar va sayohatchilardan eshitamiz”.
Peterburgda Ahmad Donish Rossiya ministrlari va davlatining yuqori mansabdorlari bilan rasmiy uchrashuvlar va muzokaralar olib bordi. Ahmad Donish delegatsiyaning boshqa a'zolari bilan Peterburgning diqqatga sazovor tarixiy joylarini borib ko’rdi, shuningdek, Peterburgdagi texnologiya institutida Imperator Aleksandr manufakturasida, Isakov soborida, Imperator Fanlar Akademiyasining muzeyida, Pulkovodagi astronomik observatoriya (rasadxona) da, Imperatorning botanika bog’ida, Monetniy dvorda, Tsarskoe Selo va boshqa bir qator joylarda bo’ldi. Rus podshosi ma'murlarining bundan ko’zlagan maqsadlari Rossiya davlatining qudratini namoyish etishdan iborat edi.
Buxoroga qaytib kelgach, Ahmad Donish Rossiyada ko’rgan-bilganlarini batafsil hisobot tariqasida bayon qilib, Rossiya davlati boshqaruv tuzilishi, mamlakatni idora qilish tizimi, uning ijobiy va ibratli tomonlari haqida chuqur tahliliy
ma'lumot berdi. Ahmad Donish shu narsani aniq his qildiki, davlatni boshqarishda Rossiya tajribasini bayon qilish orqali Buxoro amiriga katta taasurot qoldirolmadi, chunki amir mamlakatni boshqarishda Yevropaning ilg’or tajribasidan foydalanishni xayoliga ham keltira olmas edi. Ammo ma'rifatparvar Donish nafaqat amir, balki uning ma'muriyati va saroy ahlini mamlakatni boshqarishda Yevropaning ilg’or davlatlari bilan qo’shni bo’lgan Rossiyaga yuz tutish lozimligini targ’ib qilish, uqtirishni to’xtatmadi. Ahmad Donishning Peterburgga ikkinchi safari Rossiya istilochilik harakatlari boshlangandan besh yil keyingi davrga to’gri keladi. Donish 1869 yilning 2-3 noyabridan 10 dekabrigacha Rossiyada bo’ldi. Bu safar Buxoro Rossiyaning protektorati sifatida o’z elchilik delegatsiyasini jo’natgan edi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!!!
Yüklə 12,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə