Navodir al-vaqoe'



Yüklə 58,83 Kb.
səhifə1/4
tarix27.04.2023
ölçüsü58,83 Kb.
#107191
  1   2   3   4
ah donish


Mavzu: Ahmad Donishning “Navodir al-vaqoe'” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba
Reja:
KIRISH



  1. BOB. Ahmad Donishning “Navodir al-vaqoe'” asari.

  1. Buxoro amirligidagi siyosiy hayot.

  2. Ahmad Donish va uning ijtimoiy-siyosiy faoliyati.

  1. BOB. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba, Ahmad Donish asarlarida Buxoro amirligi tarixi masalalari

  1. Ahmad Donishning tarixiy asarlari.

  2. Ahmad Donishning ilmiy merosida davlat boshqaruvi masalalari.

XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Mundarija.
KIRISH…………………………………………………………………………_4__BOB._Ahmad_Donishning_“Navodir_al-vaqoe”_asari….………..._7'>KIRISH………………………………………………………………………… 4

  1. BOB. Ahmad Donishning “Navodir al-vaqoe'” asari….………... 7

    1. Buxoro amirligidagi siyosiy hayot……………………………………... 7

    2. Ahmad Donish va uning ijtimoiy-siyosiy faoliyati…………………. 16

  2. BOB. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba, Ahmad Donish asarlarida Buxoro amirligi tarixi masalalari……………………… 19

    1. Ahmad Donishning tarixiy asarlari…………………………………. 19

2.2Ahmad Donishning ilmiy merosida davlat boshqaruvi masalalari.. 23
XULOSA………………………………………………………………………. 27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………………. 30
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo’lga kiritgach, xalqimiz o’z tarixini xolisona va hech qanday to’siq va qarshiliklarsiz o’rganish imkonyatini qo’lga kiritdi. Markaziy Osiyo mintaqasida vujudga kelgan davlatchilik an’analari tarixi uzoq o’tmishga borib taqalishi bugungi tarixchi olimlar tomonidan dalillar orqali, ilmiy yondashuv asosida o’z isbotini topgan.
Xalqimiz bosib o’tgan har bir davr bevosita boy tarixiy o’zgarish, taraqqiyot xususiyatlari va o’zaro madaniy ta’sirlar bilan sodir bo’lgan. Bugungi kunga kelib millatimiz tarixining jabhalari va bosqichlarini manbalar asosida o’rganish muhimdir.
Qo’lyozma asarlar, tarixiy obidalar, turli etnografik va lingvistik yodgorliklar asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Buni Yurtboshimiz I.A.Karimov “Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi o’ziga xos urf - odat va an’anlari hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada tabiiyki ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi”1 deb takidlaganlar.
Mazkur tamoyildan kelib chiqib, tarixchi olimlar mamlakatimiz tarixini yorituvchi manbalarni alohida guruh va davrlarga bo’lgan holda tadqiq etmoqdalar. O’zbek davlatchiligi tarixida Buxoro amirligi alohida o’rin kasb etadi. Amirlik davri tarixini o’rganishda “Navodir ul-vaqoe”, “Tarixi salotini mang’itiya”, “Tarixi Salimiy”, “Kashkuli Salimiy va Tavorixi mutaqaddimin va muttaaxirin”, “Buxoro mang’it amirlari tarixi” kabi asarlar muhim manba vazifasini bajaradi. Bu kabi manbalarda amirlikning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti masalalariga alohida yondashuvlar orqali yoritilganligini ko’rishimiz mumkin. Biz tarixchilar mazkur manbalarni qiyosiy tahlil va tadqiq orqali o’rganishimiz darkor.
Mavzuning o’rganilish darajasi. XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyosiy hayot, davlat boshqaruvi va mang’it sulolasi vakillarining siyosiy portretlari masalalarining mazkur davrda faoliyat olib borgan va bugungi kunga kelib ilmiy me’roslari muhim manbaviy ahamiyat kasb etayotgan mahalliy tarixnavislarning o’rganilishi alohida tarixiy tadqiqot sifatida kam o’rganilgan masala hisoblanadi.
Mazkur davrda Mirzo Salimbek va Sadriddin Ayniy kabi tarixnavislar bilan bir qatorda turgan Ahmad Donishning ilmiy merosini o’rgangan tadqiqotlarni ikki guruhga ajratgan holda o’rganildi.
Ahmad Donishning hayoti va ijodiga bo’lgan qiziqish hamda uni o’rganish tarixnavisning tiriklik davridayoq boshlangan. Ushbu an’ana bugungi kunga qadar davom etib, uning hayoti va ilmiy ijodiy merosiga atab bir qator asarlar yaratildi. Xususan, Ahmad Donishning zamondoshi va shogirdi bo’lgan S.Ayniy “Tanlangan asarlar” ining 7 va 8- jildlarida Ahmad Donish shaxsiy hayoti, “Navodir ul-vaqoe” asari haqida ma’lumot beradi.
Sovet davrida Ahmad Donish va uning ilmiy me’rosi bir necha fan sohalari doirasida o’rganilgan. Y.E. Bertels, S.M .Ulug’zoda, A.M.Mirzoyev, Z.Rajabovlar tomonidan o’rganilgan1. Mazkur davr manbalarida Ahmad Donish faoliyati masalalariga bevosita sovet hukumati mafkurasi asosida yondashilgan.
Mustaqillik yillarida olimning ilmiy me’rosini tadqiq etishda xolislik va tarixiylik tamoyillari asosida yondashilganligini ko’ramiz. Jumladan, Rahmon
Muiniyning “Ahmad Donish hayoti haqida”, R.Vohidov, M.Mahmudovning “Ustod Sadriddin Ayniy saboqlari”, N.Rahimovning “Sadriddin Ayniy ijodiga ustozlar ta’siri” kabi asarlarida Ahmad Donish hayoti, asarlari, ijod yo’li xususida ma’lumt beriladi. 2007-yil Ahmad Donish tavalludining 180 yilligi munosabati bilan “Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe” asari - adabiy, falsafiy, axloqiy, ma’naviy manba va uning zamonaviy mohiyati” mavzusida ilmiy anjuman bo’lib, ushbu anjuman materiallari asosida “Qomusiy mutafakkir” nomli 2 ta kitob chop etildi. N.G’oyibov, I.Naimov, Sh.Tosheva, E.Toshev, Z.Ahmedova, S.Yakubova, I.H.Abdulloh, T.Rahmonov, SH.A.Hayitov, K.Rahmonov, S.Raupov, R.Jumayev, H.Jo’rayevlarning maqolalarida Ahmad Donish va uning asarlari to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan1.
Mavzuning maqsadi. Ahmad Donish asarlari orqali XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyosiy hayot tarixi masalalarining kam o’rganilgan tomonlarini tadqiq etish.
Tadqiqotning vazifalari. Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  • XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyosiy hayot tarixi masalalarini o’rganish;

  • Buxoro amirligining siyosiy hayotida Ahmad Donish faoliyatini tadqiq etish;

  • Buxoro amirligi tarixini o'rganishda Ahmad Donish ilmiy me’rosining o’rnini tadqiq etish;

  • “Navodir ul-vaqoe” va “Buxoro mang’it amirlarining muxtasar tarixi” asarlari orqali Buxoro mang’itlari tarixini o'rganish;

  • Ahmad Donishning ilmiy me’rosida davlat boshqaruvi masalalariga oid qarashlarini tarixiylik tamoyillari asosida tahlil etish.


Yüklə 58,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə